Explanatory dictionary
harakat
ҳаракат
Meanings
- . Kishi va narsalarning yoki ularning qismlarining tinch holatdan chiqishi: qoʻzgʻalishi, qimirlashi va sh.k.; tinch holatga qarama-qarshi holat.
- . Ishni bajarishda faoliyatning holati, bajaruvchining faoliyat tarzi, yoʻsini.
- . Kishi tana aʼzolarining maʼlum bir maʼno, mazmunni ifodalovchi harakat-holati.
- . Biror ishga kirishish, biror narsa qilishga urinish; intilish, tirishish.
- Harakat qilmoq Urinmoq, intilmoq.
- . Payida boʻlish; taraddud.
- . Xatti-harakat; qiliq.
- . Makonda biror yoʻnalish boʻyicha boʻladigan siljish, yurish va boshqalar.
- . Oʻsish, rivojlanish.
- . fls. Moddaning yashash usuli, uning umumiy ajralmas xususiyati, moddiy dunyoning oʻzgarishi va rivojlanishining toʻxtovsiz jarayoni.
- . Maʼlum maqsadga qaratilgan aqliy yoki jismoniy faoliyat; ish, mehnat.
- . Belgili maqsad koʻzda tutilgan ijtimoiy faoliyat.
- Harakat nomi tlsh. Feʼlning ish-harakatning nominigina bildiruvchi (uni atovchi), zamon, shaxs-son, mayl kabi maʼnolarga ega boʻlmaydigan shakli. Bu shakl -(i)sh, ~(u)v, -moq qoʻshimchalaridan biri bilan hosil qilinadi: oʻqish, oʻquv, oʻqimoq kabi.
Examples
- Bu qorongʻilikda allaqanday maxluqlarning lip-lip harakati arang koʻzimga chalinardi. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Qudratli gʻildiraklar harakatidan kelayotgan ovoz Oybekni xayolga chorladi. — Gazetadan.
- Xotin uning harakatidan "oʻpich ber" degan maʼnoni angladi.. — A. Qahhor — Notiq.
- Odamlarning koʻzlarida, harakatlarida qandaydir notinchlik sezdi Yoʻlchi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Uning yurishlari, kiftlarining harakati nihoyatda chiroyli edi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Xali oʻrinlarini yigʻishtirib ulgurmagan jangchilarning harakatida shoshqaloqlik koʻrindi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Tabib... qoʻrboshiga nimadir dedi. Uning yuz va qoʻl harakatidan "sizdan nima ketdi, bir koʻraylik", degan maʼno anglashilib turar edi. — A. Qahhor — Koʻr koʻzning ochilishi.
- Ular eng ibtidoiy tilga — harakatlar, imolar bilan fikr uqtirishga murojaat qilishardi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Oʻgʻlini oʻqitish uchun qilgan hamma harakatlari bekor ketdi.
- Sherali hamshiraning harakatini kuzatarkan, yuragi siqilib, zoʻrgʻa gapirdi. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Mutalning birinchi harakati boʻsh ketdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Ahmadjon... bir harakat bilan pulemyot tepkisini bosdi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- U yigʻlab yubormaslikka shuncha harakat qilsa ham boʻshadi. — Oʻ.Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Bola taqlidchi boʻladi, u.. oʻz otasiga taqlid qilishga harakat qiladi. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
- Rejamiz amag-ga oshayotganiga suyunib, toʻy harakatiga tushdik. — "Mushtum".
- Qorining xotini dasturxon harakatida yurganida, u gap boshladi. — Mirmuhsin — Bir xum tilla.
- Yaxshisi, qayin otangga uzringni aytib, bu uydan ke-tish harakatini qil. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Uning bu harakatlari koʻpchilikni ranjitdi.
- Sirojning gap va harakatlaridan samimiyat, soddashk yogʻilib turar edi. — F. Musajonov — Huri.
- Koʻcha harakati.
- Yoʻl harakati qoidalari.
- Transportlar harakati.
- Jamiyat olgʻa qarab harakat qilar ekan, yoshlar ham oʻsha baravarda oʻsishlari kerak. — Gazetadan.
- Modda doimo harakatda.
- Materiyaning asosiy namoyon boʻlishi esa harakat, fazo va vaqt bilan bogʻlangandir. — "Fan va turmush".
- Harakat, harakatda — barakat. — Maqol.
- Polvonyopda kechayu kunduz harakat toʻxtamas, yuk ortilgan kemalar bu keng, sunʼiy anhor orqali Amudaryoga borar, undan Orol dengiziga tushib, Gʻazzoliga ketardi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Milliy ozodlik harakati.
- Ishchilar harakati.
- Tajovuzkorlik harakati.
- Yadro qurollaridan voz kechish harakati.
- Afgʻoniston mustaqilligini koʻzlovchi "yosh afgʻonlar" harakati boshlanadi. — Mirmuhsin — Chodrali ayol.
Etymology
arabcha: sAja. — yurish, qimirlash, tebranish; faoliyat; jarayon; arabcha soʻzlarda qisqa unlilarni koʻrsatuvchi belgilar
Source: Wiktionary
Views: 0