Explanatory dictionary
shilmoq
шилмоқ
Meanings
- Narsaning sirtidan, ta-nadan uni oʻrab turuvchi teri, poʻst kabi qoplamini ajratmoq.
- Uzib yoki yulib olmoq, koʻchirib yubor-moq, qatgiq tirnamoq.
- Achishtirib yalab ketmoq; terisini yeb, oʻyib yubormoq.
- Aldash yoki zoʻrlik bilan bosh-qaning bor-yoʻgʻini oʻziniki qilib olmoq, talamoq; oʻgʻirlamoq.
- shilp ayn. shilt I.
Examples
- Daraxtning poʻst-logʻini shilmoq. Quyonning terisini shilmoq. n
- Tojiddin Qosim xushboʻy bananlarning oltin poʻstlarini ildam shilib, birmuncha yedi. — Oybek — Nur qidirib.
- Koʻchaning u yuzida, lab va burniga qon sachragan ayiqdek bir qassob, yangi soʻyilgan qoʻyning terisini zoʻr berib shilardi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Bilmay yaramni shilib yuboribman. tm Mana bu yerimni Lyublin-da oʻq shilib ketdi. — A. Ubaydullayev — Qonli izdan.
- Ohak qoʻlimni shilib yubordi. Qalampir ichimni shilib ketdi. m
- Sirka ichgandagidek qornini shilib yubordi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Boylar kambagʻallarni shilardi. Savdogar xaridorlarni shiladi. n
- -Otam qarib, yoʻlda horib qolgan chol edi. [Qaroqchilar] U ni bir zumda yotqizib, yonidagi bor pulini shilib olishdi, — dedi Hoji xola. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Oʻgʻri, bandit! Ertaga hamma yoqni shilib qochadi. — A. Muxtor — Tugʻilish.
- Mingboshi yerda gʻujanak boʻlib yotgan Matqovulning orqasi-ga qamchini shilp etkizib tushirdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
Source: Wiktionary
Views: 0