Explanatory dictionary
diyda
дийда
Meanings
- koʻz 1. Boshi aylanib, koʻzi tindi.
- Diydam ustiga;
- Diydasi boʻsh; Koʻngli boʻsh, rahmdil; yigʻloqi.
- Diydasi yumshamoq; Koʻngli boʻshamoq, rahmi kelmoq.
- Diydasi qattiq; Koʻngli qattiq, berahm; koʻziga yosh kelmaydigan.
- Diydasi qotmoq (yoki qotib qolmoq) 1) koʻraverib koʻnikib ketmoq, qoʻrqmaydigan boʻlib qolmoq.
- Nuri diyda, nuridiyda 1) koʻz nuri; 2) sevikli farzand.
- Obi diyda, obidiyda; Koʻz yoshi; koʻz yoshi toʻkish, yigʻi.
Examples
- Toʻshakka behol choʻzildi. Diydasini yosh bosdi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Yusuf bilan Ahmadbekning diydasi namlandi. — "Yusuf va Ahmad".
- Oʻng qoʻlidagi dastroʻmoli bilan diydasini artdi. — S. Karomatov — Soʻnggi barxan.
- Bosh ustiga, xush kelibsiz.
- Sizning bilan boʻlsin endi davronim, Diydamning ustiga, aziz mehmonim. — "Shirin bilan Shakar". —
- Qoʻygan qadamlaring diydam ustiga. — "Ravshan".
- Toʻgri, biz xotinlarning diydamiz boʻshroq boʻladi, baʼzan yigʻi yurakni boʻshatadi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- ..lekin Xalil boboning diydasi yumshamadi. — "Yoshlik".
- Men erkaklarning diydasi qattiq boʻladi, deb eshitar, oʻzim ham shunga ishonar edim. — M. Ismoiliy — Fargʻona t.o.
- Sen oʻzingni yetimcha qilib koʻrsatmay qoʻya qol, diydamiz qattiq, yigʻlatolmaysan. — A. Muxtor — Chinor.
- Rahmatli onasining diydasi qattiq emasdi. — "Yoshlik".
- Oʻshanda oʻlimni koʻraverib, diydasi qotib qolgan ekanmi.. — A. Muxtor — Opasingillar 2) yigʻlayverib koʻz yoshi qurib qolmoq.
- Yigʻlayverib, diydasi qotib ketdi. — S. Ahmad — Ufq. 3) mehrsiz boʻlib qolmoq, bezmoq.
- Bunday qosh-qovoq qilib, hadeb eringning jigʻiga tegaverma. Diydasi qotib, uyidan beziydi. — S. Nurov — Narvoy.
- Ona nuri diydasi va jigarporasi Normatni juda sogʻinganini.. yozgan edi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Qoʻzichogʻim, alla, Nuri diydam, alla. — "Boychechak".
- Bu gapni kallangdan chiqar, sen menikisan, obi diydani yigʻishtir! — A. Muxtor — Asarlar.
- Alqissa, obidiyda qilib, padarga javob berdimki: ..nima qilsalar, sohibi ixtiyor oʻzlaridirlar". — A. Qodiriy — Kalvak mahzumning xotira daftaridan.
Etymology
fors. — koʻz
Source: Wiktionary
Views: 0