Explanatory dictionary
qamal
қамал
Meanings
- . Shahar, qalʼa, armiya va shu kabilarni taslim boʻlishga majbur etish maqsadida dushman qoʻshinlarini qurshab olish va shunday holatda saqlash; qurshov, muhosara.
- . Biror davlatni siyosiy yoki iqtisodiy jihatdan yakkalab qoʻyish maqsadidagi xatti-harakatlar majmui.
- . Oʻrab olingan, chiqolmaydigan koʻrinishli holat haqida.
- Qamal qilmoq Qamal holatiga olmoq, shunday holatda saqlamoq.
Examples
- Qamal holati. Shaharni qamal qilmoq. Dushmanni qamalga olmoq. Qamalda qolmoq. Qamaldan chiqmoq.
- Yetmish kunlik bir qamal, yetmish kunlik chetdan va eng ozi qishloqlardan munosabatni uzib turish, albatta, Toshkentni boʻldirib qoʻygan edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Axsi qalʼasining qamalda qolishi mirzoga endi muqarrardek tuyuldi. U eshik ogʻaga olti oylik zaxira tayyorlashni buyurdi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Iqtisodiy qamal.
- Oy bulutlar qamalidan chiqish uchun yugurardi. — "Yoshlik". — .
- Shahar qamal qilingani bu vahimani yana ham kuchaytirib yubordi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Bobur oʻtgan dafʼa Samarqandni yetti oy qamal qilganda, shahar xalqi ochlikdan nechogʻli azob tortganini Navoiy ham eshitgan boʻlsa kerak. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
Source: Wiktionary
Views: 0