ball.uz
Back to dictionary

Explanatory dictionary

kelmoq

келмоқ

Meanings

  1. Yurish, uchish harakati yoki transport vositalari bilan soʻzlovchiga qarama-qarshi tomon (joy)dan soʻzlovchi turgan tomonga, joyga yoʻl olmoq, yoʻnalmoq; shu tomondagi biror joyga yetmoq; ketmoq, bormoq.
  2. Soʻzlovchi boʻlgan, turgan joyga yoki soʻzlovchi tomondagi joyga yetmoq, shu joyda hozir boʻlmoq; ketmoq, joʻnamoq.
  3. Vaqt maʼnoli soʻz yoki soʻz birikmasi bilan qoʻllanganda, shuningdek, vaqt bilan mantiqan bogʻliq narsani bildiruvchi soʻz bilan qoʻllanganda, shu soʻz yoki soʻz birikmasi ifodalagan payt, fursat, zamon va shu kabilarning yetganligini, boshlanishini bildiradi, „boshlanmoq“, „yetib kelmoq“, „yetishmoq“ maʼnosini bildiradi.
  4. dagi ayrim soʻzlar bilan qoʻllanganda, shaxsning shu kelishikdagi soʻz bildirgan ish, narsa hodisada toʻxtashini, shunday narsa-hodisa yuz berishini bildiradi.
  5. dagi baʼzi soʻzlar bilan qoʻllanganda, shu soʻz bildirgan ish, narsa-hodisaga oʻtish, navbat shunga kelganlik maʼnosini bildiradi.
  6. dagi ayrim soʻzlar bilan qoʻllanganda, ish, narsa-hodisaning shu kelishik shaklidagi soʻz bildirgan shaxe yoki narsa tomonidan boʻlishini (amalga oshishini) bildiradi.
  7. Oʻzi birikib kelgan soʻz ifodalagan narsaning yuzaga kelishi, yuz berishi, qoʻzgʻalishi maʼnosini bildiradi.
  8. Oʻzi birikib kelgan soʻz bildirgan holatning boʻlishi maʼnosini bildiradi.
  9. Numerativ soʻzli birikmalar tarkibida evazi numerativli soʻzga evaz boʻladigan miqdorni, shunga beriladigan (keladigan, olinadigan) narsani bildiradi.
  10. Qiyos mazmunli birikmalar tarkibida tenglik, shuncha kelish maʼnosini bildiradi.
  11. -gan qoʻshimchasi shaklida (kelgan) dagi soʻz bilan qoʻllanib, shu soʻz bildirgan belgi, holatga moyillik, oʻxshashlik maʼnosini bildiradi.
  12. - shaklida (kel, keling) daʼvat, undashni bildiradi.
  13. Balanddan kelmoq - baland.
  14. Baland kelmoq - baland.
  15. Baroridan kelmoq - yurishmoq, yaxshi natijali boʻlmoq.
  16. Bas kelmoq - bas.
  17. Boʻsh kelmoq - boʻsh.
  18. Gap kelganda, otangni ayama - oʻrni kelganda, haq (bor) gapni aytishdan qaytmaslikni bildiradi.
  19. Yov keldimi - shoshqaloqlik bilan harakat qilishning oʻrinsizligini qayd etadi.
  20. Joni boʻgʻziga (yoki halqumiga) kelmoq - sabr-chidam oxirgi chegarasiga yetganlikni qayd etadi.
  21. Koʻpga kelgan toʻy - biror ish, narsa-hodisaning barchaga birdek tegishli ekanini qayd etadi.
  22. Tili gapga kelmaslik - qattiq qoʻrquv, hayajon, ruhiy yoki jismoniy zarba, kasallik natijasida soʻzlay olmaslik.
  23. Tilga kelmoq - gapirishga tushmoq, gapira boshlamoq.
  24. Toʻgʻri kelmaydi - maʼqul emas (maʼqul boʻlmaslikni qayd etadi).
  25. Epaqaga kelmoq - epaqa.
  26. Oʻziga kelmoq - 1) hushi oʻziga kelmoq, es-hushi tiklanmoq.
  27. Qo‘ldan kelmoq - uddasidan chiqmoq, qila olmoq, bajara olmoq.
  28. Qoʻl kelmoq - talab-ehtiyojga yarab ish bermoq; toʻgʻri kelmoq.

Examples

Source: Wiktionary

Views: 0

View spelling in spelling dictionary