Explanatory dictionary
qurshov
қуршов
Meanings
- . Atroflab oʻralgan, qurshab olingan holat qurshamoq 1).
- . Chiqib keta olmaydigan, atrofi toʻsib, oʻrab olingan holat qurshamoq 2).
- . qamal.
- . Chulgʻagan, qamragan holat qurshamoq 3).
- . Tevarak, atrof.
- . Atrofdagi muhit, odamlar.
Examples
- Davronov.. bolalarining qurshovida tandirdan endigina uzilgan non bilan nonushta qilib oʻtirgan edi. — I. Rahim — Ixlos.
- Temurbek mulozimlari qurshovida borib, hokimlik taxtiga oʻtirdi. — M. Mahmudov — Mangu kuy izlab.
- Besh marta qarshi ataka qilib, hech ish chiqara olmagandan keyin, endi qurshovda qolib, jon talvasasiga tushgan dushman oʻrmonga kirib ketish uchun qanday urinishini.. tasavvur qilar edi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Andijon qurshovda! Fitnachi beklar Andijon taxtiga Jahongir mirzoni oʻtqizmoqchilar. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Ravshan xola goh koʻnglini yogʻday eritib, goh ogʻir, diltirnar oʻylar qurshoviga berilib xayol suradi. — S. Siyoyev — Rayhon.
- Boydada muallimning gaplarini qayta-qayta eslar.. dam chigal, dam qandaydir jumboqlar qurshoviga tushib qolganday sezardi oʻzini. — J. Abdullaxonov — Xonadon.
- Chamanzordir bogʻning qurshovi, Chah-chah urar quvnoq bulbullar. — M. Shayxzoda.
- Xarakter jism bilan birga ayni bir vaqtda tugʻilsa ham, qurshov taʼsirida voyaga yetadi. — I. Rahim — Hilola.
Source: Wiktionary
Views: 0