ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

qamchilamoq

қамчиламоқ

Ma’nolari

  1. Qamchi bilan urmoq. Gʻuzor tomondan oq sallali kimdir birov ot qamchshab, shitob bilan kelardi. Sh. Tosh-matov, Erk qushi. Arslon.. toʻrigʻini qam-chilab, uzoqlashib qolgan otliqlarni quvib ketdi. O. Yoqubov, Izlayman.
  2. Soʻz bilan "urmoq", qattiq tan-qid qilmoq, poʻstagini qoqmoq. Mashhur fitnachi Muhammad Jamol chiqib, xoʻp qam-chiladi sizni va bizni. Oybek, Nur qidirib. Furqat, Zavqiy.. oʻzlarining hajviy sheʼr-larida poraxoʻr amaldorlarni shafqatsiz qam-chilagan edilar. "Sharq yulduzi".
  3. Qistamoq, undamoq, majbur qilmoq.
  4. Otni qamchilamoq Zudlik bilan, fur-satni qoʻldan bermay harakat qilmoq; ha-rakatni tezlamoq, tezlatmoq.

Misollar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish