Explanatory dictionary
poy
пой
Meanings
- esk. kt. ayn. oyoq 1.
- Poyi piyoda Yayov yurib; yayov, ot-ulovsiz.
- (egalik va oʻ.-n. k. affiksi bilan) Birovning ixtiyorida, qoʻlida yoki oyogʻi ostida.
- Biror narsaning quyi qismi, tagi, etagi.
- Xoki poy Oyoq ostidagi tuproq.
- Juft holda ishlatiladigan narsaning har biri, bir toqasi (asosan poyabzal ha-qida, odatda "bir" soʻzi bilan ishlatiladi).
Examples
- Pirnazar polvon qiziga bir elandi-yu, boshini chetga burdi. Ota yuzini ters burgach, Yorqinoy battar ezildi, endi u dadasining poyini quchoqlab yigʻladi. — R. Rah-mon — Mehr koʻzda.
- Poyiga yiqilib: -Momo-qiz, men senga nima yomonlik qilib edim, — deyman/T. — Murod — Yulduzlar mangu yonadi.
- Mashhur hofiz va mashhur oʻyinchi chol oʻn kilometr masofadagi Urganchgacha poyi piyoda yoʻl oladilar. — M. Qoʻshjonov — Diydor.
- Shopur bu shahardan chiqib, poyi piyoda kallasi oqqan yoqqa ketib borayotib edi. — "Bahrom va Gulandom".
- Ular koʻchaga chiqib, uy oldidagi uzun yoʻlakdan poyi piyoda odimlasha bosh-lashdi. — O. Muxtor — Egilgan bosh.
- Lekin aslo qshsha armon, Armon qilma, gul jamol, Poyingdadir yorugʻ jahon, Keng jahonga nazar sol. — H. Sharipov.
- Ulugʻ shoir haykali poyiga mehr-muhabbat va chuqur ehtirom ramzi sifati-da gullar qoʻyilmoqda. — Gazetadan.
- Faqatdaryo labi gezarib, Yopib yotar togʻning poyini. — U. Qoʻchqor — Hayajonga koʻmilgan dunyo.
- Sahnayu minbar poyida ijod ahli bilan uchrashuvga talpinib kelgan kishilar.. — Gazetadan.
- Narzining iziga tushgim kelaverdi. Uning xoki poyini topib, koʻzimga surtsam. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Oʻgʻli borning egalidir qalʼasi, Xoki poyin surtar mendek enasi. — "Erali va She-rali".
- [Bir] poyi yoʻq etik. Mahsining bir poyi. m
- Uning bir poy paytavasi osiliv, yurish-ga xalaqit berardi. — S. Karomatov — Oltin kum.
- Ochil Sharopov oʻgirilib, poygakdagi poy-abzallar ichidan bir poy kavushni olib koʻr-satdi. — Sh. Xolmirzayev — Soʻnmas oʻt.
- Nozima dahlizda yotgan bir poy tuflisiga koʻzi tushdi. — "Yoshlik".
Etymology
f. پای — oyoq; tovon; etak
Source: Wiktionary
Views: 0