Explanatory dictionary
dunyo
дунё
Meanings
- Butun borliq; koinot, olam.
- Borliqning, mavjudotning ayrim boʻlaklari yigʻindisi, toʻplami.
- Jonli tabiatning ayrim qismlari, ular yashaydigan muhit.
- Ijtimoiy hayot yoki turmushda yuz bergan (mavjud boʻlgan) holatga nisbatan, unga qarama-qarshi boʻlgan boshqa bir holat.
- Atrofimizni oʻrab turgan butun mavjudot; atrof muhit.
- Yer yuzi va undagi barcha odamlar, insoniyat.
- Yer yuzi, undagi barcha qitʼalar, mamlakatlar.
- Hayot, tiriklik.
- Kishining maʼnaviy, ruhiy olami, hayoti.
- Maʼlum bir ilm-fan, kasb-hunar, ijtimoiy hodisa sohasi.
- Maʼlum bir ijtimoiy tuzumga, oʻziga xos madaniy va ijtimoiy-tarixiy xususiyatlarga ega boʻlgan omillar bilan birlashgan kishilik jamiyati va u mavjud boʻlgan davr.
Examples
- Bogʻ koʻrki - bodom, Dunyo koʻrki - odam. — Maqol
- Til kichik boʻlsa ham, dunyoni buzadi. — Maqol
- Dunyoda onadan aziz, onadan mo‘’tabar inson yoʻq. — Gazetadan
- Dunyoda eng dahshatli narsa - yolgʻizlik. — To‘xtash Ashurov — Oq ot
- Yulduzlar dunyosi.
- Hayvonot dunyosi.
- Oʻsimliklar dunyosi.
- Tabiatni muhofaza qilish, jumladan, hayvonot dunyosini saqlash.. hozirgi davrda muhim ahamiyatga ega. — Gazetadan
- Darhaqiqat, bular [ilonlar] gazandalar dunyosining turqi eng sovuq, zahari eng oʻtkir vakillari hisoblanadi. — "Fan va turmush"
- Karib dengizida joylashgan Yamayka oroli nabotot dunyosining boyligi va rang-barangligi bilan mashhurdir. — "Fan va turmush"
- Shu yoʻsin qizlar oʻzlarining bir oʻrtoqlarini xotinlik dunyosiga uzatib, majlisdan tarqalishdilar. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Torga - tor dunyo, kengga - keng dunyo. — Maqol
- [Otabek] Tush koʻrar edi: Dunyoni qorongʻilik bosgan emish. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Koʻzim ochding, men dunyoni keng koʻrdim, Oʻzimni ham odamlarga teng koʻrdim. — Hamid Olimjon — Asarlar
- Oʻzbek paxtakorining dovrugʻi dunyoga taraldi.
- Butun dunyo seni olqishlar. — U. Ismoilov — Saylanma
- [Haydar ota:] Agar birov menga “qolgan umringni dunyoni sayohat qilib oʻtkazasanmi?” desa, hech oʻylab oʻtirmasdan, shu supani bera qol, der edim. — Abdulla Qahhor — Asror bobo
- Agar dunyoning narigi burchagiga sizni opichlab borishga toʻgʻri kelsaydi, men sevina-sevina bajarardim. — Oybek — Tanlangan asarlar
- ..dunyo aholisining teng yarmi guruch bilan tirikchilik qiladi. — K. Mahmudov — Qiziqarli pazandachilik
- Bu dunyo oʻtar-ketar, yuzi qoralik qolar. — Maqol
- Dunyoning ishlari shunaqa ekan, doʻstim. — Komil Yashin — Hamza
- Kim dunyodan toq oʻtibdiki, siz oʻtasiz? — Said Ahmad — Ufq
- Dunyo qiziq ekan. Qachon qarasangiz, yetdim deganda qoqilasiz. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq solBevafo dunyo yoki dunyoyi bevafo - hech kim rahm qilmaydigan, oxiri oʻlim bilan tugaydigan, beqaror hayot.
- Pushti panohi-mizdan ayrilganimiz rostmi? Oh, bevafo dunyo! — Pirimqul Qodirov — Yulduzli tunlar
- Bu bevafo dunyoda istak va zaruratdan tashqari koʻngil degan narsa ham bor ekan. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Ey dunyoyi bevafo! Onangdan ayrilibsan, jiyan! — Oybek — Tanlangan asarlarBesh kunlik dunyo - oʻtkinchi hayot, qisqa umr.
- Umr qisqa, besh kunlik dunyoda zavq surish gʻanimat. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Besh kunlik dunyoning loyqa suvini nima qilasan, jannatdagi havzi kavsarni oʻyla, ablah! — Oybek — Tanlangan asarlarBu dunyo - diniy tasavvurlarda yerdagi mavjud, yashab turilgan dunyo (narigi dunyo, oxiratga nisbatan).
- Hammamiz ham bu dunyoga mehmonmiz. — Jomaniyoz Sharipov — Xorazm
- Uning vasliga yetgan yigitning armoni boʻlmasa kerak bu dunyoda! — Komil Yashin — HamzaDunyoga kelmoq - tugʻilmoq.
- Bu bosh dunyoga kelib, nimalarni qurmadi-a? — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Mohirabonudan ikki oʻgʻil va ikki qiz dunyoga kelib, toʻngʻichi - Azizbek.. toʻrtinchisi bizning Zaynab edi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarDunyodan oʻtmoq - (yoki ketmoq) - oʻlmoq, vafot etmoq.
- -Tarxon janoblari dunyodan oʻtibdilar, - dedi sardor yonidagi otliqqa. — Mirmuhsin — Meʼmor
- Taqdir oramizga judolik savdosini soladigan boʻlsa, Iqbol dunyodan ketdi, deb qoʻya qoling. — Nazir Safarov — Tanlangan asarlar
- Polopon vaqtingizdayoq yorugʻ dunyodan ketdingiz. — Mirmuhsin — MeʼmorDunyo ilmi - dunyoviy ilm, real ilmiy mushohada.
- Kamina oxirat ilmiga, siz dunyo ilmiga mohirsiz. — Abdulla Qodiriy — Kichik asarlarDunyoyi qoʻtir yoki qoʻtir dunyo - har xil hodisalar, sarguzashtlar (yaxshilik, yomonlik, moʻlchilik, kamchilik )ga toʻliq boʻlgan olam.
- Bu qoʻtir dunyoda shunaqa odamxoʻrlar borligiga hech aqlim yetmaydi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otgunchaDunyoni tanimoq - hayot tarzidan, turmush sirlaridan boxabar boʻlmoq; bilim olmoq.
- Oʻqituvchi dunyoni tanitadi, olamni chinakamiga tushuntiradi. — "Fan va turmush"Dunyo yuzini koʻrmoq - dunyoga kelmoq.
- Sen dunyo yuzini koʻrib, chaqaloq ovozing jaranglagan kun sodda qishloq xotinlari bilan uyimizda kichkina bir toʻy yasar edik. — Oybek — Tanlangan asarlarYolg‘on dunyo - narigi dunyo (oxirat)ga nisbatan soxta, aldamchi, oʻtkinchi hayot.
- Aslini soʻrasangiz, hammamiz bu yolgʻon dunyoga mehmonmiz. — Komil Yashin — Hamza
- Bu yolgʻon dunyoda qancha ot surib, nechogʻliq javlon urganimiz bilan bir kun borar yerimiz shul tuproq ekan, hayhot! — Sa’dulla Siyoyev — YorugʻlikYorugʻ dunyo - yer yuzi, tiriklik olami; roʻshnolik.
- Bu yorugʻ dunyoga nima uchun keldik? — Hamza — Asarlar
- Biz yorugʻ dunyoni koʻrish uchun tugʻilganmiz, Turgʻunoy! — Abdulla Qahhor — AsarlarIkki dunyo - u dunyo-bu dunyo.
- Oʻzi juda aqlli-da ustozimiz, bunaqangi aqlli odamni ikki dunyoda ham topolmaysiz. — Xudoyberdi Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati
- Unday kelin endi ikki dunyoda ham bu jahonga kelmaydi. — Ergash Raimov — Ajab qishloq
- Men ikki dunyoda rozi emasman. — Said Ahmad — Yulduz
- Jon birodar, xudo xayringni bersin, bu yaxshiligingni ikki dunyoda unutmasman. — Sa’dulla Siyoyev — YorugʻlikMiri (biri) kam dunyo - nimadir yetishmaydigan, nimadir kam boʻlgan hayot, turmush.
- Bobolar: “Dunyoniki miri kam ikki!” deganlar. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Biri kam dunyo. — To‘xtash Ashurov — Oq ot
- “Bir kam dunyo” emas bizning bu dunyo: Barcha hujayrasi tugal bir olam. — Barot Boyqobilov — Meni kuting, yulduzlarU dunyo-bu dunyo - 1) har ikki dunyo, hozirgi mavjud dunyo va narigi - ilohiy dunyo.
- [Volidamiz:] -U dunyo-bu dunyo meni rozi qilaman desang, shu xotinni rozi qil! - dedilar. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Kimda-kim birovga qoʻl berib, ixlos qoʻysa, u dunyo-bu dunyo xor boʻlmaydi aslo. — "Mushtum"; 2) sira ham, hech qachon.
- Vasya Tyuminga: -Xayr endi, uka, bu qilgan yaxshiliging u dunyoyu bu dunyo esimdan chiqmaydi, - dedim. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Sartarosh u dunyo-bu dunyo xor boʻlmaydi. — Ergash Raimov — Ajab qishloq.
- Bordi-yu, turmush quradigan boʻlsang, u dunyo-bu dunyo sendan rozi emasman. — Sa’dulla Karomatov — Oltin qumU (yoki narigi) dunyo - diniy tasavvurlarda kishilar oʻlgach, unda abadiy yashaydigan, ilohiy, oxirat dunyo (bu, yashab turilgan dunyoga nisbatan).
- U dunyoda shuncha narsa boʻlsa ham, hech kim bu dunyodan ketkisi kelmaydi-ya. — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- Bir-ikki kunning ichida koʻzlari ich-ichiga tushib, narigi dunyoga ravona boʻldi. — Abdulla Qodiriy — Gʻirvonlik MallavoyFoniy dunyo - oʻtkinchi, omonat hayot, tez oʻtib ketadigan umr.
- Usta goʻr va jahannam azobini foniy dunyoda bir martaba boʻyniga olib qoʻygani uchun uncha tan tortmadi. — Abdulla Qahhor — Asarlar
- Xoʻsh, siz bu foniy dunyo lazzatidan kechgan.. tarki dunyo qilgan piri murshidlardan biri ekansiz.. — Komil Yashin — HamzaQaytib kelmas dunyo - u dunyo.
- Oʻzbek oyim boʻlsa, eski gina va adovatlarni qaytib kelmas dunyosiga joʻnatdi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarOʻtar (yoki oʻladigan) dunyo - foniy dunyo.
- Qani, ayt, bu oʻtar dunyo zebu ziynatlari, bu mozordagi omborlarda yotgan hisobsiz baytulmollar faqat senga kerakmi? — Komil Yashin — Hamza
- Farmon, kel, oʻladigan dunyoda bir otashashaylik. — U. Ismoilov — Saylanma
- Sehrlar dunyosi.
- Ruhiy dunyo.
- Xayollar dunyosi.
- Maʼnaviy dunyo.
- Tafakkur dunyosi.
- Sherbekning dunyosi bo‘m-bo‘sh, huvshmab qolgandek tuyuldi. Nigorasiz turmushida halovat boʻlarmidi! — Sunnatilla Anorboyev — Oqsoy
- Soʻnagul oʻz dunyosi bilan band edi. — Asqad Muxtor — Davr mening taqdirimda
- Aiazarda onaning ruhiy dunyosi, farzandga boʻlgan muhabbati, orzu-oʻylari aks etadi. — "Saodat"
- Shu birgina soʻz uning [Madumarning] butun ichki va tashqi dunyosini oʻzida aks ettirgan edi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargona tong otguncha
- Xayollar dunyosi keng, oʻtkir fikrli bu hassos qiz berilib, kichik-kichik hikoyalar yozar edi. — Oybek — Nur qidirib
- Adabiyot dunyosi.
- Odamiylik dunyosi.
- Taʼlim-tarbiya dunyosi.
- Adabiyot dunyosida ikki turli tanqid bor: jiddiy tanqid va hajviy tanqid. — Abdulla Qodiriy — Kichik asarlar
- Qadimgi dunyo.
- Kapitalizm dunyosi.
- Sivilizatsiya dunyosi.Bir dunyo - juda koʻp, behisob, beadad; juda katta.
- -Oh, dadajon, men shoʻrli qarigan chogʻingizda sizga bir dunyo tashvish boʻldim, - dedi Eʼzozxon. — Hamid Gʻulom — Mashʼal
- Gʻalaba! Olti harfdan iborat bu soʻzda bir dunyo qaygʻu, quvonch va maʼno bor! — Nazir Safarov — Olovli izlar
- Hovliga chiqdim. Meni bir dunyo yumush kutib turgan edi. — Sa’dulla Siyoyev — YorugʻlikDunyoga ustun boʻlarmiding - “Umr qisqa, abadiy yasharmiding” degan maʼnoni ifodalaydigan ibora.Dunyodan toq oʻtmoq - turmush qurmasdan, yolgʻiz yashamoq, soʻqqabosh boʻlmoq.
- Na xotin, na bola-chaqa bor. Dunyodan toq oʻtdik hisob. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Endi er degan shu boʻlibdimi? Bundan koʻra dunyodan toq oʻtgan yaxshiroq, yolgʻiz yurgan tinchroqdir. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarDunyodan chiroqchisiz bormoq (yoki oʻtmoq) - farzandsiz oʻtmoq, befarzand qolmoq.
- Yoshim oltmish toʻrtga yetdi, oʻgʻlim-qizim boʻlmadi.. Dunyodan chiroqchisiz boraman. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarDunyo koʻziga qorongʻi boʻlmoq (yoki koʻrinmoq) - nihoyatda gʻamga botmoq, yuragi siqilmoq; oʻta ruhiy tushkunlikka tushmoq.
- Talʼat birinchi kursdanoq Hamida degan qizni sevib qolgan, shu qiz boʻlmasa, dunyo koʻziga qorongʻi, bemaʼni koʻrinib ketardi. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq solDunyo koʻrgan - turmush tajribalariga ega, hayotning bordi-keldisini koʻrgan.
- Birodari kirom, siz dunyo koʻrgan bir kishisiz. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarDunyoni suv bossa, toʻpigʻidan kelmaydi (yoki toʻpigʻiga chiqmaydi) - begʻam, parvoyi falak, hech narsadan tashvishi yoʻq kishi haqida.
- Bu odamlar toʻrt ishkali but, dunyoni suv bossa, toʻpigʻiga chiqmaydigan.. kishilarday bamaylixotir, huzur qilib kulishardi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariDunyoni tanigan yoki dunyodan xabardor - koʻpni koʻrgan, koʻp biladigan, bilimli. Dunyo turguncha turing (yoki tursinlar) Uzoq umr kuring.
- Dunyo turguncha turing, asti gʻam koʻrmang. — Komil Yashin — HamzaIkki dunyo bir qadam - pisand emas, hech ran emas (koʻpincha masofa haqida).
- Sayoq uchun ikki dunyo bir qadam. — Oybek — Tanlangan asarlarIkki dunyoda - sira ham, aslo, hech.
- -Men u bilan ikki dunyoda chiqisha olmayman, - dedi Tojiboy. — Parda Tursun — OʻqituvchiTarki dunyo qilmoq - hayot lazzatlaridan voz kechmoq.
- Asli oʻzim tarki dunyo qilganman. — "Oʻzbek xalq dostonlari"
Source: Wiktionary
Views: 0