Explanatory dictionary
kirmoq
кирмоқ
Meanings
- (asosan j. k. bilan) 1 Yurib yoki siljib, biror narsaning ichiga, ichki qismiga oʻtmoq, oʻzini ichkari qismga olmoq.
- Narsaning orasiga, ichki qismiga yorib, teshib oʻtmoq, suqulmoq; sanchilmoq.
- Ich tomonga botmoq.
- Orasidan, qatoridan joy olmoq; qoʻshilmoq.
- Ish, xizmat, oʻqish, jamiyat va shu kabilarga qabul qilinmoq; joylashmoq.
- Sanoq son yoki baʼzan "yosh" soʻzi bilan birga qoʻllanib, shu son bildirgan yilcha umr koʻrganlikni bildiradi.
- Shu yoshga kirib Shuncha yil yashab.
- Payt, oy, fasl bildiruvchi soʻz, soʻz birikmasi bilan qoʻllanib, shu payt yoki faslning boshlanishini bildiradi.
- Ayrim otlar bilan birikib, shu ot ifodalagan narsaning paydo boʻlishi yoki vujudga keda boshlaganligini bildiradi.
- Oʻzi birikib kelgan soʻz ifodalagan holat, xususiyat va shu kabilarni kasb etish, shunga ega boʻlishni bildiradi.
- Oʻtmoq, oʻtib oʻzlashmoq.
- Ayrim soʻzlar (maye., sezgi aʼzolari-ni bildiruvchi quloq, burun kabi soʻzlar) bilan qoʻllanganda, narsaning shu aʼzoga taʼsir etib, sezgi uygʻotishini bildiradi.
- Aql (yoki aqli) kirmoq Aqlli boʻlmoq, aql bilan ish qiladigan boʻlmoq.
Examples
- Uyga kirmoq. Gʻorga kirmoq. n
- Ahmadjon boʻsh laganni dasturxoni bilan koʻtarib, qushbegi kirgan eshikdan chiqdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Bektemir tez-dan oʻzini pastlikka tashladi, yugura-yugu-ra, oʻrmonga kirdi. — Oybek — Quyosh qoray-mas.
- Yoʻl ustidan chiqib qolgan chaqqon kal-takesaklar oʻqday otilib, kavaklarga, tosh oralariga kirib ketadi. — A. Qahhor — Maston.
- Kuliga tikan kirdi. Yer shunday qattiqki, qoziq qoqsang ham kirmaydi. n
- Tosh uchlan-gan qirrasi bilan bekning boshiga tushib, yarmigacha oʻyib kirib ketdi. A. — Qahhor — Koʻr koʻzning ochilishi.
- Ayamay nayzaniuradi Ikki emchak oʻrtasiga, Gʻarchillab nayza kiradi. — "Gulshanbogʻ".
- Ertalabdan beri hech narsa yemagan mo.iarning qorinlari ich-ichiga kirgan. m
- Novcha, ikki lunji ichiga kirib ketgan. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Bu maqola toʻplamning ikkinchi jshFiga kirgan. nsh
- Ikkitasida Azimboy-vachchaning oti yozilib, keyin oʻchirilgan, oxir-gisida mutlaqo roʻyxatga kirmagan. — S. Ahmad — Hukm.
- Bu kasbni qoʻy, uka, sartarosh-lik qil devdim, mana u ham odam qatoriga kirib oldi. — "Guldasta".
- U dastavval institutga laborant boʻlib kirdi. Partiya-ga kirmoq. Zavodga slesar boʻlib kirmoq. m
- Ammo biz ishga kirgan odamlarni joylarga ularning istagi bilan emas, idora ehtiyoji bshshn yuboramiz. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Otam oltmishga kirdi. Qiz oʻn yetti yoshga kirdi. n
- Rahmat, yuzga kir, uvali-juvali boʻl, oʻgʻlim. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Men shu yoshga kirib, koʻpchilik ichida "samovarchi, choy" deyolgan odam emasman. A. — Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Yodgor, umri bino boʻlib, bahorning kirib kelishini shu qadar diqqat bilan kuzatmagan ekan. — U. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Kechikib kirgan qish endi kun sayin sovugʻini kuchay-tira boshshgan edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Kech kirdi. Tovuqlar gʻira-shira qorongʻi-da pir-pir uchib, bostirma shipidagi qoʻnoqqa chiqa boshladi. — P. Tursun — Uqituvchi.
- Mart oʻtdi, aprel kirdi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Koʻchatlar mevaga kirdi. Tok x,osilga kirdi. Tovuq tuxumga kirdi. Yuziga rang kirmoq. m
- Iyun oyining oxiri. Gʻoʻzalar ayni gulga kirgan vaqt. — N. Safarov — Uzoqni koʻzlagan qiz.
- Ishtahaga kirdi-yu, kulcha yuziga rang yugurdi. — K. Yashin — Hamza.
- Kasal uyquga kirdi. Koʻm-koʻk osmon birpasda kulrang tusga kirdi. yash Siz kelsangiz, hovlimizga oftob chiqqanday fayz kiradi. — K. Yashin — Hamza.
- Uy bekasi oʻzining asl ruhiga kirdi, jangchilarni qiyom va pechenye bilan mehmon qildi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Sevgilimni chiroyli yigit qiyofasiga kirib olgan sehrgar iblis qoʻltiq-lab kelayotganidan yonib ketdim. — X. Toʻxtabo-yev — Shirin qovunlar mamlakati.
- Uning \Be-runiyning] tartibsiz, joʻshqin fikrlari muntazam bir shaklga kirib, voyaga yetdi. — M. Osim — Jayhun ustida bulutlar.
- Bu odapiar qardosh xalqlardan kirgan. Sut bilan kirgan jon bilan chiqar. — Maqol. n
- Ruscha "kandidat", "kandidatura" soʻzlarining ekviva-lentlari sifatida esa tojik tshshdan kirgan "nomzod" (hozirgi maʼnosida) soʻzi qoʻlla-nadi. — "OʻTA".
- Gulning hidi burniga kirmoq. m
- Oʻylayman-u, miyaga hech narsa kirmaydi. — "Guldasta".
- Avazning qulogʻiga uning gapi kirmas, u tar-saki yegandek, shayx Saʼdiyning shoh satriga tikilib oʻtirardi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Boʻyim choʻzilib, aqlim kirgan sayin koʻproq oʻylay-digan boʻlib qoldim. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol. Gapga (yoki soʻzga) kirmoq Oʻzga-ning aytganiga koʻnmoq, unamoq; rozi boʻlmoq.
- Hazratqul yuvosh, nima desa gapga kiradigan boladan bunaqa gap chiqishini sira oʻylamagan edi, gangib qoldi. — S. Ahmad — Yul-duz.
- Yaxshiyam, otasining soʻziga kirgani, aks holda, Tabibiydek dono, zukko bir ustoz, oqil doʻstdan ayrilib qolish hech gap emas ekan. — S. Siyoyev — Yorugʻlik. Goʻrga kirmoq Oʻlmoq, yerga koʻmilmoq. Yerga kirmoq 1) ayn. goʻrga kir-moq.
- Sizday odamga bunday boʻhton qilgan-dan koʻra yerga kirganim yaxshi emasmi ? — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari; 2) haddan tash-qari uyalmoq, mulzam boʻlmoq.
- Men chaqir-sam, battar uyaladi, yerga kiradi, ham uning koʻziga qanday qarayman! — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Domla yer yorilib, yerga kirib ketgu-dek boʻlibturardi. — M. Mansurov — Yombi. Yoni-ga (yoki qoʻltigʻiga) kirmoq Qoʻllab-qoʻltiq-lamoq; yordam bermoq; ulgʻayib, yordam be-radigan yoshga yetmoq.
- Kurbon ota shu ishni boshlagan vaqtda uning yoniga kiradigan odamlar paydo boʻldi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari. Joniga ora kirmoq Sababchi boʻlib, biror narsa, falokatdan saqlab qolmoq.
- Oʻz tanki bilan dushman zotini abjaq qilgan, nemis mudofaasini yorib oʻtib, necha yuzlab jangchilarimiz joniga ora kirgan.. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Bir necha oy otasi betob boʻlib qolganda, tabibi hoziq uni da-volab, joniga ora kirgan edi. — M. Osim — Ibn Sino qissasi. Jon kirmoq Jonlanmoq, jonlanish yuz bermoq.
- Shu orada xati borib qoldi-yu, bizga qayta jon kirdi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Nonni yeb, suvni ichgan bolalarga jon kirdi. — J. Sharipov — Xorazm. Joni kirmoq Maza qilmoq, qoniqish bilan rohatlan-moq.
- Ha-ha/ Pirxonada joning kiribdi-da.. Mazaxoʻrak boʻlibqopsan-da.. — K. Yashin — Hamza. Yoʻlga kirmoq Yurishga boshlamoq..
- Qoniga belangan dadangni koʻtarib kirganlarida, sen endi yoʻlga kirgan eding. — Y. Shamsharov — Tosh-qin.
- Adolat yoʻlga kirdi degandan boshlab, topganini sandiqqa tashladi. — S. Zunnunova — Olov. Tilga kirmoq Gapira boshlamoq (gapirmayotgan, jim holatdan gapira bosh-lashni bildiradi).
- Sharif tarro uh tor-tib, tilga kirdi: -Xonim, bu osiy bandan-gizni afv etgaysiz.. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Umar polvon oʻylanib qoldi, anchadan keyin tilga kirdi. — K. Yashin — Hamza. Tushiga kirmoq Tu-shida koʻrinmoq.
- Tovuqning tushiga don kiradi. Nafaqa kerak boʻlsa, daromadimning yar-mini oling. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqla-ri. U qulogʻidan kirib, bu qulogʻidan chikdi Shu onning oʻzidayoq unutildi, juda tez es-dan chiqdi.
- Bu gaplar uning u qulogʻidan kirib, bu qulogʻidan chiqib ketaverdi. — Qoʻlga kirmoq Tasarrufiga — ixtiyoriga oʻtmoq.
- Yoni-veri bilan qoʻshilib, bir tanobdan moʻl yer qoʻlga kiradi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qoʻlga kir-ganda, bulbulim uchdi.. — "Bahrom va Gulandom".
Source: Wiktionary
Views: 0