ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

bosmoq

босмоқ

Ma’nolari

  1. Ustiga oyoq qoʻymoq.
  2. Ustidan yurib, oʻtib ezmoq, shikastlamoq yoki oʻldirmoq.
  3. Qoʻl bilan ushlab turmoq, ezgʻilamoq, boʻgʻmoq.
  4. Kuch bilan itarmoq, siqmoq.
  5. Kuch bilan siqib, iz tushirmoq, qoldirmoq.
  6. Tiramoq, siqib itarmoq.
  7. Zarb bilan urib yasamoq, zarb qilmoq.
  8. Oʻz ogʻirligi yoki elastik kuchi bilan taʼsir qilmoq, siqmoq.
  9. Maʼlum bir narsani boshqa bor narsa ustiga qoʻymoq, tegizmoq; toʻsmoq.
  10. Chop qilmoq, nashr etmoq.
  11. Koʻp miqdorda ustma-ust qoʻymoq, taxlamoq, zichlab yigʻib qoʻymoq, zichlab joylamoq yoki ortmoq.
  12. Toʻshamoq, yotqizmoq; toʻsmoq, berkitmoq.
  13. Qoʻymoq, surtmoq, tortmoq.
  14. Ilgari surilmoq, ilgarilab bormoq, yurmoq.
  15. Qoplamoq, oʻrab olmoq, qamramoq; egallamoq; elitmoq.
  16. Tinchlantirmoq, tinchitmoq, tiymoq; hovuridan tushirmoq, epga keltirmoq.
  17. Kamaytirmoq, pasaytirmoq yoki toʻxtatmoq; qondirmoq.
  18. Kuch (zoʻrlik) bilan bostirib kelmoq, egallamoq, ishgʻol qilmoq.
  19. Toʻsatdan kelmoq, koʻpchilik boʻlib kelib qolmoq.
  20. Qulamoq, agʻanamoq.
  21. Ushlab, chegirib qolmoq.
  22. Ustun kelmoq, ustun kelib oshib tushmoq.
  23. bostirmoq.
  24. taxtakachlamoq 1.
  25. Maxsus usulda (toʻqimasdan) tayyorlamoq (kigiz, jun mato haqida).
  26. Ravishdoshning -ib shaklida kelib, biron-bir ishharakatning surunkasiga, toʻxtamay, ketma-ket, paydar-pay boʻlishini, amalga oshishini bildiradi.
  27. Bagʻriga (yoki koʻksiga) bosmoq - bagʻriga olmoq 1; bagʻir.

Misollar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish