Explanatory dictionary
kelin
келин
Meanings
- Yangi turmushga chiqqan yoki chiqayotgan qiz.
- Kelin koʻrmoq 1) etn. hayit-bayram kunlari yangi tushgan kelinni koʻrish uchun bor-moq (yosh qizlar haqida).
- Oʻgʻilning xotini (qaynota yoki qay-nonaga nisbatan).
- Ukaning xotini (aka yoki opaga nisbatan).
- Oʻzidan yosh boʻlgan qarindosh yoki yaqin kishining xotini va shu xotinga murojaat.
- Kelinni kelganda koʻr, sepini yoyganda koʻr Koʻrmasdan, bilmasdan oldindan hukm chiqarma, degan maʼnoda ishlatiladigan maqol.
Examples
- Yangi kelinlarning uyi odatda bezatilgan boʻladi. — F. Musajonov — Himmat. Zargarov:
- Menga qarang, uka.. Kuyov bilan kelin mening oldimda, hozir boradi. Registratsiya qiling, boʻlak gap yoʻq.. — A. Qahhor — Ogʻriq tishlar.
- [Nuri]Har hayit uch kungina yasanib-tusanib.. "kelin koʻrish"ga yurar edi. — Oybek — Qutlugʻ qon; 2) kelinli boʻlmoq, oʻgʻlini uylantirmoq.
- Voy, ogʻzingizga yogʻ, oʻgʻlim! Kelin koʻradigan kunimham bormikin! — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari. Kelin qilmoq Oʻgʻliga xotin olib bermoq.
- -Kelin qshkani bisotda hech narsa bormi? -Bisot deysiz, mening bisotim sizlar-da, oʻgʻlim! — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- [Fotima:] Mana shu Ma-rasulni tuqqanimda, "Shu oʻgʻlim katta boʻlsa, xotin olsa, kelinimning hech ishiga aralashmayman", deb niyat qilganman. Xudo niyatimga yetkazdi. — A. Qahhor — Ogʻriq tish-lar.
- Qaynona-kelin bir daqiqa chamasi koʻri-shib qoldilar. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Ziyodillaning oʻz oilasida shu vaqt-gacha sodir boʻlgan koʻngilsiz hodisalarni ham, oʻz kelinining bebosh boʻlib ketganini ham hazm qila olmasligi turgan gap edi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- [Ganga] Haydar ota aralashdi: -Kelin rost aytadilar. Menga qarang, kelin, oʻrtogʻingiz menga sizni olib kelishni juda tayinlagan. — A. Qahhor — Asror bobo.
- Kelinni kelganda koʻr, sepini yoyganda koʻr, deyishadi. Olib kelmaguningizcha, ishon-mayman. — Oybek — Tanlangan asarlar. Qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit Biror gap-soʻzni toʻgʻridan-toʻgʻri "egasi"ga emas, balki unga eshittirgan holda, oʻzgaga ay-tishni bildiruvchi maqol.
- Uning nazarida, bu gaplar unga qarata, "qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit" tarzida aytila-yotgandek edi. — T. Alimov — Sovgʻa.
Source: Wiktionary
Views: 0