Explanatory dictionary
butoq
бутоқ
Meanings
- Daraxtning tanasidan yoki yoʻgʻon shoxlaridan tarmoqlanib chiqqan yon shox.
- Tarmoq, shoxobcha; pogʻona; avlod.
- Butoq otmoq 1)aynan butoqlamoq; 2) ajralib chiqmoq, tarmoqlanmoq.
Examples
- Qush butoqqa sigʻinar, Odam — Vatanga. — Maqol —
- Daraxtlarning butoqlarida qushlar chugʻur-chugʻur sayray boshladilar. — "Yoshlik" —
- Yulgʻunning qovjiroq butoqlarini terib, gulxan yoqdi. — S. Siyoyev — Avaz
- Somoniylar shajarasining soʻnggi butogʻi boʻlgan podsho Nuh bin Mansur kasalmand odam edi. — M. Osim — Ajdodlarimiz qissasi
- Qishloq oʻrtasidan oʻtgan katta yoʻl butoq otib, dalalarga tutashgan. — Y. Shamsharov — Bogʻbon
Source: Wiktionary
Views: 0