Explanatory dictionary
dushman
душман
Meanings
- Dunyoqarashi, manfaatlari, xatti-harakati bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan, oʻzaro gʻanim, raqib sifatidagi tomonlarning har biri.
- harb. Urushda oʻzaro biri ikkinchisi bilan jang qiluvchi, bir-biriga qarshi urush eʼlon qilgan tomonlardan har biri; yov.
- Insonga va umuman biror narsaga zarar keltiruvchi kimsa, narsa, hodisa.
Examples
- Gʻoyaviy dushman. Doʻst achitib gapiradi, dushman — kuldirib. Maqol.
- Tikan zahri uchida, dushman zahri ichida. — Maqol.
- Dushmanning katta-kichigi boʻlmaydi. — Maqol. n
- Bular [Sharq muta-fakkirlari] zulm-zulmat, adolatsizlik, jaholat, xurofotning ashaddiy dushmani edilar. — K. Yashin — Hamza.
- Dushman bilan boʻladigan janglarda qoʻrqoqlik qilmanglar. — "Hadis"dan.
- Polk mudofaa qilib yotgan rayon ustida dushmanning necha yuzlab samolyoti behisob bomba yogʻdirdi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Yovvoyi oʻt — hosilning dushmani. Jahl — dushman, aql doʻst. — Maqol.
- Soʻnggi pushaymon — oʻzingga dushman. — Maqol. n
- Otabek ichkilikdan qattiq hazar qilar va bu kungacha mayni oʻziga dushman kabi koʻrib kelar edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- ..tushkunlik — eng yomon dushman. — F. Musajonov — Himmat
Etymology
Forschadan دُشْمَن - yog‘iy, yov; muxolif; badxoh.
Source: Wiktionary
Views: 0