Explanatory dictionary
nomus
номус
Meanings
- . Kishining oʻz obroʻsini ulugʻlash va ardoqlash his-tuygʻusi; oriyat, diyonat, vijdon.
- . Xijolat tortish his-tuygʻusi; uyat-andisha, sharm, hayo, or.
- . Qiz pokligi, bokiralik, iffat, qizlik.
- Nomusga tegish Zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib yoki jabrlanuvchining (ayol kishining) ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa va sh. k. ishlarni qilish.
Examples
- Nomusini yerga bukmoq. Nomus va gʻayrati bor odam mehnatdan qoʻrqmaydi. Nodon bilan yurma, Nomusingni bukma. — Maqol.
- Nomusga qoʻymoq.
- [Jamila:] Hayo benomusda boʻlmaydi! Hayosizda nomus boʻlmaydi. — Hamza — Boy ila xizmatchi.
- Nomus! Nomus er kishini oʻldiradi-ya! — Shuhrat — Shinelli yillar.
- [Hayitjon:] Otasi bechora boʻlsa, qancha vaqt el-xalqdan nomus qilganidan, allaqanday shaharlarga badargʻa boʻlib, yaqinda keldi. — Xamza — Paranji sirlari.
- Baxtsiz onalarning koʻz yoshlari, bolalarning, qizlarning tahqirlangan nomusi uchun soʻnggi nafasgacha kurashing. Oʻlim, tiz choʻkish yoʻq! — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Agar it tegmagan boʻlsa, pokman, nomusim joyida desang, kel, beri kel. — M. Mansurov — Yombi.
Etymology
arab. – qonun; vijdon, diyonat; obroʻ-eʼtibor; iffat, bokiralik; yunon. – nomos; qonun
Source: Wiktionary
Views: 0