Explanatory dictionary
qiyom
қиём
Meanings
- . Quyosh tikka koʻtarilgan payt, tush payti; peshin.
- . Meʼyor, marom.
- . Oxirgi nuqta, tamom boʻlish payti, oxiri.
Examples
- Qiyomda chopiqchilar dam olgani chiqishdi. Kun qiyomdan ogʻdi.
- Qiyom vaqtida bir qancha bolalar "toʻy keldi, toʻy keldi", deb baqirib-chaqirib yugurishdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Kun qiyomiga kelib, peshin namozi oʻqilgandan keyin koʻshkning ich-tashi jimjit boʻlib qoldi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Shavla qiyomiga yetib pishgan edi. Alijon ishtaha bilan huzur qilib yedi. — H. Nuʼmon — Fasllar.
- Fikr bahsda qiyomiga yetadi. — Shukrullo — Javohirlar sandigʻi.
- Ketmon deganni bir qiyomda chopadi kishi.. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Soch oldirish qiyomiga yetay deganda, sarrochlik — egar-jabduq rastasi tomondan qiygʻos toʻpolon ovoz koʻtarilib qoldi. — Gʻ. Gʻulom — Shum bola.
- Toʻylari gʻaribroq boshlandi-yu, qiyomida qizib ketdi. — E. Aʼzamov — Javob.
- Kanal qurilishi qiyomiga yeta boshlagach, Andijonga qaytdim. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
Etymology
arab. – tik turish, qoyim turish; joʻnab ketish; mavjudlik
Source: Wiktionary
Views: 0