Explanatory dictionary
bosh
бош
Meanings
- Tananing boʻyindan yuqorigi, oldingi (odamda, hayvonlarda) qismi; kalla.
- Aql-hush, miya.
- Boshliq, rahbar.
- Lavozim, mansab jihatdan katta, yuqori turuvchi.
- Ulkan, katta, asosiy.
- Eng muhim, asosiy, yetakchi.
- Eng oldingi, birinchi.
- Odam, kishi.
- (sanoq sonlar bilan) Chorva hisobida har bir adad jonivor.
- Tik narsalarning tepa qismi, uchi, choʻqqisi.
- Biror marosim, tadbir, voqea-hodisaning roʻy berish, amalga oshish jarayonidagi dastlabki bosqich.
- Yon, old, tomon.
- Oʻrin, karavot va shu kabining bosh qoʻyiladigan yuqori tomoni; shunday oʻrinda yotgan kishining beldan yuqori tomonidagi joy.
- Baʼzi otlar bilan birikib, shu ot orqali ifodalangan narsaning oʻzini yoki u oʻrnashgan joyni, yon-atrofini bildiradi.
- Choʻziq, davomli, boʻyli narsalar, joy, maydonlarning boshlanish joyi yoki oxiri, etagi; shunday narsalarning ikki uchidan, chekkasidan, tomonidan biri.
- Voqea, hodisaning, biror muddat yoki faslning, asar, matn va shu kabilarning boshlanish joyi, payti, avvali, muqaddimasi.
- Voqea, hodisa va shu kabilarning boshlanishi uchun bahona boʻlgan narsa, dastlabki sabab.
- Baʼzi oʻsimliklarning kalla yoki chochoq shaklidagi hosili, mevasi.
- (sanoq sonlar bilan) Karra, hisob.
- -shaxs egalik va jo‘nalish, oʻrin-payt, chiqish kelishiklarining affikslari bilan koʻmakchi vazifasida qoʻllanadi ( boshiga, boshida, boshidan).
- Ayol (yoki xotin) boshi bilan - xotin kishi boʻlgani holda, ayol, ojiza boʻla turib.
Examples
- Bosh kosasi ().
- Bosh miya.
- Bosh kiyimlar magazini.
- Doʻst boshga boqar, Dushman - oyoqqa. — Maqol — —
- Oʻzbek oyim boshi bilan keliniga rizolik bildirib, "barakalla!" deb qoʻydi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- -Badanim oʻt boʻlib yondi, boshim ogʻrib, koʻzlarim tindi, - dedi Hoji xola. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- U shoshib, ot boshini chap tarafga burdi. — Said Ahmad — UfqBoshga tushgan (yoki kelgan) - hayotda uchragan, duch kelgan; peshonasiga yozilgan.
- Boshga tushganni koʻz koʻrar. — Maqol
- Oʻzbek oyim ham boshiga tushgan bu kulfatni koʻrishga majbur edi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Uf.. Muhabbat nima ekanini boshingga tushganda bilasan! — Abdulla Qahhor — Asarlar
- Boshimizga tushgan neki kulfat boʻlsa, falokat, badbaxtlik, zulm, xorlik boʻlsa, bari shundan - nafsimizdan. — Sa’dulla Siyoyev — YorugʻlikBoshda bor - taqdirda, qismatda bor; peshonaga yozilgan.
- Gulsumbibining yoniga Xonimbibi qoʻshilishdi: -Koʻp oʻylashmang, oʻrtoqlar! Bari bir, bu gap hammamizning boshimizda bor. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- -Taqdiri azal, oʻgʻlim, xafa boʻlma, hammaning boshida bor gap, - deb yupatdi. — S. Karomatov — Oltin qumBoshdan kechir(il)gan (yoki oʻtgan) - hayotda, taqdirda koʻrilgan, yuz bergan, kechir(il)gan.
- Tabib tabib emas, boshidan oʻtgan - tabib. — Matal
- Sayid Jalolxon butun boshdan kechirganlarini inqillay-inqillay hikoya qilib berdi. — Abdulla Qahhor — Koʻr koʻzning ochilishi
- Bekmurodov boshidan oʻtgan voqealarni oʻzi aytib bergan edi. — Said Ahmad — Yulduz
- Kishi hayot yoʻlida boshdan kechirgan voqealar orasida baxtli deb oʻylagan zamonlarini yodlashdan har choq zavqlanadi. — Oybek — Tanlangan asarlarBoshiga yogʻilgan - boshga tushgan.
- Nogahoniy boshiga yogʻilgan falokatni oʻzing daf qilgin. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakatiBoshiga solmoq - ogʻir qiyinchilikka, azobga duchor qilmoq.
- Jonim, man muncha baxti qora yaratilgan ekanmanki, Xudo shoʻrlik boshimga shuncha kulfatlarni soldi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- ..bundan keyin koʻrgan azobimni Xudo hech bandaning boshiga solmasin. — Oybek — Tanlangan asarlarBoshim kal, koʻnglim nozik - koʻngil 1.
- Bosh bilan ish qilmoq.
- Togʻning koʻrki tosh bilan, odamning koʻrki bosh bilan. — Maqol —
- Agronomga oʻz boshi bilan ish qilishga ruxsat berish kerak. — S. Nurov — Narvoy
- Qoratoy Yoʻlchining yelkasini doʻstona qoqib dedi: -Rosa boshing bor, inim Yoʻlchi, oltin boshing bor. Gaplaring - bari haq. — Oybek — Tanlangan asarlarBosh ogʻritmoq (yoki qotirmoq) - 1) qattiq oʻylamoq, fikr yuritmoq; tashvish qilmoq.
- Hayotni mukammal qilaman, deb sizdan oldin ham ne-ne odamlar bosh qotirgan. — S. Siyoyev — Yorugʻlik
- Hosil Yoqubov nozikroq bir narsa ustida bosh qotirib oʻtirgan ekan.. — "Mushtum" —
- Har narsaga aqlingiz yetadi.. Loaqal bu baxtsiz singlingiz uchun birgina bosh ogʻritsangizchi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar 2) miyani achitmoq, garang qilmoq.
- Agar boshni ogʻritmoqchi boʻlsangiz - katta koʻcha; toʻrt tomoningiz qibla. — H. Gʻulom — Mashʼal
- Nima uchun boshimni ogʻritganingizga tushuna olmadim, oʻrtoq rais. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli
- Soʻz bilan dehqonning boshini qotirib, nihoyat, toʻrt yarim soʻmga koʻnishga majbur qildi. — Oybek — Tanlangan asarlarBoshiga kelmoq - miyasiga, esiga kelmoq.
- Shu savol boshiga kelganda, koʻziga toʻsatdan Kanizak koʻrinib, Sidiqjonning yuragi oʻynab ketdi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Yaxshi yigit - davraning boshi. — Maqol —
- Yaxshi xotin erni elga bosh qilur, Yomon xotin erini gado qilur. — Maqol —
- Yomonga bosh boʻlguncha, yaxshiga yoʻldosh boʻl! — Maqol —
- Qirq yigitga bosh boʻladigan xotin edi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Singlingning toʻyiga sen bosh boʻlasan, sening toʻyingga Robiya bosh boʻladi. — Oʻtkir Hoshimov — Ikki eshik orasi
- Bosh vrach.
- Bosh agronom.
- Rustam Surxondaryo viloyatidagi kolxozda bosh agronom boʻlib ishlayotibdi. — "Mushtum" —
- Direktorning bu gapi bosh injenerga qaymoqday yoqib ketdi. — "Mushtum" —
- Uning otasi bosh choʻpon, oʻzi esa choʻpon yordamchisi boʻlib ishlay boshladi. — Gazetadan —
- Bundan soʻng ham bosh mirzoligingizni emas, mirza Anvarligingizni ehtirom qilamiz. — Abdulla Qodiriy — Mehrobdan chayon
- Ozgina yurgach, "Bogʻizogʻon"ning bosh arki oldidan chiqdilar. — Oybek — Navoiy
- Mana Xorazmning janubiy bosh darvozasi. — I. Jabborov — Koʻhna xarobalar siri
- Bosh sovrin taʼsis etildi.. — Gazetadan — Bosh harf - katta harf.
- Yozuvda har bir gap bosh harf bilan boshlanadi. — "Oʻzbek tili darsligi" —
- Kimning nomiga xat yoki boshqa narsa kelsa, pochtalon adresat nomining bosh harfida yozilgan yashikka qoʻyib, yuboriladigan xat boʻlsa, olib ketar edi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Bosh masssh.
- Bosh sabab.
- Paxta - bosh vazifa.
- Keyinchalik maktab sahnasida oʻynaladigan spektakllarda hamisha bosh rollarni ijro etadigan boʻldi. — S. Karomatov — Hijron
- -Huzuringizga kelishimning bosh sababi shundadir! - dedi Hasanali. — Abdulla Qodiriy — — Oʻtgan kunlarBosh gap - mustaqil, asosiy gap.
- Oʻzicha mustaqil, boshqa gapga ergashmagan gap bosh gap deb ataladi. — "Oʻzbek tili darsligi" — Bosh maqola - gazeta va jurnallarda tahririyat tomonidan beriladigan, dolzarb masalaga bagʻishlangan maqola.
- Bosh maqolada.. ilgʻor kolxozchilarning ish tajribalari umumlashtirilgan edi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariBosh toʻgʻon - gidrotexnik inshootning eng yuqori tomonidagi asosiy toʻgʻon.
- 1940 yilning may oyida bosh toʻgʻon bitdi. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari" —
- Bosh bola.
- Bosh kelin.
- Qutidor boʻlsa, koʻz ochib koʻrgan qudamiz, xotining boʻlsa, bosh kelinimiz. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Yoshi ulgʻayganda uylanganidan, bosh bolasi men edim. — Oybek — Tanlangan asarlarBosh barmoq - boshmaldoq.
- Sal narida qayerdandir Shukrulloni bosh barmogʻi bilan imlab chaqirardi. — "Yoshlik" —
- Eshagini tepganda, chap oyogʻining bosh barmogʻi chiqib ketgan ekan. — Odil Yoqubov — Er boshiga ish tushsaBosh xotin - 1) eng oldingi xotin; 2) eng katta xotin.
- Najmiddinboyning bosh xotinidan Abdullaboy, kichik xotinidan Fazliddin tugʻilgan. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Qilich xalifaning bosh xotini Qumribibi juda tashvishga tushgan edi. — Sadriddin Ayniy — Qullar
- Ul kishiga kuyovga chiqsang, sen bosh xotin, barcha xotinlari sening choʻring boʻladilar. — Mirkarim Osim — Karvon yoʻllarida
- Bir boshga bir oʻlim. — Maqol —
- Bir boshga yuzta xoʻjayin bor. — S. Nurov — Narvon
- Bu bosh dunyoga kelib nimalarni koʻrmadi-a! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlarJon boshiga - har bir odamga, har qaysi kishiga.
- Bizning ferma mudirimiz jon boshiga sut isteʼmol qilishda Amerikadan allaqachon oʻtib ketgan. — "Mushtum" — Soʻqqa bosh (toʻgʻrisi soʻqqabosh) - yakka oʻzi, bir oʻzi.
- Hidoyat qori, soʻqqabosh boʻlgani sababli onasini ishga chiqarardi. — Mirmuhsin — Mixlar va poʻpanaklar
- Oʻn bosh ot.
- Ikki bosh qoʻy.
- Har bosh sigirdan ikki yarim ming litrdan sut sogʻib olindi.
- Kolxoz chorvasiga bir yuz oʻn toʻqqiz bosh mol qoʻshildi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Shamol boʻlmasa, daraxtning boshi qimirlamaydi. — Maqol —
- Toqatliga togʻlar egar boshini, toqatsizning birovlar yer oshini. — Maqol —
- Quyosh tik koʻtarilib.. issiqdan maysalarning boshi egildi. — Shuhrat — Shinelli yillar
- Gul ochilgay qonlarning boshida, Lolalar bor buloqlarning toshida. — Hamid Olimjon —
- Yusufbek hojining oʻzi ish boshida turib, Oybodoqqa tashqari hovlini tozalatardi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Yuring, xolajon, qizni oʻzim topaman, toʻyning boshida oʻzim boʻlaman, yor-yorni ham oʻzim aytaman.. — Odil Yoqubov — Pyesalar
- Bildimki, bu igʻvolarning boshida oʻzi bosh-qosh. — Komil Yashin — Hamza
- Saidmurod aka xashakchilar boshiga borganda, ular tushlikka chiqishgan ekan. — N. Qobul — Bemorlar
- Tez-tez boshimga borib tur. — S. Ahmad — Yulduz
- ..soʻri ustiga yozilgan oʻrinning bosh tomonidagi uchi tepaga choʻnqaytirib qoʻyilgan yostiqlar.. ozoda hayotdan xabar berardi. — Shuhrat — Shinelli yillar
- ..oʻrnidan dik etib turib, karavot boshiga tashlab qoʻyilgan shimning kamarini sugʻurib oldi. — Murod Muhammad Doʻst — Lolazor
- Asqar ota borib, sagʻananing bosh tomoniga choʻkka tushdi va baland ovoz bilan Qur’on oʻqidi. — Abdulla Qahhor — Asarlar
- Hoji Kumushning boshiga kelib oʻtirdi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- -Bir vaqt hushimga kelsam, otam boshimda yigʻlab oʻtiribdi, - dedi Hoji xola. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Nigor oyim oʻchoq boshida ovqat pishirish bilan mashgʻul edi. — Abdulla Qodiriy — Mehrobdan chayon
- Mullanavroʻz xirmon boshida qoldi. — Sadriddin Ayniy — Qullar
- Otam mashʼalani tutib, oxur boshiga bordilar. — Shukur Xolmirzayev — Ogʻir tosh koʻchsa
- Haydar ota shu bahona bilan u yoq-bu yoqni ham koʻray deb, aylanishroq boʻlsa ham, bozor boshidan yurdi. — Abdulla Qahhor — Asarlar
- Daryo boshlangan joy daryo boshi deyiladi. — "Geografiya"
- Yormat Yoʻlchini sudrab, koʻchaning boshiga, aravalar toʻxtagan joyga yugurdi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Xiyobonning bu boshida naqshdor, havorang baland ayvonning bir chekkasi koʻrinib turardi. — Abdulla Qahhor — Asarlar
- Avaz dala boshida, omonat bir chayla soyasida soch olib turardi. — Sa’dulla Siyoyev — Avaz
- Xonaning u boshidan bu boshiga yurdi. — Shuhrat — Shinelli yillarBoshi berk ko‘cha - 1) bir tomondan kirib, ikkinchi tomondan chiqib ketib boʻlmaydigan koʻcha.
- Izvosh boshi berk koʻchada toʻxtadi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Bu boshi berk koʻchada u uzoq qama1ib qolmaydi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar 2) mushkul, qiyin ahvol, chorasizlik, ilojsizlik.
- Otabek boshi berk koʻchada qolgandek boʻldi, javobiga qiyna1di. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Axir hali biz boshi berk koʻchaga kirib qolganimiz yoʻq-ku. Ular bilan olishib koʻramiz. — Said Ahmad — UfqBoshi-keti yoʻq (yoki koʻrinmaslik) - boshlanishi va oxiri nomaʼlum, cheksiz, tugamas.
- Transheya qirgʻogʻi boʻylab yaltiroq yoʻgon quvur choʻzilib ketgan, boshi-keti koʻrinmaydi. — Hakim Nazir — Oʻtlar tutashganda
- ..boshi-keti yoʻq mehnat davom etmoqda. — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- Hikoyaning boshi.
- Yilning boshi
- Ishimning boshi yoʻq, Oshimning moshi yoʻq. — Maqol
- Toʻyning boshi - boshlanguncha. — Maqol —
- Qiz soʻzning boshini eshitib iljaydi, oxirini eshitib, qoʻrquvdan boʻzardi. — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- Mamlakat urushning boshidayoq otadan ayrilib, ona qoʻlida qoldi. — Oʻlmas Umarbekov — Sirli sohil
- Toʻti bu xatning boshini eshitiboq, oʻzini yerga koʻtarib urgan edi. — Saida Zunnunova — Olov
- -Men, boʻlmasa, gapni boshidan boshlay, - dedi Abdurasul. — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- Sentyabr boshlarida polk gʻarbga tomon yoʻl oldi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Homidning sovchisi boshqa sovchilarning muqaddimasi, yoz boshida keladigan qaldirgʻochlarning yoʻlboshchisi edi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarAvval boshi - avvalo, dastavval.
- Bu gapni avval boshda oʻzi kovlab qoʻyganligi uchun jim turishga majbur edi. — Komil Yashin — Hamza
- Bu savolga avval boshi Boʻtaboy akam javob berishlari kerak. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Avval boshi oʻzimizning kolxozchilarga tushuntirish kerak. — Abdulla Qahhor — Qo‘shchinor chiroqlariBir boshdan - 1) boshidan, boshlanish joyidan, tartibi bilan, bafurja.
- Men hadeb savol beraverganimdan keyin injener hamma voqeani bir boshdan gapirib berdi. — Hakim Nazir — Choʻl havosi
- U oʻz boshidan kechirgan kulfatlar qanchalik ogʻir boʻlsa ham, bu jonajon doʻstlariga bir boshdan soʻzlab berishga tayyor edi. — Parda Tursun — Oʻqituvchi 2) bir chekkadan, tartibi bilan.
- Provodnik koʻzoynagini burun chetiga tushirib olib, bir boshdan biletlarni tekshirishga kirishdi. — Zinnat Fatxullin —
- Oyimxon unga [Gulsumga]: -Mayli, qiynalib oʻtirma, senga bir boshdan hamma harflarni oʻrgatib qoʻya qolay, - debdi. — Parda Tursun — OʻqituvchiXat (yoki satr) boshi - abzats.
- Xat boshidan takror oʻqimoq.Qayta boshdan - qaytadan, yangidan.
- Qo‘shnimning oshi — janjalning boshi. — Maqol —
- Qumriniso Sobiraxonga koʻz qisib: -O‘yin-kulgimizning boshi Bahrixonning toʻyi boʻladi, - dedi. — Abdulla Qahhor — Xotinlar
- Baxtni birovlarning ostonasidan qidirishning oʻzi baxtsizlikning boshi! — Abdulla Qahhor — Og‘riq tishlar
- Bir bosh uzum.
- Bir bosh karam.
- Topgan gul keltirar, topmagan - bir bosh piyoz. — Maqol —
- Peshtaxta oldiga borib, savatdagi uzumdan bir bosh tanladi-da, tarozi pallasiga qoʻydi. — Komil Yashin — Hamza
- Qayoqdan ham bir bosh koʻknor topib ichirdik, ogʻziga jiydaning suvini tomizib koʻrdik. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Besh bosh qilib olmoq.
- Oʻn bosh qilib toʻlamoq.
- Endi xotin boshi bilan Margʻilonga murojaat qilsinmi? — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Ayol boshi bilan mistovoqdek ketmonda ishlaganda, biz yuramizmi kaftdek ketmon tutib. — To‘xtash Ashurov — Oq otBeva (yolgʻiz) boshi bilan - ersiz (xotinsiz) holatda qiynalib, yolgʻizlik bilan, yolgʻiz oʻzi.
- Nainki bitta shu qizi deb umrini oʻtkazsa, koʻzimning oqu qorasi deb avaylasa, beva boshi bilan shunchalik oʻstirsa-yu, u yuziga tik qarasa? — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Seni sevmasam, yarim kechada, qorongʻi koʻchada yolgʻiz boshim bilan orqangdan yugurib yurarmidim?! — Sadriddin Ayniy — QullarBir yostiqqa bosh qoʻymoq - yostiq.
- Zaynab ham umid bilan bir yostiqqa bosh qoʻygan. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarBir yoqadan bosh chiqarmoq - bir jon, bir tan boʻlib, hamjihatlik, yakdillik bilan.
- Koʻpchilik bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilsa, uning kuchi okean toʻlqinidan ham zoʻr boʻladi. — S. Mahkamov — Shogird
- Endigi gap oʻzlaringda qoldi. Bir yoqadan bosh chiqaringlar. — Said Ahmad — UfqBiror ishning boshini ushlamoq (yoki tutmoq) - biror ishni, hunarni puxta egallab, shu ishda muqim boʻlmoq yoki umuman ishlamoq; bekor yurmaslik.
- Bundoq dalalarga chiqib, biror foydaliroq ishning boshini tutsangiz boʻlmaydimi? — S. Nurov — Karvon
- Vaqti-soati kelsa, oʻqib olarman.. undan koʻra bir ishning boshini tutay. — M. Hazratqulov — JurʼatBosh burmoq - vaʼdasidan chiqmaslik, boʻysunmaslik.
- Men shu qilgan yaxshiligingga sendan ruxsatsiz bosh bursam, oʻttiz pora kalomullo ursin! — Hamza — Tanlangan asarlarBoshga bitgan balo - bitmoq III.
- Oʻrtogʻingiz boshimga bitgan bir balo boʻldi. — Abdulla Qahhor — AsarlarBoshga qoʻymoq - boshiga koʻtarmoq 1.Boshga qoʻndirmoq - kiymoq.
- Kurtkani yelkamga tashladim, doʻngalak "gruzincha" shapkani boshga qoʻndirdim. — S. Siyoyev, YorugʻlikBoshi bilan - 1) butun vujudi bilan, astoydil.
- Olimjon koʻpdan kutilgan ishga boshi bilan koʻmilib ketgan edi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli 2) joni, hayoti bilan.
- ..agar bundan bir xiyonat chiqmasa, hammadan burun men bunga boshim bilan javob beraman. — Sadriddin Ayniy — Qullar 3) boshi yordamida, bosh harakati bilan.
- Qoratoy boshi bilan "yoʻq" dedi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Oʻzbek oyim boshi bilan keliniga rizolik bildirib, "barakalla!" deb qoʻydi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarBoshi bogʻliq - unashtirib qoʻyilgan.
- Achchiqlanma, bek yigit, oʻzi uyatchan qiz, yana boshi bogʻliq. — Oybek — NavoiyBoshi buzuq yoki buzuq bosh - igʻvogar, teskarichi, buzuq fikrli.
- Mana senga, uyingga boshi buzuqlarni yigʻganing uchun! — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Amir qoziga buyruq yuborib, boshi buzuq oyoqyalanglarni va eski qullarning avlodini tutib qama, degan. — Sadriddin Ayniy — QullarBoshiga yetmoq - 1) oʻldirmoq, halok qilmoq, nobud qilmoq.
- Otangning boshiga yetgan oʻshalar. — A. Koʻchimov — Halqa
- Oʻpkasida qolgan oskolka oʻn yilgacha azob berib, oxiri boshiga yetdi. — H. Tursunqulov — Hayotim qissasi 2) oxirigacha borib, yetib tugatmoq; tugatmoq.
- Hozirgacha oltmish tugunning boshiga yetdingiz. — S. Siyoyev — YorugʻlikBoshiga koʻtarmoq - 1) juda izzat-hurmat qilmoq, hurmatini bajo keltirmoq.
- Sharaflarga burkab ota nomini, Boshiga koʻtardi onajonini. — Barot Boyqobilov — Sadoqat
- Qani endi boshqa otalardek boʻlsa, boshimga koʻtarmasmidim. — S. Ahmad — Ufq 2) hammayoqni buzgudek shovqin solmoq, janjal qilmoq.
- ..tovoqning jinday joyi uchgan ekan. Qaynanam shuni koʻrib qoldi-yu, butun hovlini boshiga koʻtardi. — "Mushtum" —
- Shuncha erkakning orasida uyalmaysanmi hovlini boshingga koʻtarib baqirgani, sharmanda!!! — Komil Yashin — Hamza 3) shodlikdan, xursandchilikdan baqirmoq, shovqin solmoq.
- Toʻyib-toʻyib shoʻxlik, beboshlik, "jinnilik" qilsang, vodiyni boshingga koʻtarib qahqaha ursang. — F. Musajonov — Himmat
- Qizlar uyni boshlariga koʻtarib, "yor-yor" aytishayotgan paytda, Sanobarga yaqin kelib, uning kiftiga qoʻlini qoʻydi. — Komil Yashin, HamzaBoshiga suv quymoq - 1) nooʻrin sarflamoq, tugatmoq, tamomlamoq.
- Hash-pash deguncha brigadaga berilgan 14 ming soʻmning boshiga suv quydi. — "Mushtum"
- Sendan nima koʻryapman? Qaytanga topgan-tutganimning ham boshiga suv quyayapsan. — E. Raimov — Ajab qishloq 2) pachavasini, rasvosini chiqarmoq.
- -Manavi-ku, - buvim meni koʻrsatdilar, - oʻqishning ham boshiga suv quydi. — E. Raimov — Ajab qishloqBoshiga uradimi? - unga nima keragi bor? Keragi yoʻq.
- Opoqijon, unday demang, boshingizga urasizmi oʻsha betayin qizlarning molu dunyosini? — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati
- He, izzatini bilmagan pastkashlar, ikki mingni boshimga uramanmi? — "Mushtum"Boshiga chiqib (yoki minib) olmoq - birovga hukmron yoki xoʻjayin boʻlmoq, boʻysunmay qoʻymoq.
- Bunday yigitning esa u boshiga minib olishi turgan gap edi — Oʻlmas Umarbekov — Yoz yomgʻiri
- Senlarda oʻzi insof degan narsa bormi? Pensionerman deb boshimizga chiqib olasanlar, shekshii. — S. Ahmad — Yulduz
- Choʻri qiz boshimizga chiqib, bizlarni oyoq uchi bilan koʻrsatadi. — Oybek — Tanlangan asarlarBoshiga oʻtqazib qoʻymoq - hammadan ustun qoʻymoq, rosa eʼzozlamoq.
- Yosh, chiroyli xotinga yoqish, uning koʻnglini koʻtarish uchun uni hammamizning boshimizga oʻtqazib qoʻydi. — Oybek — Tanlangan asarlarBoshida yongʻoq (yoki tosh) chaqmoq - doimiy ravishda xoʻrlamoq, azoblamoq, jabrlamoq.
- Keyin Gulnorga Xudo beradi, u erka-arzanda xotin boʻlib.. koʻngliga nima kelsa, shuni qiladi.. boshimizda yong‘oq chaqadi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Uch kun oʻtmay [kundoshim] boshimda tosh chaqishga boshladi. — Oybek — Tanlangan asarlarBoshida kaltak (yoki tayoq) sinmoq - kaltak.
- ..mudirning tayogʻi koʻproq uning boshida sina boshladi. — — GuldastaBoshidan zar quymoq - zar.Boshida qolmoq - kerakmas, zarurmas; qurib ketsin maʼnolarida ishlatiladi.
- Qarab turing, toʻyiga ham bormayman, toʻyi boshida qolsin. — T. Alimov — Sovgʻa
- Topib kelgan matohing boshingda qolsin. — S. Ahmad — YulduzBoshi yostiqqa tegmoq - 1) yotmoq, uxlamoq; 2) kasallanmoq, betoblanmoq.Boshi ketmoq - o‘ldirilmoq, qurbon boʻlmoq.
- ..toʻgʻri gapir, boʻlmasa boshing ketadi. — U. Ismoilov — Saylanma
- Boshimiz ketsayam, qaytmaymiz bu yoʻldan. — O. Yoqubov — Er boshiga ish tushsaBoshi koʻkka (yoki osmonga) yetmoq - gʻoyat xursand boʻlmoq, juda ham koʻngli koʻtarilmoq.
- Masalani shunday hal qilish kerak edi. Karimqul akadan eshitib, boshim koʻkka yetdi. — Oybek — Oltin vodiydan shabadalar
- Toʻsatdan kirib borsam, onam bechoraning boshi koʻkka yetar.. — — GuldastaBoshing toshdan boʻlsin - umring uzoq boʻlsin, zavol koʻrma, oʻlma.
- Ha, ishqilib, boshi toshdan boʻlsin. — Abdulla Qahhor — Asarlar
- Xayr, oʻgʻlim, qayerda boʻlsang ham, omon boʻl, boshing toshdan boʻlsin. — — GuldastaBoshini aylantirmoq - aylantirmoq.
- Oilali boʻla turib, yosh qizning boshini ashshntirishga uyalmadingizmi? — O‘. Hoshimov — Qalbingga quloq solBoshini bogʻlamoq - unashtirib yoki uylantirib qoʻymoq.
- Biz Otabekni Toshkentdan unashtirib, boshini bogʻlamasak, kun sayin uning Margʻilon yugurishidan qutula olmasmiz. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- -Ikkala tomonning kelishuvidan soʻng fotiha qilinib, qizning boshi bogʻlandi. — — MushtumBoshini bukmoq - 1) uyaltirib, yerga qaratib qoʻymoq.
- Sekin gapir, sekin.. sharmanda qilding, boshimni yerga bukding, sen juvonmarg! — Oybek — Tanlangan asarlar
- -Turing, qizim, — ellikboshining tovushi birdan muloyishashadi, — ota-onaning boshini bukmang. — Oybek — Tanlangan asarlar 2) boʻysundirmoq, tiz choʻktirmoq, tobe qilmoq; tushkunlikka tushirmoq.
- Oʻyla, Qoratoy. Ishqilib, Yoʻlchi bolamga tayanch boʻl, yolgʻizlatma, yigitning koʻngli buzilmasin, boshi bukilmasin — Oybek — Tanlangan asarlar
- Qarz kishining boshini bukadi. — Oybek — Tanlangan asarlarBoshini yemoq - boshiga yetmoq.
- Husning boshingni yeydi.. — Asqad Muxtor — Qoraqalpoq qissasi
- Ota-onasining boshini yegan shum yetim. — P. Tursun, OʻqituvchiBoshini ikkita qilmoq (yoki qoʻshmoq) - uylantirib qoʻymoq.
- -Biz ham orzu-havas koʻrmay oʻtmasak: koʻzimizning ochiqligida boshingni ikkita qilib qoʻysak deymiz-da, oʻgʻlim, — dedi chol. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Bir amallab qishdan chiqsak, Polvonboyning boshini ham qoʻshib qoʻyarmiz. — J. Sharipov — XorazmBoshini silamoq - 1) erkalamoq, yupatmoq.
- Yoʻlchi Gulnorning boshini silab, voqeani qisqacha aytib berdi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Nozim Zuhraning boshini asta silab, oʻz koʻz yoshini belbogʻi uchiga artdi. — — Guldasta 2) oʻz panohiga olib ardoqlamoq, boqmoq, tarbiya qilmoq.
- Elga bersang oshingni, erlar silar boshingni. — Maqol —
- Nodira onasi oʻrnida Anvarning boshini silab, istiqboli uchun qaygʻurdi. — Abdulla Qodiriy — Mehrobdan chayonBoshini tikmoq - oʻzini qurbon qilishga tayyor boʻlmoq.
- Nega endi.. mehnatkash musulmon uchun boshini tikkan.. yigitni jallod boltasiga topshirar ekan? — Komil Yashin — Hamza
- ..Ha, Homid aka, siz jonni ayamasangiz, men ham yoʻlingizga boshimni tikdim.. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarBoshini xam qilmoq - uyatga, nomusga qoldirib ketmoq, boshini (yuzini) yerga qaratmoq.
- El-yurt oldida boshimni xam qilib ketding, orqangdan quvmadim. — Said Ahmad — Ufq
- Arzimagan ish deb boshini xam qilmang. — Said Ahmad — UfqBoshini qovushtirmoq (yoki biriktirmoq) - qovushtirmoq.Boshini qotirmoq (yoki ogʻritmoq) - 1) boʻlar-boʻlmas ish, harakat, gap va shu kabilar bilan joniga tegmoq, bezor qilmoq.
- Bemaʼni savollaring bilan boshimni qotirma; 2) uzoq va jiddiy oʻylamoq; tashvish chekmoq.
- Bu azaliy jumboq ustida ne-ne allomalar bosh qotirmadi deysiz. — — Fan va turmush
- Bukun ham xuddi shu maqsadda yigʻilishib, dekcha qaynatish gʻamida bosh ogʻritishardi. — Oybek — NavoiyBoshi ochiq (yoki boʻsh) - 1) paranji tashlagan, paranji yopinmaydigan; ochiq; 2) unashtirilmagan, uylanmagan yoki ajralishgan.
- Endi u [Munavvar] boshi ochiq qiz bola emas. Oilali. — S. Anorboyev — Mehr
- -Bugundan boshing ochiq. Uch taloq qoʻydim. — — Yoshlik
- Oʻzbeklarning yaxshi qizi bor boʻlsa, Boshi boʻshmi deyin, avval soʻrayin. — — AlpomishBoshi chiqmaslik ( bilan) - sira qutulmaslik, boʻshamaslik; doimo tashvish, gʻalva bilan yashamoq.
- Uning boshi kasaldan chiqmay qoldi.
- Ana shundan boshlab tashvishdan boshi chiqmay qoldi. — J. Abdullaxonov — Xonadon
- ..hech yaxshsh1ik qilmay deyman-u, koʻngil boʻshlik qilib qoʻyaman, keyin boshim gʻalvadan chiqmaydi — Oʻlmas Umarbekov — Yoz yomgʻiriBoshi qorongʻi - baʼzi homilador ayollarda homiladorlikning dastlabki oylarida boʻladigan holat, ahvol (masalan biror narsani tusash yoki unga toqat qilolmaslik).
- Uning anorga boshi qorongʻi.
- Boshi qorongʻiga olam qorongʻi. — Maqol
- Vika homilador, uning ittifoqo "koka-kola"ga boshi qorongʻi boʻlib qoldi. — Mirmuhsin — Hikoyalar va qissalarBoshi qotmoq (yoki shishmoq) - nima qilarini bilmay qolmoq, gangib qolmoq; doimo oʻylab, biror xulosaga kelolmay yurmoq.
- Bu bitmaydigan savdodan Elchiyevning ham boshi qotib yurardi. — E. Aʼzamov — Javob
- Yosh jurnalist topshiriqni olishga olib qoʻyib, boshi qotib qoldi. — — Mushtum
- Eshitdim, lekin nima chora? Shu kunda hammaning boshi shishgan. — Oybek — Tanlangan asarlarBosh koʻtarib yurmoq - yuzi yorugʻ, pok, halol boʻlganligi uchun kishilar oʻrtasida bemalol, xijolat boʻlmay, yerga qaramay yurmoq.
- Siz esingizni yeb qoʻyibsiz, oʻgʻlingizni margʻilonlikka topshirib qoʻyib, yana el ichida boshingizni koʻtarib yurmoqchi boʻlasizmi? — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Qizingizni deb shaharda bosh koʻtarib yurolmaydigan boʻldim. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarBosh koʻtarmoq - 1) oyoqqa turmoq, tuzalmoq.
- Bemor kasaldan bosh koʻtardi; 2) mashgʻul boʻlgan biror ishdan toʻxtamoq, uzilmoq.
- Professor Sherzodning kassilik varaqasidan bosh koʻtardi-da, negadir jilmaydi. — Oʻtkir Hoshimov — Nur borki, soya bor
- -Yaxshi, - dedi Tursunboy ishidan bosh koʻtarmay. — Said Ahmad — Ufq 3) unib chiqmoq, koʻkarmoq.
- Koʻklam kelishi bilan begona oʻt bosh koʻtarmasin deb.. yer molalandi, chizellandi. — H. Nuriy — Yashil xirmon
- Qishloq yomgʻirdan yuvilib, yashnab ketgan edi. Devorlar tagida adashib bosh koʻtargan munis maysalar ertaga qor ostida qolishidan bexabar yashnab turardi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol 4) ufqdan koʻtarilmoq, chiqmoq (asosan Quyosh, Oy haqida).
- Quyosh ufqdan asta bosh koʻtarib, oʻzining zarrin nurlarini socha boshladi. — — Yoshlik
- Qishloq qizlariday loʻppi yuzli oy Boshini koʻtardi, kuldi sahro, soy. — Gʻayratiy — 5) qarshi harakat qilmoq, isyon qilmoq, qoʻzgʻalmoq.
- Toshkent hokimi boʻlgan Azizbek Qoʻqonga qarshi bosh koʻtargan. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Kambagʻal bosh koʻtarsa, boy tosh koʻtaradi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Bir vaqt kelib, dadamning kuni yetsa, Gulnorning churvaqalari bosh koʻtaradi. — Oybek — Tanlangan asarlarBosh olib ketmoq - hamma narsadan voz kechib, boshqa joylarga butunlay ketib qolmoq.
- O‘z akamga men sigʻindi boʻlguncha, Bu oʻlkadan boshim olib ketayin. — — Alpomish
- Bugun u saroydan mutlaqo bosh olib ketdi. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Mehri kasalxonadan chiqqandan keyin, Niso buvi ikkala qizi bilan nomaʼlum tomonga bosh olib ketdi. — Abdulla Qahhor — AsarlarBosh oqqan tomonga ketmoq - duch kelgan tomonga, toʻgri kelgan yoqqa qarab ketmoq.
- U koʻchaga chiqdi, qayoqqa borayotganini bilmay, boshi oqqan tomonga yurib ketdi. — Komil Yashin — Hamza
- Bechora ish qidirib, boshi oqqan tomonga borar ekan. — Oybek — Nur qidiribBosh ogʻrigʻi - dardisar narsa, ortiqcha tashvish, daxmaza.
- Rostini aytsam, shu zamonda gap-soʻz qaynab ketgan, lekin birovining ham maʼnosi yoʻq, borida ham maza-matra yoʻq. Hammasi bosh ogʻrigʻi gaplar. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Boʻlsa boʻlar, boʻlmasa yoʻq-da. Bekorga bosh ogʻrigʻi qilib, ichingdan oʻrtanib yurasanmi? — P. Tursun — OʻqituvchiBosh suqmoq - (yoki tiqmoq) - 1) oyoq qo‘ymoq, kirmoq, yetishmoq.
- Kampir enam qiz qidira-qidira tinkasi quridi, qaysi eshikka bosh tiqsa, soʻrasharmish: savdogarmi, bogʻi bormi, uy-joyi bormi? — Oybek — Tanlangan asarlar
- Senoʻlgur bu uyga bir marta ham boshingni tiqmading. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Xonaga Ergash bosh suqadi: - Mumkinmi? — — Guldasta
- Sherbek kechki payt ogʻilxonadan qaytib kelayotib, idoraga bosh suqdi. — S. Anorboyev — Oqsoy 2) oʻrnashmoq, joylashmoq.
- U aytgan tollar qulabdi, bosh tiqmoqchi boʻlgan maktab-maorif sohasiga tamoman yangi odamlar, olov nafasli yoshlar kelibdi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari 3) aralashmoq, qotishmoq.
- Sobirjon birovlarning gapiga kirib, shunaqangi ishlarga bosh suqmasa edi. — Asqad Muxtor — Opa-singillar
- Siz ham meni bolam desangiz, shu bugun mening ishimga bosh suqmang. — Odil Yoqubov — Pyesalar 4) boshni tiqib, kiritib qaramoq, tekshirmoq.
- Ular eshik tirqishlaridan moʻralaydilar va qiya ochib, boshlarini suqadirlar. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Tohir pastki qavatdagi ochiq eshiklarga bosh tiqib qaradi. — Pirimqul Qodirov — Yulduzli tunlar 5) qoʻymoq, tiramoq.
- Gulnor boshini Yoʻlchining koʻkragiga suqib yigʻladi. — Oybek — Tanlangan asarlarBosh tortmoq - 1) boshoqlamoq, gʻunchalamoq.
- Sizni ogʻzi qon boʻri dedim, chunki.. siz yangi ochilgan gullarni, endi bosh tortgan lolalarni vaqtsiz soʻldirasiz, ochilib bitmay oʻldirasiz. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar 2) biror ish, vazifa, burch va shu kabilarni bajarishdan yuz oʻgirmoq, qochmoq.
- Armani usta qora marmar lavhadagi soʻzlarni oʻchirib, qayta yozishdan keskin bosh tortdi. — Ne’mat Aminov — Suvarak
- Qoʻydek yuvosh musulmonlar bugun mardikorga borishdan bosh tortmoqdalar. — Nazir Safarov — Tanlangan asarlarBosh toʻlgʻamoq - bosh tortmoq 2.
- Bu taqdirda itoatdan bosh toʻlgʻagan Toshkent ustiga, albatta, Musulmonqul zolim qoʻshin tortar. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarBosh urmoq - 1) bormoq, murojaat qilmoq.
- Yoʻlchi qayoqqa bosh urishini, kimning yoqasidan tutishini bilmay, ancha vaqtgacha koʻchalarda tentirab yurdi. — Oybek — Tanlangan asarlar 2) yordam soʻramoq, bosh egib kelmoq.
- Sening uchun azizlarga bosh urdim, Borgin, bolam, seni haqqa topshirdim. — — Malikai ayyor
- Axir farzand uchun ona nimalarga bosh urmaydi? — — Guldasta
- Nega oʻylamay-netmay, eshigiga bosh urib kelgan bir yigitni quvlab soladir? — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarBosh ustiga - bajonidil, jonu dil bilan.
- Uchrashganingiz toʻgʻrisida menga maʼlumot yozsangiz, tagʻin minnatdor qilardingiz. -Bosh ustiga. — Abdulla Qodiriy — O‘tgan kunlar
- Tabibiyning gapi nojoʻya boʻlib, bir chalamulla bolaning soʻzlari eʼtiborga loyiq desangiz, minnatdormiz, bosh ustiga, xonim. — S. Siyoyev — YorugʻlikBosh egmoq - 1) boshini tushirmoq, yerga tomon pasaytirmoq.
- Qoʻshiq tamom boʻldi-yu, u boyagiday tabassum bilan ohista bosh egib qoʻydi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Ahmad Husayn boshini sal egdi, uning tusi ham allanechuk oʻzgardi. — Oybek — Nur qidirib 2) boʻysunmoq, itoat qilmoq, tiz choʻkmoq; sajda qilmoq.
- Qachongacha endi biz yotlarga bosh egamiz, pora berib kun koʻramiz. — Nazir Safarov — Tanlangan asarlar
- Amirga boshini egmagan keksa shoirni otga bogʻlab, qurib yotgan oʻt ustida yoqib yuborishgan. — — Gazetadan
- Kimdir tosh otsa ham goho ortimdan, Qoshimda bosh egdi, kelib soʻnggi dam. — Abdulla Oripov — Yillar armoni 3) yolvormoq, yalinmoq.
- Erkak boshimni egib qaytib boramanmi, unaqada xotinim boʻynimga chiqib oladi, derdi. — Said Ahmad — Ufq 4) motam tutmoq, motamsaro boʻlmoq.
- Mungli doʻppaygan qabrlar ustida bag‘ri qon qizgʻaldoqlar bosh egdi. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Balki u kun boshim uzra Doʻstlar bosh ham egadir. — Abdulla Oripov — Yillar armoniBosh qashimoq - noilojlikdan nima qilishini bilmay oʻylab qolmoq, xayol surmoq, bosh qotirmoq.
- Hovli oʻrtasida bosh qashib qoldi va koʻzini qisib, xotiniga qaradi. — Abdulla Qodiriy — Mehrobdan chayonBosh qoʻshmoq - aralashmoq, qotishmoq; qoʻshilmoq.
- Boy, men oʻylagan bu ishga siz ham bosh qoʻshsangiz, savob boʻlarmidi? — Nazir Safarov — Tanlangan asarlar
- Ukalarimning kir-chirini yuvib, bagʻriga olib oʻtirsin deb, bu ishga men oʻzim bosh qoʻshdim. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Meningcha, muhimi ishni boshlab olish, u yogʻiga xalqning oʻzi bosh qoʻshadi. — Komil Yashin — HamzaBosh harf - Katta harf.Ishi boshidan oshib yotibdi - oshmoq 1.
- Nabirali boʻladigan Oʻzbek oyimning ishi boshidan oshgan.. edi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarKatta boshini kichik qilib - katta.
- Ammo-lekin xatosini tan olyapti, kechirim soʻrayapti katta boshini kichik qip. — A. Koʻchimov — HalqaMening senga boshim qorongʻi edimi? - Senga koʻzim uchib turganmidi? (nomatlub kishi kelib qolganda aytiladi).Oyogʻiga bosh qoʻymoq - 1) bosh urmoq.
- Dushman qursin, eslarimni shoshirdi, Mirza Mahmud oyogʻiga bosh urdim. — — Yusuf va Ahmad 2) bosh egib, hurmat, ehtirom bildirmoq.
- Agar koʻchada boʻlmasa edi, Yoʻlchi shu onda bu goʻzal, toza yurakli, jasur, vafodor qizning oyoqlariga bosh qoʻyishga tayyor edi. — Oybek — Tanlangan asarlarErkak boshi bilan - erkak kishi boʻla turib.
- Erkak boshi bilan koʻchada ogʻziga soʻrgʻich tiqib, bola koʻtarib yursinmi?! — T. Alimov — Ishqilib oʻqimagan boʻlsin-da
- Erkak boshlari bilan ogʻizlari gʻiybatdan boʻshamaydi. — Sa’dulla Siyoyev — Otliq ayolOʻz boshiga - har kim oʻz holicha, oʻzicha, mustaqil.
- -Bu oʻtirganlarning koʻpi.. yer olib, oʻz boshiga dehqon boʻlib oldi, - dedi Abdurasul. — Parda Tursun — O‘qituvchi
Source: Wiktionary
Views: 0