Explanatory dictionary
qamchilamoq
қамчиламоқ
Meanings
- Qamchi bilan urmoq. Gʻuzor tomondan oq sallali kimdir birov ot qamchshab, shitob bilan kelardi. Sh. Tosh-matov, Erk qushi. Arslon.. toʻrigʻini qam-chilab, uzoqlashib qolgan otliqlarni quvib ketdi. O. Yoqubov, Izlayman.
- Soʻz bilan "urmoq", qattiq tan-qid qilmoq, poʻstagini qoqmoq. Mashhur fitnachi Muhammad Jamol chiqib, xoʻp qam-chiladi sizni va bizni. Oybek, Nur qidirib. Furqat, Zavqiy.. oʻzlarining hajviy sheʼr-larida poraxoʻr amaldorlarni shafqatsiz qam-chilagan edilar. "Sharq yulduzi".
- Qistamoq, undamoq, majbur qilmoq.
- Otni qamchilamoq Zudlik bilan, fur-satni qoʻldan bermay harakat qilmoq; ha-rakatni tezlamoq, tezlatmoq.
Examples
- Tangriqul hoji qoʻlidagi butun vositalar bilan yerni qamchilab, koʻproq kosil berishga majbur qilar edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Odamni jilovlab, qamchilab turadigan, toblab chiniqtiradi-gan narsa — tashvish. — F. Musajonov — Him-mat.
- Ish koʻp, vaqt oz — otingni qamchila. shsh
- Ana shu tigʻiz kunlarda otini qamchilagan paxtakor asti dogʻda qolmaydi. — Gazetadan. .."otni qamchi-lash kerak, boʻlmasa kechikasiz", degan gapi Madinani oyoqqa turgʻizdi. Mirmuhsin, Chodrali ayol.
Source: Wiktionary
Views: 0