Explanatory dictionary
quchoq
қучоқ
Meanings
- Ikki qoʻlning old qismini birlashtirib, oraligʻiga biror shaxs yoki narsa olinadigan (olingan) holat. Shaxrodaxon Olchinbekning quchogʻidan zoʻrgʻa sugʻurilib chiqib oldi. K. Yashin, Hamza. Toʻlan siltanib, Yoʻldoshning quchogʻidan chiqishga urindi. Yoʻldosh Toʻlanga yopishib olib, hamon yalinyapti. S. Siyoyev, Avaz. Tizzasini quchogʻi-dan qoʻyib yuborib, unga intildi. S. Ahmad, Ufq.
- Quchoq ochmoq (yoki yozmoq) 1) bagʻriga olish uchun qoʻllarini yozib koʻtarmoq. Zumrad quchogʻini ochib, hovliga otildi: -Keldingmi, qoʻzichogʻim? — u oʻgʻlini achom qildi. S. Siyoyev, Otliq ayol. Qiz quchogʻini ochsa, yigit yoʻq deydimi! I. Rahim, Chin muhabbat.
- koʻchma poet. Ogʻush, bagʻir. Tabiat quchogʻida yayramoq. Bola uyqu quchogʻida. U shirin xayollar quchogʻidan chiqolmas edi. am -Koshkiydi qishlogʻimizga kelsang, — dedi Komil kulib. — Bizda xalq doktorni juda izzat kiladi. Agar Toshkent quchogʻidan ayrila bilsang. Oybek, O.v. shabadalar. Mana, siz, farzandlarim, Yoshligingiz zabardast. Maktab — ilm quchogʻida Oʻsasiz oʻqib, yayrab. Q. Mu-hammadiy. Suvonjon eshikni kuch bilan ochib, oʻzini boʻronning quchogʻiga otdi. S. Anorboyev, Oqsoy.
- Quchoqqa sigʻadigan oʻlchov miqdorni bildiradi (odatda, son-miqdor bildiruvchi soʻzlar bilan, shuningdek, takror holda — quchoq-quchoq kabi qoʻllanadi).
Examples
- Koʻrish-gani quchoq yozib kelayotgan kampirning ust-boshini koʻrib, [Sharofatning] zahri bir oz tarqaldi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqgtari; 2) xursandlik, shodlik bilan (kutib ol-moq).
- Zarbdor qurilishlar yoshlarni quchoq ochib qarshshtydi. sh Sizlar bilan qutlab, quchogʻim Ochay yangi, navqiron yilga. Gʻay-ratiy.
- Ikki quchoq oʻtni oxurlarga tailladi. Quchoq-quchoq matolar. sht U bir quchoq oʻtin terib kelgani-da, Sultonov.. yuzlari oppoq oqarganicha, choʻzilib yotar edi. — M. Mansurov — Yombi.
- Bir ozdan keyin komissar uni chaqirib, bir quchoq xat topshirdi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
Source: Wiktionary
Views: 0