Explanatory dictionary
ilmoq
илмоқ
Meanings
- I 1 Mix, qoziq, ilgak va shu kabilarga osmoq, osib qoʻymoq.
- Ilmoq va shu kabilarga olmoq, tushirib tort-moq.
- Otilgan yoki yuqoridan tushayotgan narsani yerga tushirmay tutmoq, tutib olmoq.
- Kiymoq (odatda, yengil-yelpi, rasman boʻlmagan kiyish haqida).
- Gapni (yoki soʻzni va shu kabilarni) ilib ketmoq Birovning ogʻzidan gapni olib, davom ettirib ketmoq.
- Mastura boshlagan askiyani ilib ketdi. A. Qahhor, Ming bir jon. Ilib ketmoq Ega chiqmoq (boshqalardan oldin), oʻziniki qi-lib olmoq.
Examples
- Hoʻl, ogʻir shinelini va gimnastyorkasini daraxtga ildi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Iigit.. boshidan qalpogʻini olib, qoziqqa ildi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kun-lar.
- Tursunboy ota otning boʻyniga yemtoʻr-vasini ilib.. shoshib-pishib, namozi shomni oʻqib chiqdi. — S. Ahmad — Ufq.
- Suvdagi xas-xashaklarni ilib tortmoq. yash ..uchta eski koʻrpani soʻkdik. Qovugʻidan iplarni ignaning orqasi bilan ilib oldik. — A. Hamdam — Doʻstingdan.
- Bolalar qoʻllarini choʻzib, sapchib, sochqilarni ilib oldilar. — T. Murod — Yudsuzlar mangu yonadi.
- It jon-jahdi bilan ikki sakrashdayoq pi-rillab ketayotgan konvertni lunjiga "hap" etib ilib oldi. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar.
- U kavushini mahsi-sining uchiga ilib, hovliga tushar ekan, xoti-niga qayta taʼkidladi.. H. Gʻulom, Mashʼal.
- -Ha, boyatdan beri senga ti-kilib oʻtiribman, aylanay, — kampir gapni ilib ketdi, —undoq qarayman, mundoq qaray-man, koʻzlarimga ishonmayman. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Toʻgʻonbek bir hikoyani biti-rib, boshqasini oʻylarkan, Binoiy soʻzni ilib ketdi. — Oybek — Navoiy.
- ..xushchaqchaq suhbat boshlanishiga ilhaq boʻlib turgan Akramjon
- Qizi tovuq fermasida ishlay-di. Bir traktorchimiz ilib ketdi. — Sh. Tosh-matov — Tongdagi koʻlanka.
- Innaykeyin, hozir boʻlinglar, qaqir yerlarga jon kirganda, ta-gʻin Teilaboy ilib ketmasin. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha. Ilib olmoq Tushunib yetmoq (olmoq), bilib olmoq.
- Ishdan horib-tolib chiqqan Shoqosim chala-chulpa eshitsa-da, maʼnoni teZ ilib oldi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- ..juda shoʻx, sergap, har narsani darrov ilib oladi. — R. Fayziy — Hazrati in-son.
- U [Tursunoy] ..ustaxonaga oʻtadigan aravakashning yallalarini ham ilib olgan edi. — A. Muxtor — Opa-singillar. Koʻzga (yoki na-zarga) ilmaslik Nazar-pisand qilmaslik, mensimaslik.
- ..baʼzi birovlar “Xotin ki-shining qoʻlidan nima ish kelardi?” deb na-zariga ilmagan edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi. Oyoq ilmoq Toʻxtamoq (yoʻldan).
- Surnay navosi chiqayotgan, quyuq tutun oʻrlayotgan toʻyxona ostonasida oyoq ildik. — T. Murod — Ot kishnagan oqshom.
- Yaxshisi, bunday qil-sak. Ioʻlda oyoq ilsak: qishloqqa qorongʻi-latib kirib borsak. — T. Murod — Ot kishnagan oqshom. Quloqqa ilmoq Soʻz(gap)ni eʼtiborga olmoq; tinglamoq.
- Gapimni uch bora quloqqa ilgil. — Voqif.
Source: Wiktionary
Views: 0