Explanatory dictionary
dona
дона
Meanings
- . Sanoq sonlardan keyin kelib, miqdor bildiradi.
- . Don, urugʻ.
- . Sochiluvchan narsalarning har bir yumaloq boʻlagi, zarrasi.
- . Zarralar, boʻlaklar, qismlardan tuzilgan narsaning har bir zarrasi, qismi.
- . Shaxmat, shashka va sh. k. oʻyinlarda har bir sipoh, piyoda yoki toʻgarakcha.
- . Choʻtning tugmasimon qismi.
Examples
- Bir dona gugurt choʻpi. Besh dona tuxum. Bir dona koʻsak.
- Raʼno onasining soʻzi bilan qutidan besh-olti dona non olib, dadasining qoʻliga berdi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Anor donasi. Makkajoʻxori donalari. Qoramugʻ donasi boʻlguncha, bugʻdoy-ning somoni boʻl. — Maqol.
- Bolam ning bolasi, qandak oʻrikning donasi. — Maqol.
- Anor donalaridek shirin soʻzlaring. — U. Ismoilov — Saylanma.
- Kum donalari. Munchoqdek ter donalari. Marvarid donshari. m
- Suluv sochlari toʻzgʻigan holatda yugurib kirib, yomgʻir donalari yumalab turgan yuzini otasining mayin yelkasiga bosdi. — A. Muxtor — Qoraqalpoq qissasi.
- Nos sochilib, uning bir necha donasi sakrab-sakrab, stol tagiga kirib ketdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Har qanday materiya alohida donalar yigʻindisidan tuziladi. — “Qiziqarli geometriya”.
- Mirzakarimboy.. tasbeh donalarini barmoqlari orasidan bitta-bitta oʻtkazib, chordona qurib oʻtirar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Baʼzan raqibning ikki donasiga birdaniga hujum qilinadi. — "Fan va turmush".
- Biri gazeta oʻqisa, biri kitob varaqlar, biri shashka oʻynasa, biri shaxmat donasini surar edi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Choʻt donalari shaqir-shuqur boʻlib qoldi. — "Mushtum".
Etymology
arab. – don, gʻalla; -ta, nafar
Source: Wiktionary
Views: 0