Explanatory dictionary
pok
пок
Meanings
- Top-toza; gard-gʻubor, kir, chang kabilardan xoli; pokiza.
- Nomiga gard yuqmagan, halol, sof, musaffo, toʻgʻri.
- Xoli.
Examples
- Pok buloqlar. Pok idishlar. n
- Shunqor koʻkragingiz isteh-komdan zoʻr, Chunki pok havoda olmishdir nafas. — Gʻ. Gʻulom.
- Har qanday hayvon terisi ham oshlansa, toza va pok boʻladi. — "Fan va turmush".
- Normurod otaning vijdoni pok, u oʻz vijdoniga xilof ish qilgani yoʻq. — O. Yoqubov — Diyonat.
- Vrach yuksak unvonlar egasi boʻlishi shart emas, lekin pok vijdonli boʻlishi kerak. — Gazetadan.
- Faqat bizning pok niyatimizga shubha bilan qa-raysizlar! — Sh. Xolmirzayev — Qil koʻprik.
- Oʻzining gard qoʻnmagan, nurdan pok tuygʻu-larini kimga ishonib topshirayotganini u bilmasa, Yodgorga ayon-ku! — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Oʻn minutdan keyin yigit xotinining har qanday shubhadan pok ekani-ga ishondi. — A. Qahhor — Asarlar.
- Birinchi fazilat: bularning dili hasad, baxillik degan qabih tuygʻudan pok. — K. Qahhorova — Chorak asr hamnafas.
Etymology
I f. eSL — toz, pokiza; iffatli, uyatchan
Source: Wiktionary
Views: 0