Explanatory dictionary
tirsak
тирсак
Meanings
- I 1 Qoʻlning bilak suyagi bilan yelka suyagi qoʻshiladigan, bukilib bur-chak hosil qiladigan joyi, boʻgʻimi. Nazo-kat tirsagini stolga qoʻydi-da, chiroyli panjalari bilan yuzlarini silab, noz va erkalik bilan soʻz boshladi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli. -Hammasini qanchaga bera-san? — deb Karim tirsagi bilan Oytoʻtini sekingina turtib qoʻydi. Oydin, Fonar tagida. Bondar chiqayotib, Anna Ivanovnaning tirsagidan odob bilan tutdi. Shuhrat, Shi-nelli yillar.
- Yengning qoʻlning shu yeriga toʻgʻri ke-ladigan joyi, qismi.
- Narsalarning burchak hosil qilib bu-kilgan joyi yoki qismi. Trubaning tirsagi. Valning tirsagi. m
- Uzatilgan qoʻl barmoqlarini uchi-dan tirsagigacha boʻlgan masofaga teng uzun-lik oʻlchovi birligi (taxminan yarim metr yoki undan oshiqroq).
- Tirsakni tishlab boʻlmas Koʻrinib turgan, ammo qoʻlga kiritib boʻlmaydigan narsa yoki amalga oshmaydigan orzu va shu kabilar haqida aytiladigan matal.
Examples
- Turobjon eshikdan hov-liqib kirar ekan, kalami yaktagining yengi zulfinga ilinib, tirsakkacha yirtildi. — A. Qahhor — Anor.
- Eʼtiborsizlik, shosh-kaloklik kilinadi-yu, chiziqdan chikishadi: lova muyulishida past-balandlik, bir metr keladigan qiytiq tirsak paydo boʻlib qoldi. — Y. Shamsharov — Qahramonning yoʻli.
Source: Wiktionary
Views: 0