Explanatory dictionary
sher
шер
Meanings
- [f. — arslon; botir, jasur
- asad] 1 Mushuksimonlar oilasiga mansub, kalta va sargʻish yungli (erkaklari esa kalin yolli) yirik sutemizuvchi yirtqich hayvon; arslon.
- Shaxsni sherga nisbatlab atay-di ("azamat", "botir" "polvon" maʼnosida).
- Sher boʻlmoq ayn. sherlanmoq.
Examples
- Ovchining zoʻri sher otadi, Dehqonning zoʻri yer ochadi. — Maqol.
- Oʻzingni er bilsang, oʻzgani sher bil. — Maqol. n
- Bular [uch ogʻayni botirlar] tushgan toʻqayning narigi tomonida bir sherning makoni bor edi. — "Er-taklar".
- Bu hujjatni butun rayonga tarqatmoq-chimiz, sher, obroʻying oshib, choʻqqiga koʻta-rshayotganingni bilasanmi? — I. Rahim — Ixlos.
- -Balli, sher, xatni qoʻlingizdan kim oldi? -Bir chol. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Yoppa yov-lik otga mining, sherlarim. — "Yusuf va Ahmad".
- Figʻon qilgan bunda sherlar, Yoʻlbars, qoplon, bunda erlar.. — "Baxrom va Gulandom".
- Ichkilikning zoʻridan sher boʻlib ketgan Yazturdi endi koʻcha harakati qoidasini unutib qoʻygan edi. — Gazetadan.
- Balli, azamat, bugun jang vaqtida sher boʻlib ketding. — H. Tursunqulov — Hayotim qissasi.
Source: Wiktionary
Views: 0