Explanatory dictionary
entikmoq
энтикмоқ
Meanings
- Xoʻrsinmoq.
- Havo yetishmayotgandek qiynalib, tez-tez nafas olmoq, nafasi ogʻziga tiqilmoq.
- Juda ishtiyoqida boʻlmoq; orziqmoq.
Examples
- Davlatyor qattiq entikib oldi: Yoʻq, gaplashish juda qiyin. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Kumush koʻzini yumdida, entikib qoʻydi, — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Narimon uzoq joydan chopib kelgan odamday entikar, boʻgʻiq ovoz bilan gapirar, koʻzlari olazarak boʻlib, atrofga qarardi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- Orqadan birovning boʻgʻiq nafasi, entikib hansiragani eshitildi. — A. Muxtor — Qoraqalpoq qissasi.
- Tezroq uyga yetib borib, Jamil Karimovich soʻzlarini eriga birma-bir aytib berishga entikardi. — Mirmuhsin — Nuqra.
- Biz baʼzida xom-xatala sheʼr yozib.. gazetada bosib chiqarishga entikamiz. — Gazetadan.
- Lekin u barq urib, mangu ochiladigan fursat qachon kelishini entikib kutardi. — Shuhrat — Jannat qidirganlar.
Source: Wiktionary
Views: 0