ball.uz
Вернуться к словарю

Толковый словарь

tirsak

тирсак

Значения

  1. I 1 Qoʻlning bilak suyagi bilan yelka suyagi qoʻshiladigan, bukilib bur-chak hosil qiladigan joyi, boʻgʻimi. Nazo-kat tirsagini stolga qoʻydi-da, chiroyli panjalari bilan yuzlarini silab, noz va erkalik bilan soʻz boshladi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli. -Hammasini qanchaga bera-san? — deb Karim tirsagi bilan Oytoʻtini sekingina turtib qoʻydi. Oydin, Fonar tagida. Bondar chiqayotib, Anna Ivanovnaning tirsagidan odob bilan tutdi. Shuhrat, Shi-nelli yillar.
  2. Yengning qoʻlning shu yeriga toʻgʻri ke-ladigan joyi, qismi.
  3. Narsalarning burchak hosil qilib bu-kilgan joyi yoki qismi. Trubaning tirsagi. Valning tirsagi. m
  4. Uzatilgan qoʻl barmoqlarini uchi-dan tirsagigacha boʻlgan masofaga teng uzun-lik oʻlchovi birligi (taxminan yarim metr yoki undan oshiqroq).
  5. Tirsakni tishlab boʻlmas Koʻrinib turgan, ammo qoʻlga kiritib boʻlmaydigan narsa yoki amalga oshmaydigan orzu va shu kabilar haqida aytiladigan matal.

Примеры

Источник: Викисловарь

Просмотров: 0

Написание в орфографическом словаре