Explanatory dictionary
buzmoq
бузмоқ
Meanings
- Oʻzgartirib, boshqa maqsadsa foyda-lanish uchun moslamoq.
- Insonning biron-bir ruhiy holatiga, osoyishtaligiga ziyon keltirmoq, zarba bermoq.
- Jamoaviy qoidalarga, turmush tarziga xilof ish qilmoq, unga rioya (amal) qil-maslik.
- Zararli taʼsir koʻrsatib, ishini, faoliyatini yomonlashtirmoq.
- Mavjud vaziyatni, holytni oʻzgartir-moq, unga xalal bermoq.
- Haqiqatdagidan, aslidagidan boshqacha qilib yubormoq.
- Uddasidan chiqa olmay, yomon yoki yaroqsiz qilib qoʻymoq.
- Inson axloqi, feʼl-atvorini yomon tomonga oʻzgartirmoq.
- Oʻzaro munosabatlarni yomonlashtirmoq, chatoqlashtirmoq.
- Bokiralikdan judo qilmoq, nomusiga tegmoq.
- Biror harakatni, marosimni toʻx-tatmoq.
- Foydalana boshlamoq (yaxlit yoki yangi narsalardan).
- Goʻshtni buzmoq Butun molning goʻshtini boʻlaklarga boʻlmoq, burdalamoq. Koʻngilni buzmoq 1) koʻnglini vayron qilmoq, dilini ogʻritmoq.
Examples
- Jaynoq, qulfni buzma, yaxshilik koʻrmaysan. N. Safarov, Sharq tongi.
- Bedani buzib, paxta ekmoq. Paltoni buzib, kostyum qilmoq. shsh
- Mana, kanal bitdi, mana bu toʻqaylarni buzib, yangi yer ochayotibmiz. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Uyda bir eski gilamcha bor edi, uni buzib, yana bir xurjun qilib olar edim. Mirtemir.
- Ikromjon xotinining quvonchini buzgi-si kelmadi. S. Ahmad, Ufq.
- Eski turmush quz-gʻunlari, bir yangi turmush qurgan oilaning turmushini buzmoq uchun qanday hiylalar qilgansiz. Hamza, Tuhmatchilar jazosi.
- Qonunni buzmoq. Intizomni buzmoq. n Sen, rais, umumiy yigʻilish qarorini buzma, oʻzboshimchalik qilma, ha, yomon oqibat-larga olib keladi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli.
- Uz ahdingni buzib, inkor aylama. Habibiy, Devon.
- Yogʻli ovqat meʼdani buzadi.
- Tinchlikni buzmoq. Suhbatni buzmoq. n Bu jimlikni oxiri Jannat buzdi. S. Ahmad, Ufq.
- Begʻam, betashvish doʻstlar shirin uyquda edilar. Elmurod ularning uyqusini buzmaslik uchun asta karavoti yoniga bordi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Haqiqatni buzib koʻrsatmoq. Soʻzni buzib yozmoq. Fikrni buzib tal-qin qilmoq. m -Mezbon qani, Teshabay? — dedi u, rus tilini nemislarga xos bir talaf-fuz bilan buzib. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Oshni buzib qoʻyibsiz. Suratni buzib qoʻyibsiz.
- Kishining zari kishini buzar, zarni koʻrgan — zanjirni uzar. Maqol.
- m Hali erimniyam buzyapman deng? Hamza, Tuhmatchilar jazosi.
- Yaxshi oʻgʻil yurt tuzar, yomon oʻgʻil yurt buzar. Maqol. n
- Jahl ustida urishib qolgan boʻlsangiz, ehtimol, yarashib qolarsiz. Oilangizni buzmang! Mirmuhsin, Umid.
- Kimki odamlar oʻrtasini buzib yuruvchi boʻlsa, u ham moʻmin emasdir. "Fan va turmush".
- Ahmoq yigit nodonlik qilib, qizni buzib qoʻyibdi.
- Sen buzding Nodirshohning toʻyini.. "Yusuf va Ahmad".
- Pulni buzmoq. Bochkadagi yogʻni buzmoq.
- Dildor ana shunday koʻngilni buzadigan oʻylar bilan band edi. S. Ahmad, Ufq; 2) boshqa xayolga kelmoq, umidsizlanmoq.
- Umidingni uzma, koʻnglingni buzma. Maqol. Olamni (yoki dunyoni) buzmoq Atrofni boshga koʻtarmoq, larzaga solmoq.
- Ichkarida xotinlar majlisi: ..birov yor-yor oʻqib, tagʻin bit-tasining quvonchi ichiga sigʻmay xoxolab, dunyoni buzadi.. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Baʼzilar borki, qilar ishining tayini yoʻq, daʼvosi olamni buzadi. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda. Taxini buzmoq Kiyilmagan kiyim, tutilmagan oʻrin-bosh va shu kabilardan foydalana boshlamoq. Xayolni buzmoq Xayolni boʻlmoq, sochmoq.
- Faqat oshxonadan chiqib kelayotgan kelinning salomigina uning xayo-lini buzdi. Oydin, Doʻndiqdan ham yosh ekan. Husn buzmoq Husniga moye tushmay, koʻzga yomon qilib koʻrsatmoq.
- Endi uning xayolini band qilgan narsa qishloqning husnini buzib turgan eski goʻristonni koʻchirish muammosi edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Ma-hallada, shoir Shukrullo taxta imorat qurib, koʻchamizning husnini buzdi, unda did yoʻq ekan-ku, degan gap tarqalibdi. Shukrullo, Saylanma.
- Soat meniki. Buzadigan ham oʻzim, tuzata-digan ham oʻzim. Uygʻun, Navbahor.
Etymology
1 Parchalab yoki qoʻporib, agʻda-rib yoʻq qilmoq; ishdan chiqarmoq, yaroqsiz holga keltirmoq; vayron qilmoq, yemirmoq. ◆ Devorni buzmoq. Uyni buzmoq. Oʻyinchoqni buzmoq. Uy buzganning uyi buzilar. Maqol. ◆ Ot-ning yomoni oxur buzar. Maqol. m ◆ ..ilonning oʻrdasini buzganingiz chakki boʻpti-da, oʻgʻlim. M. Mansurov, Yombi.Dadavoy Xadichaga
Source: Wiktionary
Views: 0