Explanatory dictionary
bulut
булут
Meanings
- Osmonni butunlay qoplab olgan yoki uning u yer-bu yerida gʻuj boʻlib toʻplangan, quyuqlashgan suv bugʻlari.
- Osmonni bulut kabi qoplab olgan har bir narsa.
- Tahdid soluvchi yoki dilni qorongʻi qiluvchi har bir narsa, holat.
- Bir turli dengiz jonivorining gʻovak, yumshoq tanasi (choʻmilishda badanni sovun bilan ishqash uchun ishlatiladi).
Examples
- Oq bulut.
- Bahor bulutlari.
- Sukutda hikmat koʻp, Bulutda - himmat. — — Maqol
- Oʻtgan bulutdan yomgʻir kutma. — — Maqol
- Bulut ola - yer chala. — Maqol
- Bulutlar shamolga ergashib, togʻ tomon yoʻl oldi. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Koʻkni bulut qoplagan, milt etgan yulduz yoʻq edi. — I. Rahim — Chin muhabbatHavo (yoki osmon) bulut - osmonni bulut qoplagan, havoning avzoyi buzuq.
- Osmon bulut. Bironta yulduz koʻrinmaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Havo bulut. Odamlarning shoshib yugurishiga qaraganda, qormi, yomgʻirmi yogʻsa kerak. — E. Raimov — Ajab qishloq
- Ergash chang bulutini yorib, izvoshga yetib olishga shoshiladi. — Ibrohim Rahim — Chin muhabbat
- Avval ha.shgi tikroq qora bola, keyin boshqalari gʻoyib boʻldi, ular oʻynagan joy ustida anchagacha chang buluti turib qoldi. — Asqad Muxtor — Opa-singillar
- Boya, qiz ovozini eshitganda, qshgbida chaqnagan quyosh yuzini mana endi qora bulut bosdi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Har holda, Toshkent ustiga yana qonli bulutlar chiqdi, ishning oxiri nima bilan tinchlanar, bu bir Xudogagina ma’lumdir. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
Source: Wiktionary
Views: 0