Explanatory dictionary
izza
изза
Meanings
- Uyalish, xijolat hissi; ranj, dilozor.
- Izza boʻlmoq (yoki tortmoq, yemoq, chekmoq) Uyat, xijolat hissini tuymoq; uyalmoq, xijolat boʻlmoq.
- Izza qilmoq (yoki bermoq) Xijolat qilmoq, uyaltirmoq.
Examples
- Bu ishning izzasi juda ham oʻtdi, Gʻam savdosi bunda meni horitdi. — "Bahrom va Gulandom".
- Oting oʻzolmasa, nima qilasan? Bir oʻzbekdan izza boʻlib qolasan. — "Alpomish".
- ..undan bunday gap chiqishini kutmagan boʻlsa kerak, qattiq izza tortdi.. — A.Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- "Yetimdan hol soʻrash savob, deb kelibdi-da bular, ayajon!" Kelganiga rosa izza yeb, Boʻlishardi qizlar pushaymon. — O. Hojiyeva]] — Hayotga taʼzim.
- Yigitali yaxshi koʻngilda aytgan gapining zil tomoni ham borligini fahmlab, izza chekdi. — T. Malik — Ajab dunyo.
- Izza qilmang, jonim, kelar yil legkovoy [engil mashina] olib beraman. — Oybek — O. v. shabadalar.
- Soʻz soʻzladim, avval quloq solgandi, Ul qiz soʻngra menga izza bergandi. — "Alpomish".
Etymology
arab. – azoblash, ranjitish; ozor berish
Source: Wiktionary
Views: 0