ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

kirmoq

кирмоқ

Ma’nolari

  1. (asosan j. k. bilan) 1 Yurib yoki siljib, biror narsaning ichiga, ichki qismiga oʻtmoq, oʻzini ichkari qismga olmoq.
  2. Narsaning orasiga, ichki qismiga yorib, teshib oʻtmoq, suqulmoq; sanchilmoq.
  3. Ich tomonga botmoq.
  4. Orasidan, qatoridan joy olmoq; qoʻshilmoq.
  5. Ish, xizmat, oʻqish, jamiyat va shu kabilarga qabul qilinmoq; joylashmoq.
  6. Sanoq son yoki baʼzan "yosh" soʻzi bilan birga qoʻllanib, shu son bildirgan yilcha umr koʻrganlikni bildiradi.
  7. Shu yoshga kirib Shuncha yil yashab.
  8. Payt, oy, fasl bildiruvchi soʻz, soʻz birikmasi bilan qoʻllanib, shu payt yoki faslning boshlanishini bildiradi.
  9. Ayrim otlar bilan birikib, shu ot ifodalagan narsaning paydo boʻlishi yoki vujudga keda boshlaganligini bildiradi.
  10. Oʻzi birikib kelgan soʻz ifodalagan holat, xususiyat va shu kabilarni kasb etish, shunga ega boʻlishni bildiradi.
  11. Oʻtmoq, oʻtib oʻzlashmoq.
  12. Ayrim soʻzlar (maye., sezgi aʼzolari-ni bildiruvchi quloq, burun kabi soʻzlar) bilan qoʻllanganda, narsaning shu aʼzoga taʼsir etib, sezgi uygʻotishini bildiradi.
  13. Aql (yoki aqli) kirmoq Aqlli boʻlmoq, aql bilan ish qiladigan boʻlmoq.

Misollar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish