Explanatory dictionary
erta
эрта
Meanings
- Belgili, odatdagi, meʼyoriy vaqtdan ancha yoki birmuncha oldin, barvaqt, vaqtli.
- Vaqt, fasl bildiruvchi baʼzi soʻzlar bilan birikib, shu vaqt, faslning eng (endigina) boshlanish vaqtini bildiradi.
- kesim vazifasida. Biror ish-harakatni ba-jarish, amalga oshirishga hali vaqt bor-ligini, vaqti kelmaganligini bildiradi.
- Tundan kunga oʻtish vaqti, tongdan soʻnggi payt; ertalab.
- Kelasi kun, soʻz borayotgan kundan keyingi kun.
- Erta bilan Ertalab.
Examples
- Erta turmoq. Erta borib, kech qaytmoq. Erta qarigan kishi. Bu yil qish erta keldi. Ekinni erta ekkan hosilini erta oʻrar. — Maqol.
- Harakating erta boʻlsa, kuzda erta oʻrarsan. — Maqol. n
- Raʼno suv salqinida bugun ham erta uxlab qoldi. — I. Rahim — Ixlos.
- Erta tongdanoq ishga yoʻl olarkan.. qalbida ajib hislar mavj ura boshladi. — Gazetadan.
- Ikromjon, erta bahor Naymanga koʻchib chiqayotganlarida, Azizxonga yozilgan xatga qoʻl qoʻydi. — S. Ahmad — Ufq.
- Erta nahor chogʻida, dengizning yoqimli orombaxsh mayin shamoli esib turganda.. Kaspiy ajib jilvagar koʻ-rinardi. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Uyga borishni istamadi, lekin gapga borish-ga hali vaqt erta edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Hali yotmoqqa vaqt erta edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Nosvoy yoʻq, ertadan beri xumoriman. — Oybek — Tanlangan asarlar. Nima qilibdi yuragimga? Menga oʻxshab er-tadan kechgacha uyda oʻtiring-chi. A. Qahhor, Asror bobo.
- Bu voqeaning ertasi. Esarning ertasi koʻp. — Maqol.
- Bugun boʻlmasa, erta. Bugunmi, ertami, oʻqishni boshlaymiz. v
- Sizlar chiqinglar.. ish boʻlmasa, yotinglar, erta vaqtliroq turib, yovonga goʻng ta-shiysizlar. — S. Ayniy — Qullar.
- Direktorimiz erta bor, indin bor, deb ishni choʻzib yubor-dilar. — "Mushtum".
- Shahid boʻlgan sarbozlarni ertaga erta bilan shu yerga koʻmishni aytgan karvonboshi.. otga qamchi bosib, Xoʻqand sari chopdi. — Mirmuhsin — Meʼmor. Erta bir kun Ish-harakat, hodisaning kelgusiga oidligi, kelgusida boʻlishini bildiradi.
- Kimlar esa bugun gʻolib, Erta bir kun zabundir. — E.Vohidov — Sharqiy qirgʻoq. Erta kunda Umuman; har vaqt, doim.
- Erta kunda janjal. v
- Himmat-ku erta kunda yoʻq, yana oʻzi oʻlgudek baxil.. — "Mushtum".
Source: Wiktionary
Views: 0