Explanatory dictionary
quyi
қуйи
Meanings
- Past tomon; biror narsadan pastda boʻlgan joy; pastlik.
- sft. Past tomonida boʻlgan, joylashgan; pastki.
- Biror sathning yoki sathdagi yoʻnalishning pastida boʻlgan tomoni; etak.
- Uy, xona va shu kabilarning toʻriga nisbatan past tomoni; toʻrga qarama-qarshi tomon.
- Past; zid. baland.
- Mavqe’, darajasi va sh.k. jihatdan boshqasiga nisbatan kichik, past boʻlgan.
Examples
- Nasiba turgan joyida piq-piq yigʻlar… boshi quyi solinganicha taqdirini qargʻar edi. — S. Ahmad — Ufq.
- Yigit chirik ogʻochlar tirqishidan pastga qaradi. Quyida suv simobday miltiraydi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Bashirjon quyi labini tishlagancha, uyning shiftiga qarab qoldi. — N. Aminov — Suvarak.
- Sirdaryoning quyi oqimi. v
- Suvlar oqar quyi tomonga. — M. Shayxzoda.
- Bu uy — «xizmatkorxona» boyning tashqari hovlisining quyi tomonida... shuning uchun koʻzga chalinmas edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Uyning toʻriga chirik qora namat tashlangan, quyi tomoni yalangʻoch yer. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Toshboboning taklifidan soʻng dasturxonning quyi tomoniga solingan koʻrpachaga choʻkkaydi. — S. Karomatov — Soʻnggi barxan.
- Bir ozdan keyin tortinchoqlikni bilmaydigan Husayn kattalardek eshikdan salom berib kelib, quyiroqqa tiz choʻkdi. — M. Osim — Ibn Sino qissasi.
- ...qabr yoniga tizlagan Otabek va yuqori, quyi doʻmbaygan qabrlar bu tilovatga someʼ kabi edilar. A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Quyi tashkilotlar. Quyi lavozim. Birinchi darvozaning ikki biqinida turuvchi qorovul yigitlar oʻrdaning ulugʻ darajali beklarini kuzatar, mansabi quyiroq yasovullar bilan mutoyiba qilishib qolar edilar. A. — Qodiriy — Mehrobdan chayon.
Etymology
Bu soʻz turkiy tillardan faqat 3 tagina tilda — Oʻzbek, Toʻfa va Tuva tillarida saqlanib qolgan.
Source: Wiktionary
Views: 0