ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

harakat

ҳаракат

Ma’nolari

  1. . Kishi va narsalarning yoki ularning qismlarining tinch holatdan chiqishi: qoʻzgʻalishi, qimirlashi va sh.k.; tinch holatga qarama-qarshi holat.
  2. . Ishni bajarishda faoliyatning holati, bajaruvchining faoliyat tarzi, yoʻsini.
  3. . Kishi tana aʼzolarining maʼlum bir maʼno, mazmunni ifodalovchi harakat-holati.
  4. . Biror ishga kirishish, biror narsa qilishga urinish; intilish, tirishish.
  5. Harakat qilmoq Urinmoq, intilmoq.
  6. . Payida boʻlish; taraddud.
  7. . Xatti-harakat; qiliq.
  8. . Makonda biror yoʻnalish boʻyicha boʻladigan siljish, yurish va boshqalar.
  9. . Oʻsish, rivojlanish.
  10. . fls. Moddaning yashash usuli, uning umumiy ajralmas xususiyati, moddiy dunyoning oʻzgarishi va rivojlanishining toʻxtovsiz jarayoni.
  11. . Maʼlum maqsadga qaratilgan aqliy yoki jismoniy faoliyat; ish, mehnat.
  12. . Belgili maqsad koʻzda tutilgan ijtimoiy faoliyat.
  13. Harakat nomi tlsh. Feʼlning ish-harakatning nominigina bildiruvchi (uni atovchi), zamon, shaxs-son, mayl kabi maʼnolarga ega boʻlmaydigan shakli. Bu shakl -(i)sh, ~(u)v, -moq qoʻshimchalaridan biri bilan hosil qilinadi: oʻqish, oʻquv, oʻqimoq kabi.

Misollar

Kelib chiqishi

arabcha: sAja. — yurish, qimirlash, tebranish; faoliyat; jarayon; arabcha soʻzlarda qisqa unlilarni koʻrsatuvchi belgilar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish