ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

bosh

бош

Ma’nolari

  1. Tananing boʻyindan yuqorigi, oldingi (odamda, hayvonlarda) qismi; kalla.
  2. Aql-hush, miya.
  3. Boshliq, rahbar.
  4. Lavozim, mansab jihatdan katta, yuqori turuvchi.
  5. Ulkan, katta, asosiy.
  6. Eng muhim, asosiy, yetakchi.
  7. Eng oldingi, birinchi.
  8. Odam, kishi.
  9. (sanoq sonlar bilan) Chorva hisobida har bir adad jonivor.
  10. Tik narsalarning tepa qismi, uchi, choʻqqisi.
  11. Biror marosim, tadbir, voqea-hodisaning roʻy berish, amalga oshish jarayonidagi dastlabki bosqich.
  12. Yon, old, tomon.
  13. Oʻrin, karavot va shu kabining bosh qoʻyiladigan yuqori tomoni; shunday oʻrinda yotgan kishining beldan yuqori tomonidagi joy.
  14. Baʼzi otlar bilan birikib, shu ot orqali ifodalangan narsaning oʻzini yoki u oʻrnashgan joyni, yon-atrofini bildiradi.
  15. Choʻziq, davomli, boʻyli narsalar, joy, maydonlarning boshlanish joyi yoki oxiri, etagi; shunday narsalarning ikki uchidan, chekkasidan, tomonidan biri.
  16. Voqea, hodisaning, biror muddat yoki faslning, asar, matn va shu kabilarning boshlanish joyi, payti, avvali, muqaddimasi.
  17. Voqea, hodisa va shu kabilarning boshlanishi uchun bahona boʻlgan narsa, dastlabki sabab.
  18. Baʼzi oʻsimliklarning kalla yoki chochoq shaklidagi hosili, mevasi.
  19. (sanoq sonlar bilan) Karra, hisob.
  20. -shaxs egalik va jo‘nalish, oʻrin-payt, chiqish kelishiklarining affikslari bilan koʻmakchi vazifasida qoʻllanadi ( boshiga, boshida, boshidan).
  21. Ayol (yoki xotin) boshi bilan - xotin kishi boʻlgani holda, ayol, ojiza boʻla turib.

Misollar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish