Explanatory dictionary
ozod
озод
Meanings
- Oʻz erki, haq-huquqi oʻz qoʻlida boʻlgan, ozodlikka erishgan; erkin, xur.
- Qullikdan ozod etilgan, erkinlikka chiqqan, asoratdan qutulgan.
- Oʻz holiga, mayliga qoʻyilgan, boʻshatib yuborilgan, hech qanday majburiyat bilan bogʻlanmagan; boʻsh.
- Xoli.
- rvsh. vazifasida. Erkinlik bilan, bemalol, dast.
- rvsh. vazifasida. Tik, tikka, koʻkrakni kerib.
- Ozod turmoq Dadil oʻrindan turmoq, shaxdam koʻtarilmoq.
- kim. Qoʻshilmagan, birikmagan holdagi.
- Ozod qilmoq Qutqarmoq, xalos qilmoq.
- Ozod (erkaklar ismi).
Examples
- Ozod oʻlka. Ozod mamlakat. Ozod mehnat. yash Toza havo, toza suv, Ozod Vatan seniki. — Gʻ. Gʻulom.
- Bu ayollar teng huquqli, erkin, ozod, hur bir mamlakatda oʻsmoqdalar. — "Saodat".
- Oryol, Belgorod shaharlari dushmandan ozod qilinganda, Mosk-vada birinchi marta berilgan salyut odatga aylandi. — S. Zunnunova — Olov.
- Eshonning zaharxanda taʼ-nasini Elmurod yerga tikilganicha, indamay tingladi. Bu gap unga: "Sen ozodsan, keta ber!" boʻlib eshitildi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Majlisga qatnashishdan oʻzlarini ozod hi-soblagan kishilar bu majlis va uning bel-gilangan vaqtidan oldin boshlanganiga ham oʻzlaricha maʼno berishdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Tashvishdan ozod kishilar. yash Qa-lamni ham bu gʻidi-bididan ozod qilishni muvofiq koʻrdim. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Iigit.. bilagimdan ozod koʻtarib, tan-dirdan sugʻurib oldi. — Gʻ. Gʻulom — Shum bola.
- Gʻaybarov, qoʻlida maʼbuda qizni [haykalni] yerdan ozod koʻtardi, mahkam bagʻriga bosdi-da, yuzu koʻzidan oʻpdi. — "Yoshlik".
- Ingichka, uzun oyoqlarini chaqqon bosib, chi-royli boshini ozod koʻtarib kelayotgan qash-qa saman birdan paxsa devor tomonga buril-di. — M. Ismoiliy — Fargʻonat. o.
- Ustidan alak choponi-ni irgʻitib, ozod turib ketgan yigit.. tuzoqqa tushgan bedanadek pitirlab qoldi. — H. Rasul — Adolat.
- Ozod kislorod.
- Ishlab chiqarish jarayonlarining avtomat-lashtirilishi kishilarni bir qator ogʻir yumushlardan maʼlum darjada ozod qiladi. — "Fan va turmush". Ozod qoʻymoq Boʻshatmoq, javob bermoq (oʻqishdan).
- Nigor oyim ho-zirgina [oʻquvchi] qizlarini ozod qoʻyib, koʻk-rak bolasini bagʻriga olgan edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
Etymology
\f. jIyf — erkin, hur; asoratdan qutulgan; gʻam-tashvishdan xoli; oliyjanob; saxovatli
Source: Wiktionary
Views: 0