Толковый словарь
kelmoq
келмоқ
Значения
- Yurish, uchish harakati yoki transport vositalari bilan soʻzlovchiga qarama-qarshi tomon (joy)dan soʻzlovchi turgan tomonga, joyga yoʻl olmoq, yoʻnalmoq; shu tomondagi biror joyga yetmoq; ketmoq, bormoq.
- Soʻzlovchi boʻlgan, turgan joyga yoki soʻzlovchi tomondagi joyga yetmoq, shu joyda hozir boʻlmoq; ketmoq, joʻnamoq.
- Vaqt maʼnoli soʻz yoki soʻz birikmasi bilan qoʻllanganda, shuningdek, vaqt bilan mantiqan bogʻliq narsani bildiruvchi soʻz bilan qoʻllanganda, shu soʻz yoki soʻz birikmasi ifodalagan payt, fursat, zamon va shu kabilarning yetganligini, boshlanishini bildiradi, „boshlanmoq“, „yetib kelmoq“, „yetishmoq“ maʼnosini bildiradi.
- dagi ayrim soʻzlar bilan qoʻllanganda, shaxsning shu kelishikdagi soʻz bildirgan ish, narsa hodisada toʻxtashini, shunday narsa-hodisa yuz berishini bildiradi.
- dagi baʼzi soʻzlar bilan qoʻllanganda, shu soʻz bildirgan ish, narsa-hodisaga oʻtish, navbat shunga kelganlik maʼnosini bildiradi.
- dagi ayrim soʻzlar bilan qoʻllanganda, ish, narsa-hodisaning shu kelishik shaklidagi soʻz bildirgan shaxe yoki narsa tomonidan boʻlishini (amalga oshishini) bildiradi.
- Oʻzi birikib kelgan soʻz ifodalagan narsaning yuzaga kelishi, yuz berishi, qoʻzgʻalishi maʼnosini bildiradi.
- Oʻzi birikib kelgan soʻz bildirgan holatning boʻlishi maʼnosini bildiradi.
- Numerativ soʻzli birikmalar tarkibida evazi numerativli soʻzga evaz boʻladigan miqdorni, shunga beriladigan (keladigan, olinadigan) narsani bildiradi.
- Qiyos mazmunli birikmalar tarkibida tenglik, shuncha kelish maʼnosini bildiradi.
- -gan qoʻshimchasi shaklida (kelgan) dagi soʻz bilan qoʻllanib, shu soʻz bildirgan belgi, holatga moyillik, oʻxshashlik maʼnosini bildiradi.
- - shaklida (kel, keling) daʼvat, undashni bildiradi.
- Balanddan kelmoq - baland.
- Baland kelmoq - baland.
- Baroridan kelmoq - yurishmoq, yaxshi natijali boʻlmoq.
- Bas kelmoq - bas.
- Boʻsh kelmoq - boʻsh.
- Gap kelganda, otangni ayama - oʻrni kelganda, haq (bor) gapni aytishdan qaytmaslikni bildiradi.
- Yov keldimi - shoshqaloqlik bilan harakat qilishning oʻrinsizligini qayd etadi.
- Joni boʻgʻziga (yoki halqumiga) kelmoq - sabr-chidam oxirgi chegarasiga yetganlikni qayd etadi.
- Koʻpga kelgan toʻy - biror ish, narsa-hodisaning barchaga birdek tegishli ekanini qayd etadi.
- Tili gapga kelmaslik - qattiq qoʻrquv, hayajon, ruhiy yoki jismoniy zarba, kasallik natijasida soʻzlay olmaslik.
- Tilga kelmoq - gapirishga tushmoq, gapira boshlamoq.
- Toʻgʻri kelmaydi - maʼqul emas (maʼqul boʻlmaslikni qayd etadi).
- Epaqaga kelmoq - epaqa.
- Oʻziga kelmoq - 1) hushi oʻziga kelmoq, es-hushi tiklanmoq.
- Qo‘ldan kelmoq - uddasidan chiqmoq, qila olmoq, bajara olmoq.
- Qoʻl kelmoq - talab-ehtiyojga yarab ish bermoq; toʻgʻri kelmoq.
Примеры
- Poyezd kelyapti (poyezd keldi).
- Toshkentga mehmonlar kelyapti (mehmonlar keldi).
- Kecha bir kampir televizorni qoldirayotib: „Tezroq tuzatib beringlar, bugun-erta nevaram askarlikdan keladi".. - deb iltimos qilgan. — To‘xtash Ashurov — Oq ot
- ..kulrang shlyapa kiygan, qora koʻzoynak taqqan, gavdali bir kishi ariq ichidan Talʼat bilan yonma-yon kelardi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Yolgʻiz oʻzim bir chetda turgan edim, sekin oldimga keldi. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Yoz fasllari dehqonchilik qiladi, sahar ketib, kech keladi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Nimaga kelipti?.. qani beri kel-chi. Yarashgani keliptimi? — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Yaxshi zamonlar keldi.
- Siz orzu qilgan kunlar ham keladi.
- Bahor keldi.
- Ekin mavsumi keldi.
- Oʻzi ham, payti kelib, mana shu qizlarday dugonalari bilan yayrab-yashnab, qiyqirib oʻynay olarmikin? — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Ekin davriga hali bor ekan, deb yana bir oz mizgʻib uygʻonsam, kuz kelibdi. — "Mushtum"
- Oʻzini koʻrsatib qoʻyadigan fursat kelganini sezib, dona-dona qilib tushuntirishga kirishdi. — Komil Yashin — Hamza
- Bir qarishlikdan dutorni sevaman. "Koʻp chalaverma, buzilib ketasan," - der edi onam boyoqish, aytgani keldi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Bir toʻxtamga kelmoq. Shunday xulosaga kelmoq.
- U oʻylab-oʻylab, bir fikrga keldi shekilli, ancha yengil tortib: „Xah, shunchalik oson gap ekan-a“.. deb iljayib qoʻydi. — Komil Yashin — Hamza
- Muqaddam anjomlarini yigʻishtirib boʻlguncha, bir qarorga keldi-yu, chaqirdi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Endi Boʻtaning ustidagi anovi gapga kelsak, bu tuhmat gap. — Said Ahmad — Hukm
- Endi boyagi hoʻkizga kelaylik. — "Chalpak yoqqan kun"
- ...paxtani nima uchun kuzda sotmay, yozda sotayotganiga kelsak, buning tagida gap koʻp. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Sidiqjonning rangi boʻzarib ketdi.. -Bunaqa qoʻshmachilik sizlardan keladi.. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Menimcha, Qoratoy aka, Shokir ota, butun kulfatlar turmushning yomon tuzilganidan keladi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Rahmi kelmoq.
- Havasi kelmoq.
- Zavqi kelmoq.
- Gʻazabi kelmoq.
- Gʻayirligi kelmoq.
- Mahmudaning xoʻrligi kelib, koʻzida yosh halqalandi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloqsol
- Uning [Kumushning] yuzini oʻpib tushgan suv tomchilari bilan ariq harakatga kelib chayqaldi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Kichik pochchamning juda izzatli boʻlib ketganiga katta pochchamning gʻashi keladi, lekin bildirmaydi. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Gʻolib kelmoq.
- Maʼqul kelmoq.
- Malol kelmoq.
- [Otabek] Chiqishi bilan nari eshikdan Sodiq ham koʻrinib qoldi-da, Otabek bilan toʻqnash keldi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Bu pulga uch metr atlas keladi.
- Kosibning bir haftalik ishiga bir xalta don keladi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Bir qop kartoshka 100 kilo keladi.
- Oyogʻini yoruqqa tutgan edi, xuddi bosh barmogʻining tagida gugurt choʻpiday keladigan tikan yonlamasiga sanchilib turganini koʻrdi. — Asqad Muxtor — Opa-singillar
- Koʻzimni ochsam, oʻzimga ikkita keladigan galvarsday yigit yerda dumalab yotibdi. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Qorachadan kelgan.
- Oldingi qatorda.. oʻrta yashar ayol bilan siyrak sochlari oqargan, toʻladan kelgan kishi oʻtirardi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Chekka sochlariga oq oralagan, boʻyi oʻrtadan kelgan bugʻdoyrang xotin avval eriga salom berdi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Sodiq akaning yoshi qirqlardan oshgan, oʻzi qotmadan kelgan boʻlib, atrofdagilar bilan tez til topishib ketar ekan. — Ozod Moʻminov — Xiyobondagi uch uchrashuv
- Kel, qoʻy, tangrining molini shayton qizgʻanadi. Qani, olishib oʻtiringlar. — Komil Yashin — Hamza
- Kel, shuyam bir quvonsin. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Oʻldimi unday qilib. Simu zarni koʻrgandan keyin.. Basharti juda balanddan kelib, tarxashlik qilib turib oladigan boʻlsa, bahridan oʻtib qoʻya qolamiz-da, shungayam tashvishmi? — Komil Yashin — Hamza
- Toʻgʻri gapni aytsam, baland keldi.
- Ishimiz baroridan keldi.
- Nihoyat, toʻrtinchi kuni ov baroridan keldi. — Abdulla Qahhor — Asarlar
- Yur, Asqar, unga it bas kelsin, direktorga aytamiz. — Yoqubjon Shukurov — Uch savol
- Agar Ahmad oxunga boʻsh kelsang bormi.. shon-shavkatingga putur yetib, soʻzing oʻtmas chakadek boʻladi-qoladi. — Komil Yashin — Hamza
- Ammo Mirzakarimboy har xil javob berdi. Bir gal: "Qoʻya turchi, yov keldimi, yolgʻiz qizing, vaqt-soati kelganda uzatarsan.." - dedi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Besh yildan beri oʻlponni bermaysan, soliqni toʻlamaysan, yigʻim desa, joning boʻgʻzingga keladi, oʻlaksa! — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- -Koʻpga kelgan toʻy deysizmi? - kinoya bilan iljaydi chol. - Be! Mahallamda uch oʻgʻillilar bor, besh oʻgʻillilar bor. Hammasi tip-tinch. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Eshon sal oʻzini yoʻqotayozdi. Tili gapga kelmay galdiradi. — Said Ahmad — Hukm
- Tili gapga kelmadi, majolsizlik bilan yana koʻzlarini yumdi. — Saida Zunnunova — Koʻk chiroqlar
- Nihoyat, oʻgʻliga yengillik berish niyatida Hoji tilga keldi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Uch-toʻrt dakiqalik sukutdan keyin Otabek tilga keldi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- "Oyoq bosishi bilanoq yoʻqlab boraman", deb jazm qilgan edi, oyoq bosganidan keyin oʻylab qarasa, toʻgʻri kelmaydi. — Abdulla Qahhor — Asarlar
- Nimasini surishtirasiz, mulla aka, xoʻjayinlar orasidan epaqaga keladiganini qidirish anqoning tuxumini qidirish bilan barobar ekan. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Behush yotgan bemor ikki soatdan keyingina oʻziga keldi. 2) es-hushini yigʻishtirib olmoq.
- Uni kabinetda nimalarni eshitarkanman degan savol qiynardi, u oʻqituvchilar xonasida bosh qotirib oʻtirar ekan, sekretar qiz, "ichkariga kirarkansiz", degandan keyin oʻziga keldi. — "Guldasta"
- Qoʻlimdan shuncha ish kelar ekan, dadang hayot vaqtida nega „bersang - yeyman, ursang - oʻlaman“, deb oʻtirgan ekanman. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Agar qoʻlimdan kelsa, achib va yonib turgan yuragimni senga ochib koʻrsatar edim. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Endi bundan buyon haqimni hech kimga bermayman. "Dard" desa, "oʻl!" deb tura beraman. Nima qilasiz, qoʻlingizdan nima keladi? — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- Balkim bu tushuncha kimlargadir qoʻl kelar, balki ularning manfaatlariga xizmat qilar. — Komil Yashin — Hamza
- Oʻqimaganingiz ham yaxshi boʻlgan ekan. Bu hunar erkaklarga qoʻl kelmaydi. — Nazir Safarov — Tanlangan asarlar
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0