ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

quchoq

қучоқ

Ma’nolari

  1. Ikki qoʻlning old qismini birlashtirib, oraligʻiga biror shaxs yoki narsa olinadigan (olingan) holat. Shaxrodaxon Olchinbekning quchogʻidan zoʻrgʻa sugʻurilib chiqib oldi. K. Yashin, Hamza. Toʻlan siltanib, Yoʻldoshning quchogʻidan chiqishga urindi. Yoʻldosh Toʻlanga yopishib olib, hamon yalinyapti. S. Siyoyev, Avaz. Tizzasini quchogʻi-dan qoʻyib yuborib, unga intildi. S. Ahmad, Ufq.
  2. Quchoq ochmoq (yoki yozmoq) 1) bagʻriga olish uchun qoʻllarini yozib koʻtarmoq. Zumrad quchogʻini ochib, hovliga otildi: -Keldingmi, qoʻzichogʻim? — u oʻgʻlini achom qildi. S. Siyoyev, Otliq ayol. Qiz quchogʻini ochsa, yigit yoʻq deydimi! I. Rahim, Chin muhabbat.
  3. koʻchma poet. Ogʻush, bagʻir. Tabiat quchogʻida yayramoq. Bola uyqu quchogʻida. U shirin xayollar quchogʻidan chiqolmas edi. am -Koshkiydi qishlogʻimizga kelsang, — dedi Komil kulib. — Bizda xalq doktorni juda izzat kiladi. Agar Toshkent quchogʻidan ayrila bilsang. Oybek, O.v. shabadalar. Mana, siz, farzandlarim, Yoshligingiz zabardast. Maktab — ilm quchogʻida Oʻsasiz oʻqib, yayrab. Q. Mu-hammadiy. Suvonjon eshikni kuch bilan ochib, oʻzini boʻronning quchogʻiga otdi. S. Anorboyev, Oqsoy.
  4. Quchoqqa sigʻadigan oʻlchov miqdorni bildiradi (odatda, son-miqdor bildiruvchi soʻzlar bilan, shuningdek, takror holda — quchoq-quchoq kabi qoʻllanadi).

Misollar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish