Explanatory dictionary
hushyor
ҳушёр
Meanings
- . Sharoit, holatni, narsa-hodisaning mohiyatini tez anglash qobiliyatiga ega; shunday qobiliyat, idrok bilan ish tutadigan; ziyrak.
- . Tevarak-atrofga, yon-veridagi hodisalarga sezgirlik bilan koʻz-quloq boʻlib turuvchi; sergak.
- . Es-hushi joyida, hushini yoʻqotmagan (asosan, ichkilik, kayf taʼsirida emaslikni bildiradi).
- Hushyor tortmoq Es-hushini yigʻib olmoq, es-hushi joyiga kelmoq; sergaklanmoq (hushyor — har uchala maʼnosida).
Examples
- Hakimboyvachchadek hushyor yigit qayda?.. Boylarimizning bari hushyor. Aqli boʻlgani uchun boy boʻlganda. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- U suv toʻldirib qoʻyilgan qumgʻon tagiga olov yoqdi. Hushyor shogirdlari hatto tutantiriq ham tayyorlab qoʻyishgan ekan. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Chegarada hushyor turadi posbon, Begona biror xas uchib oʻtolmas. — R. Bobojon.
- Hushyor turib, adashmay, Har sharpani sezaman. — Uygʻun.
- Alimardon qancha may ichganining.. hisobiga yetmadi.. Hushyor paytlarida u oʻzining ahvolini oʻylab koʻrar, nazarida, dahshatli tush koʻrayotganga oʻxshab ketar edi. — U. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Abdishukurning kayfi baland boʻlsada, hushi hali oʻzida, mumkin qadar oʻzini hushyor tutishga tirishadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Muhammadiyev hushyor tortdida, tavba-tazarruga oʻtdi. — I. Rahim — Qadriabad odamlar.
- Shirakayf oʻtirgan yigit militsiya xodimini koʻrib, hushyor tortdi. — Gazetadan.
- Toʻngʻich botir hushyor tortib, yarogʻlarini tayyor qilibdi. — "Chalpak yoqqan kun".
Etymology
fors. – aqlli, idrokli, farosatli, es-hushli; zehni oʻtkir, ziyrak; sergak, sezgir; mast emas
Source: Wiktionary
Views: 0