Explanatory dictionary
kaltak
калтак
Meanings
- Daraxt, buta ka-bilarning barg-butoqsiz uzun shoxi (sin-gan yoki maxsus qirqib olingan, hoʻl yoki quruq).
- Urish, savash, haydash uchun ishlatiladigan maxsus yogʻoch; tayoq, gavron.
- folk. Toʻqmoq, choʻqmor; gurzi.
- Tayoq, musht va sh. k. zarbi; urish.
- Qattiq teguvchi, zarba boʻluv-chi narsa; dakki,
- Boshida kaltak sinmoq Ajrini (jazo-sini) tortmoq; qattiq ran eshigmoq; baloga qolmoq.
- Kaltakka duchor boʻlmoq, kaltaklanmoq.
Examples
- Tekinga oʻrgangan tekinxoʻr qoʻliga kaltak ilinsa ham, "kerak boʻlib qolar", deb olib ketaverar ekan. — "Mushtum".
- Oyimcha bibi ularni [tovuqlarni] koʻrdi-yu.. qoʻliga tushib qolgan bir kaltakni havola qilib, tir-qiratib haydab, qargʻay-qargʻay uyiga kirib ketdi. — K. Yashin — Hamza.
- \Jal-lod\ Bandining tizzasidan quyisiga, oyoqla-ri suyagining qirrasiga kaltak bilan qat-tiq birurdi. — S. Ayniy — Esdaliklar. [
- Sher-bek\ Kuliga kaltak olib, mol boqqani qirga chiqqanida.. quvonchini ichiga sigʻdira olmay dumbaloq oshgan edi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Toʻqson botmon choʻyan kaltak qoʻlimda. — "Shirin bilan Shakar". [Koʻkaldoshning] Taqimida besh yuz botmon kaltagi. "Alpomish".
- [Laʼ-li].. bekning kaltaklari ham yodidan koʻta-rilib, alanga chayqalayotgan yerga yugurdi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Suvonjonning kaltakka toqat qmishi Oysuluvga badtar alam qil-di. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Avaz uyiga kirgach, oʻzicha kulib: "Mening sheʼrim ular uchun kaltak boʻladi", — deb qoʻydi. — J. Sharipov — Xo-razm.
- Cholning har bir maqtov soʻzi polvon-ga kaltak boʻlib tushmoqda edi. — H. Nazir — Oʻtlar tutashganda.
- Hamma ayb Salohiddinda/ Kaltak shu odamning boshida sinishi kerak. A. — Qahhor — Sarob.
- Shuncha kalit choʻntagimda boʻlgani bilan bitta-yarimta narsani nari-beri qilib koʻray-chi, boshimda kaltak sin-sin.. S. — Mahkamov — Shogird. Kaltak yemoq
- Echkining kaltak yegisi kelsa, choʻponning tayo-gʻiga surkanadi. — Maqol. Kaltak ostida qolmoq Koʻp kaltak yemoq; doʻpposlanmoq, savalanmoq.
- Birdan oʻnlarcha musht havoga koʻta-rildi. Ellikboshi va uning sheriklari kaltak ostida qoldi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Oq kaltak, qora kaltak Hujum qilish uchun tayoq, tesha va sh. k. lar bilan qurollangan olomon haqida. Qora kaltak bilan Qurolsiz, oddiy tayoq bilan. [Abdurahmon-boy:]
- Mirzaqul, Nikolay polvon zoʻr. Xom xayollarga borib yurmang, qora kaltak bilan podshohlikni yiqitib boʻlarmishmi! — N. Safarov — Uygʻonish.
Etymology
\f. L~, K —]
Source: Wiktionary
Views: 0