Explanatory dictionary
bosmoq
босмоқ
Meanings
- Ustiga oyoq qoʻymoq.
- Ustidan yurib, oʻtib ezmoq, shikastlamoq yoki oʻldirmoq.
- Qoʻl bilan ushlab turmoq, ezgʻilamoq, boʻgʻmoq.
- Kuch bilan itarmoq, siqmoq.
- Kuch bilan siqib, iz tushirmoq, qoldirmoq.
- Tiramoq, siqib itarmoq.
- Zarb bilan urib yasamoq, zarb qilmoq.
- Oʻz ogʻirligi yoki elastik kuchi bilan taʼsir qilmoq, siqmoq.
- Maʼlum bir narsani boshqa bor narsa ustiga qoʻymoq, tegizmoq; toʻsmoq.
- Chop qilmoq, nashr etmoq.
- Koʻp miqdorda ustma-ust qoʻymoq, taxlamoq, zichlab yigʻib qoʻymoq, zichlab joylamoq yoki ortmoq.
- Toʻshamoq, yotqizmoq; toʻsmoq, berkitmoq.
- Qoʻymoq, surtmoq, tortmoq.
- Ilgari surilmoq, ilgarilab bormoq, yurmoq.
- Qoplamoq, oʻrab olmoq, qamramoq; egallamoq; elitmoq.
- Tinchlantirmoq, tinchitmoq, tiymoq; hovuridan tushirmoq, epga keltirmoq.
- Kamaytirmoq, pasaytirmoq yoki toʻxtatmoq; qondirmoq.
- Kuch (zoʻrlik) bilan bostirib kelmoq, egallamoq, ishgʻol qilmoq.
- Toʻsatdan kelmoq, koʻpchilik boʻlib kelib qolmoq.
- Qulamoq, agʻanamoq.
- Ushlab, chegirib qolmoq.
- Ustun kelmoq, ustun kelib oshib tushmoq.
- bostirmoq.
- taxtakachlamoq 1.
- Maxsus usulda (toʻqimasdan) tayyorlamoq (kigiz, jun mato haqida).
- Ravishdoshning -ib shaklida kelib, biron-bir ishharakatning surunkasiga, toʻxtamay, ketma-ket, paydar-pay boʻlishini, amalga oshishini bildiradi.
- Bagʻriga (yoki koʻksiga) bosmoq - bagʻriga olmoq 1; bagʻir.
Examples
- Bemahal yurgan goʻng bosar. — Maqol
- Qurbaqani bossang, vaqirlaydi. — Maqol
- Ot bosgan yerni toy bosadi. — Maqol
- Koʻrmayin bosdim tikanni, Tortadirman jabrini. — "Oq olma, qizil olma"
- Muhiddin asfalt yuzidagi oq muz donalarini bosib, telefon stansiyasi tomon yurib ketdi. — Rahmat Fayziy — Choʻlga bahor keldi
- Zulayho yalang oyoqlari bilan poyani chip-chip bosib, uning tepasiga keldi. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Bu qanday maynabozlik! Bosib-yanchib oʻtabermaysanmi? — Oybek — Tanlangan asarlar
- Mashina olganiga ikki oy boʻlgan boʻlsa, shu ikki oy ichida naq beshta tovuq, yettita mushuk bosdi. — Said Ahmad — Togʻlarda
- Mansur kuz chechaklarini bosib borarkan, tagʻin Gavharni oʻyladi. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Chap qoʻlim bilan qattiq bosib turdim. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Polvon uni bir tepib, yerga agʻanatdi-yu, boʻgʻzidan bosib turaverdi. — Sa’dulla Siyoyev — Avaz
- Engashibroq ikki qoʻllab Sheralining toʻpiqlari atrofini bosib turdi. — Sa’dulla Karomatov — Oltin qum
- Tabib darrov koʻzini yumib, barmogʻi bilan bosdi. — Abdulla Qahhor — AsarlarYelkasidan bosmoq - 1) toʻxtatmoq, tinchlantirmoq.
- Hamma oʻrnidan turdi. Asqar ota ham turmoqchi boʻlgan edi, oqsoqol yetib kelib, yelkasidan bosdi. — Abdulla Qahhor — Asarlar 2) ogʻirlik qilmoq, zoʻr kelmoq.
- Bu ogʻir yuk uning yelkasidan bosdi. U uy ostonasini hatlab ichkari kira olmadi. — Nazir Safarov — Olovli izlarMola bosmoq - molalamoq.
- Uning oʻrniga Mamajon dalaga borar, mola bosar, xirmonda maydachilik qilardi. — Samar Nurov — NarvonOyogʻini bosmoq - xalaqit bermoq, qarshi chiqmoq.
- -Shart shu: maktabda mening oyogʻimni bosadigan hech kim boʻlmasligi kerak. Avj olganini chekanka qilib, kemtib turaman, - dedi oʻzicha Mirsalim. — Shuhrat — Oltin zanglamas
- Tugmani (tugmachani) bosmoq.
- Qoʻngʻiroqni bosmoq.
- Sulaymonov trubkani qoʻyib, tantanali ravishda knopkani bosdi. — Abdulla Qahhor — Asarlar
- Kabir Otaqulovich ikki tavaqali koʻk eshik chekkasidagi tugmachani bosdi. — O‘ktam Usmonov — Sirli sohil
- Ahmad odati boʻyicha qoʻngʻiroqni uch marta ketma-ket bosdi. — Farhod Musajonov — Himmat — 1984
- Jahl bilan duch kelgan tarafga qarab tepkini bosdi. — Said Ahmad — Ufq
- Muhr bosmoq.
- Tamgʻa bosmoq.
- Chitga gul bosmoq.
- Avvaliga pochta muhr bosishni unutgandir, dedik. — Sa’dulla Siyoyev — YorugʻlikBarmoq bosmoq - barmoq 1.
- Ziyodulla tomogʻi qirilib, quruq yoʻtaldi, koʻkragini stolga bosib, oʻyga toldi. — Hamid Gʻulom — Mashʼal
- Uzoq qish kunlari davomida oppoq siynasini yerga bosib yotgan qor bahor quyoshining iliq taftiga dosh bera olmay singib ketdi. — Gazetadan
- Tanga, chaqa bosmoq.
- Suyuqliklar har tomonga baravar kuch bilan bosadi.
- Nazirqul uning yelkasini ishqadi, latta hoʻllab, peshonasiga bosdi. — Said Ahmad — Hukm
- Qizning qoʻllariga asta qoʻlimni bosdim. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Rustamjon Mehrixonning yumshoq qoʻllarini, binafshalarni yuziga bosdi. — "Saodat"
- Kampir doka roʻmolining uchini labiga bosib, yerga qaradi. — Abdulla Qahhor — Asarlar
- Xalcha xola boʻlsa, bir chekkada gung boʻlib, roʻmolining uchini ogʻziga bosib turibdi, bir akamning aftiga, bir oyoqlariga qaraydi. — Murodjon Mansurov — YombiLab bosmoq - oʻpmoq, boʻsa olmoq.
- Shahzodani shart bagʻriga tortib, chanqagan lablarini "mana, meni oʻp" deb turgan gʻuncha lablariga qattiq bosdi. — Komil Yashin — Hamza
- Bu kun suratingga soʻzsiz bosdim lab, Shu senmi, yolgʻizim, shu senmi, ona.. — Abdulla OripovTishini tishi ga bosmoq - tish 1.
- Kitob bosmoq.
- Matnni mashinkada bosib koʻpaytirmoq.
- Suratini bosib chiqarmoq.
- -Bu yerda oʻtgan mojaroni Qumrixonga aytib bering, hikoya qshshb yozsin, albatta, bosib chiqaramiz, - dedi. — Abdulla Qahhor — Bek
- Shundan keyingina gazetalarda podsho taxtidan tushganligi xabarini bosib chiqarishga "ruxsat tegdi". — Komil Yashin — Hamza
- Qanorga un bosmoq.
- Aravaga beda bosmoq.
- Bizning Qalandarboy kuzda kambagʻallarning paxtasini arzon-arzon sotib olib, saroyiga bosib qoʻyadi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Haydar ota qarasa, shu yalanglikka yantoq bosib qoʻyishibdi. — Abdulla Qahhor — Asarlar
- Uy egasi oshga sabzi bosib, Otabek yoniga keldi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Yoʻlga shox bosmoq.
- Suvni uch-toʻrt chaqirim yuqoridan ikki yogʻiga chim bosib, koʻtarib kelish lozim boʻladi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Shartta fufaykamni yechdim-u, oʻpirilgan joyga bosdim. — Ergash Raimov — Ajab qishloq
- Bu kim boʻldi? ..Yuzlari xuddi olmaday tarang. Bir juft quralay koʻzi surma bosganday qora. — Hamza — Boy ila xizmatchi
- Bir vaqt qarasam, surma bosgan koʻzlari gʻamgin boʻlib qoldi. — Said Ahmad — Hukm
- Yoʻlchi oldingi qatordagi erkak va ayollar bilan birga hayqirib, yana mahkama sari bosib bordi. — Oybek — Tanlangan asarlarBosib oʻtmoq - 1) maʼlum masofa yoʻl yurmoq.
- Maston necha kilometr yoʻl bosib oʻtganini va yana necha kilometr bosish kerakligini bilar edi. — Abdulla Qahhor — Asarlar 2) kesib oʻtmoq, ustidan yoki yonidan oʻtib ketmoq.
- Biz Toshkentni bosib oʻtdik.
- Sultonali mirzo Solih maxdum koʻchasini bosib, toʻgʻriga oʻtdi, oʻn qadamcha yurib toʻxtadi. — Abdulla Qodiriy — Mehrobdan chayon
- ..kasalxonani bosib oʻtolmadim: kirib, tanish hamshiradan soʻrasam, Mastura bir soatdan keyin operatsiyaga yotarkan. — Abdulla Qahhor — Asarlar 3) yengib oʻtmoq, yengmoq, orqada qoldirmoq.
- Nafis soddalikka erishish uchun yozuvchilar mashaqqatli va uzoq yoʻl bosib oʻtadilar. — Farhod Musajonov — Himmat
- U yoʻlida uchragan har qanaqa gʻovni bosib-yanchib oʻtishga, doimo gʻolib chiqishga oʻrgangan edi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol 4) boshdan kechirmoq.
- Domlaning bosib oʻtgan qaynoq umr yoʻli, samarali ish faoliyati universitet hayoti bilan chambarchas bogʻlangan. — Nazarmat — Joʻrlar baland sayraydiYoʻl bosmoq - yoʻl.Olgʻa (yoki oldin, ilgari) bosmoq - 1) yoʻl yurib, ilgari surilmoq, ilgarilamoq.
- Xalq toʻlqini.. olgʻa bosdi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Avaz beixtiyor bir qadam olgʻa bosdi. — Sa’dulla Siyoyev — Avaz
- Bashirjon undan ham soʻrab koʻrish uchun bir-ikki qadam ilgari bosdi. — Ne’mat Aminov — Suvarak 2) ravnaq topmoq, rivojlanmoq; olgʻa siljimoq.
- Soat sayin ishlaring oldin bossin. — Oybek — Oltin vodiydan shabadalar
- Ter bosmoq.
- Tuman bosmoq.
- Qorongʻilik bosmoq.
- Zulmat bosmoq.
- Ajin bosmoq.
- Uyqu bosmoq.
- Mahmudjonni muzdek ter bosdi. — "Mushtum"
- Ranglari oqardi, koʻz oldini quyuq tuman bosdi. — Jonrid Abullaxonov — Oriyat
- Atrofni gʻira-shira qorongʻilik bosgan, qamishlar vahimali shitirlar edi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Zulmat bosgan atroflar goʻyo qiron yetgan oʻlkaday besas. — Sh. Rahmon — Yurak qirralari
- U Nasimlarning eshigiga yetganda, bir zumda yuragini hayajon bosdi. — F. Musajonov — Hukm
- Uning [Onaxonning] vujudini qoʻrquv bosdi. — Asqad Muxtor — Opa-singillar
- Qoʻllari titradi, koʻzlarini hasrat bosdi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Gulnorning yuragi kuchli toʻlqinlandi, butun gavdasini totli bir titroq bosdi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Shamol turdi, qum koʻcha boshladi, yer-koʻkni qum bosdi. — Komil Yashin — Hamza
- Qop-qora is bosgan shipidan qamishlar osilib turardi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Otliqlar qor bosgan qirgʻoq boʻylab yarim soatcha kezishdi. — Hamid Gʻulom — Mashʼal
- Toʻxtabuvaning ajin bosgan yuzida gʻurur va baxt porladi. — Saida Zunnunova — Yangi direktor
- Hammayoqni ogʻir sukunat bosdi. — T. Rustamov — Mangu jasorat
- Yonbosh qoʻygan hamon, koʻzi yumilib, uyqu bosardi. — T. Rustamov — Mangu jasorat
- ..qoʻlimga qogʻoz-qalam oldim deguncha, esnoq bosadi. — "Mushtum"
- Janjalni bosmoq.
- Toʻpolonni bosmoq.
- Samandarov.. qalamining orqasi bilan stolpi qoqib, gʻovurni bosdi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Orifjon xotinini bosib qoʻydi. — Said Ahmad — Saylanma
- Xalqni bosish kelmaydimi qoʻlingdan? — Hamid OlimjonOʻzini bosmoq - oʻzini tutmoq, tiymoq.
- Bir amallab oʻzimni bosdim. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Hamdam aka bir qizishdi-yu, oʻzini bosib oldi. — Rahmat Fayziyev — Choʻlga bahor keldiOʻpkasini bosmoq - 1) oʻzini bosmoq.
- -Oʻpkangni bos! - dedi Sapoyev unga oʻshqirib. — "Mushtum" 2) oʻzini yigʻidan tutmoq.
- -Yigʻlama, qizim, yigʻlama, - dedi Onaxon, oʻpkasini zoʻrgʻa bosib. — Asqad Muxtor — Opa-singillar
- Vo bolam, deb oʻpkasini bosolmay, Sochin yoyib, betin suyib yigʻlaydi. — "Oysuluv"
- -Ogʻriqni bosadigan yaproq topib kelaman, - dedi Majid. - Shu bilan ovunaman, Hovrimni bosaman, aka. — Nazir Safarov — Olovli izlar
- Bu uqubatli kunlarning alamini devor oshib kelgan yigitning erkalashlarigina bosa olardi. — Said Ahmad — Hukm
- Shaftolining sersharbat etlari yozning issiq kunlarida.. "chanqoq bosdi" boʻladi. — K. Mahmudov — Mevalar
- Haydarboyning koʻrimsiz choynaklaridagi quyuq va suyuq choylari.. oʻtgan-ketgan yoʻlovchilarning ham chanqovini bosib turadi. — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- Yigitning sarasi yov bosganda bilinar. — Maqol
- Kunlardan bir kun mana shu boyning uyini kuppa-kunduz kuni namozgar paytida oʻgʻri bosdi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Dod! Voy dod! Qaroqchilar bosdi!!! — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Dushman bosgan ona yurt uchun Yasalgandek qilichu nayza. — Xurshid Davron — Bolalikning ovozi
- Birdan bosdi johil olomon. — "Guldasta"
- Dushmanlar kechuvdan oʻtib, shaharni bosib olishibdi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Uyni mehmon bosdi.
- Iye, Xolmat akani mehmon bosgan, shekilli. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari"
- Bu ogʻil bosib qolmasa, deb qoʻrqaman. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Ikki boʻlmash kichkina pastqam uy, tom bosay deb turibdi. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Yoʻlkalarni bosib qolgan xarobalar ustida bolalar irgʻishib yurar edi. — Abdulla Qahhor — Asarlar
- Ishlagan haqini qarziga bosib qolibdi.
- Asta-sekin boshlangan chapak tobora avj olib, soz ovozini bosib ketdi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Haligi gajakdor juvon ikki qoʻlini ham, ovozini ham baland koʻtarib, gʻala-gʻovur, shovqinni bosib tushdi. — Asqad Muxtor — Opa-singillar
- Dasturxonning chetini bosmoq.
- ..kim yoniga borsa, Zebini maqtab gapirar, uning dutor chalishi, chok tikishi, toʻppi bosishlarini hikoya qilar edi. — Choʻlpon — Kecha va kunduz
- Kigiz bosmoq.
- Kechgacha bosib ishladik, juda toliqdim. — Gʻafur Gʻulom — Tirilgan murda
- Men bari bir niyatimdan qaytmadim. Bosib sovchi qoʻyaverdim. — Tog‘ay Murod — Ot kishnagan oqshom
- ..achchiq choyni bosib ichib qoniqqach, izvoshni qoʻshdi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Bir hafta bosib yoqqan yomgʻir qora tuproqni koʻpchitib yuborgan. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari"
- Dadamat aka Asadni mahkam quchoqlab, bagʻriga bosdi. — Farhod Musajonov — Himmat
- Muqaddam uning qoʻlidan oʻgʻilchasini oldi, mehr bilan bagʻriga bosdi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Bu, Ergashga uni xuddi koʻksiga bosganday boʻlib koʻrindi. — Asqad Muxtor — Opa-singillar
- Bashorat kitobchani ikki qoʻli bilan oldi. Unga uzoq tikildi-da, koʻksiga bosdi. — Asqad Muxtor — Opa-singillarYem bosdi - otga yem berilgandan keyin uni sovitish, birmuncha vaqt salt minib yurish.
- -Otimning bir odati bor edi: ikki xuftondan keyin yem yerdi.. soʻngra maydonda yem bosdi odati bor edi, - dedi Murodxon Goʻroʻgʻliga. — "Zulfizar bilan Avazxon"
- Avazxon, sen yigitlarga xabar bergin, otlariga qarasin, yem bosdi qilib, qantarib qoʻysin. — Ergash Jumanbulbul oʻgʻliYon bosmoq - yon.Oyoqqa bosmoq - oyoq.Salobati bosdi - salobat.Tosh (yoki palla) bosmoq - 1) hajmi kichkina boʻlgani holda ogʻir, salmoqdor boʻlmoq.
- Poʻkak tosh bosmaydi.
- -Ha, siz aytganingizdek, - dedi Oliyaxon, - pallasi ham tosh bosmaydi. — Nazir Safarov — Oliyaxon Sultonova 2) ogʻir kelmoq, salmogʻi jihatidan ustun kelmoq.
- Qo‘y bilan qoramol boshqa gap, tosh bosadi. — "Mushtum"
- Tarozining mahsulot qoʻyilgan pallasi bosib ketdi, plan ortigʻi bilan bajarildi. — GazetadanTuxum bosmoq - tuxum.Falokat bosdi - falokat.Oʻrnini bosmoq - oʻrin.Qadam (yoki oyoq) bosmoq - 1) qadam qoʻymoq, qadam tashlamoq, qadam tashlab yurmoq.
- Yoʻl adirning eng yotiq yeridan tushgan boʻlsa ham, Turgʻunoy tizzasini ushlab, zoʻrgʻa qadam bosardi. — Abdulla Qahhor — Asarlar
- Yoʻlchi atrofiga koʻz yugurtirib, qizga tomon ikki-uch qadam bosdi. — Oybek — Tanlangan asarlar 2) bormoq, kelmoq; tashrif buyurmoq.
- U biznikiga qadam bosmadi.
- Bugun sakkiz kun boʻldi, qadam bosmaysiz-a. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Yoʻq, amaki, uyga endi bir umr qadam bosmayman. — Said Ahmad — Ufq 3) biror yoʻlda, yoʻsinda xatti-harakat qilmoq, ish tutmoq.
- Tikanning zahrini tortgan oyogʻini bilib bosadi. — Maqol
- U baʼzan.. O‘rmonjondan biron qadam oldinda yurishga intilar, shuning orqasida baʼzan nojoʻya qadam ham bosib qoʻyar edi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Oʻgʻri endi oʻylab qadam bosadi. — Sa’dulla Siyoyev — YorugʻlikQamchi bosmoq - qamchi.
Source: Wiktionary
Views: 0