Explanatory dictionary
bel
бел
Meanings
- Orqa suyakning (umurtqa pogʻo-nasining) pastki qismi.
- Beli ogʻrimoq Mehnat bilan mashgʻul boʻlmoq; mehnat-mashaqqat qilmoq.
- Gavdaning koʻkrak qafasi bilan boʻksa oʻrtasidagi eng xipcha qismi; biqin.
- Yon, choʻntak yoki belbogʻ maʼnosida.
- Biror narsaning oʻrta qismi, oʻrtasi.
- Jismoniy yoki moddiy kuchning ramzi.
- Bel olishmoq (yoki ushlashmoq) 1) kuch
- sinashmoq (kurashda, jangda).
- geogr. Togʻ va tepaliklarning egarsimon eng baland joyi.
- Bel bogʻlamoq Biror ishga astoydil kirishmoq, jazm qilmoq.
Examples
- Odamning beli. Otning beli. Beli bukchaygan. Bel muskul-lari. Bel ogʻrigʻi. n Beli sinib yotgan sarboz ham oyga tikilar, undan najot yoʻq. Mirmuhsin, Meʼmor.
- -Yosh, yangi dehqon-da, hali beli ogʻrimagan! — deydi Xolmirza aka. A. Qodiriy, Gʻirvonlik Mallavoy. Bel ogʻritmoq (yoki qayishtirmoq) Jon koyitib, astoydil mehnat qilmoq.
- Ha, boʻlmasa, joningiz achiganimi bu? Yerni belin-giz qayishib chopganingizda, joningiz achir edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari. Beli ogʻrimaganiing non yeyishiga qara (yoki non yeyishini kur) Oʻzi ishlamasdan, birovning mehnati bilan topilgan narsani qadr-lamay, tejamay sarf qiluvchi odamga nis-batan aytiladi.
- Beli yoʻgʻon odam. Beli xipcha qiz. m "Tortish-machoq" boshlandi: qiz tomondan gupchakdek yum-yumaloq xotin belini belbogʻ bilan mahkam bogʻlab, oʻrtaga tushdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Ular qizning boʻyi, beli, yelkasi va qoʻllarini oʻlchab yozib olishdi. I. Rahim, Ixlos.
- Buviniso ikki qoʻli bilan belini ushlab, qaddini koʻtardi. Oydin, Hikoyalar.
- Belimda pul, boshimda savagʻichdan toʻqilgan katta qafasda kukkulab turgan bir juft qumri. Gʻ. Gʻulom, Shum bola.
- Besh-oʻn qogʻozni belimga tu gib, ust-boshimni but qilib.. yurtimga joʻnab ketay degandim. Oybek, Tanlangan asarlar.
- -Belimdagi zogʻora nonni suvga botirib yeb, kunni kech qildim,— dedi qalandar yigit Avazga. S. Siyoyev, Yorugʻlik.
- Shoʻxsoy qishloqning qoq belidan ayqirib oqadi. H. Nazar, Soʻnmas chaqmoqlar.
- Poʻlat abzal, nayzalar sinib borar belidan. "Nurali". U
- [Qoʻ qon J Soʻx daryosi va undan tara-lib chiqadigan koʻplab ariqlardan sugʻori-ladigan vohaning oʻrta belida joylashgan. K. Yashin, Hamza.
- Yomonga el boʻlguncha, Yaxshiga bel boʻl. Maqol.
- Elmurod sahn oʻrtasida toʻshanishgan yoipar tomonga ketdi. Bu yerda kurash boshlangan boʻlib, Davlatyor bilan Maʼmurjon bel olishmoqda edi. P. Tursun, Oʻqituvchi; 2) kim oʻzarga oʻynamoq, musobaqa, raqobat qilmoq.
- Bel ush-lashganda, otangni ayama. Maqol. a
- Sidiq-jon sizga shogird tushmoqchi. Mallavoy kuldi: -Men bilan bel ushlashmoqchi deng. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Boʻz yigitlar bir gʻayrati toshib, Necha togʻdan, necha bellardan oshib.. "Yodgor".
- Seni mingan beklar daryoday toshdi, Necha belu necha togʻlardan oshdi. "Malikai ayyor".
- Doʻstlarim.. Siz bilan biz ulugʻ ishga bel bogʻladik. Bu gʻoyat xatarli ish. Ammo biz qoʻrqmaymiz. H. Gʻulom, Mashʼal.
- Bobur juda bir qaltis ishga bel bogʻlaganini sezdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Beliga tepmoq Biror ishga, ayni qizib turgan, dolzarb paytida istamagan, kutilmaganda xalal bermoq, putur yetkazmoq.
- Senmisan? Ammo uyquning ham beliga tep-ding-da, Tinchlikmioʻzi?O. Yoqubov, Pyesalar.
- Suhbat avjiga chiqqanda kirib kelgan ikki yigit gapning beliga tepdi. S. Mahkamov, Dala tongi. Belini koʻtarmoq 1) qaddini tik qilmoq; qomatini rostlamoq; 2) moddiy jihatdan quchli, qudratli boʻlmoq, qilmoq.
- ..ekin maydonlarini koʻpaytirish.. kolxozning belini koʻtarishga katta kuch boʻlar edi. S. Zunnunova, Olov. Belini sindirmoq Katta moddiy, jismoniy yoki maʼnaviy zarar yetkazmoq.
- Behuda harakat belni sindiradi. Maqol. j
- Gapning belini sindirmanglar, jim turing, Haydarcha gapiraversin. S. Ayniy, Jallodlar.
- ..hosil nobud boʻldi, ishimizning beli sindi. S. Ayniy, Qullar. Beli uzilmoq Halok boʻlmoq; yengilmoq.
- Biz xudoning suygan bandalarimiz, bizga osil-ganlarning beli choʻrt uziladi! K. Yashin, Hamza. Belini bukmoq Yengmoq, mayib qilmoq, halok qilmoq.
- Toʻgʻri, sening qaroring juda toʻgʻri, qurolimiz boʻlmasa, Kuropat-kin belimizni bukib qoʻyadi! N. Safarov.
Source: Wiktionary
Views: 0