ball.uz
Back to dictionary

Explanatory dictionary

tortmoq

тортмоқ

Meanings

  1. Biror yeridan ushlab, tutib, oʻziga tomon surmoq yoki surishga harakat qilmoq.
  2. Orqasiga tirkalgan, qoʻshilgan holatdagi narsani kuch bilan olgʻa yurgizmoq, yurgizib olib bormoq.
  3. Ichiga kuch bilan yoʻnaltirmoq, yuritmoq.
  4. Biror nuqta (joy)dan boshqasi oraligʻiga oʻtkazmoq, yuritmoq.
  5. Atrofidan tarang qilib oʻtkazmoq, bogʻlamoq.
  6. Biror narsani, uning sirtini, ochiq joyni toʻsmoq, berkitmoq.
  7. Oʻziga qaratmoq, moyil qilmoq, jalb etmoq.
  8. Biror ishga aralashtirmoq, qotishtirmoq, jalb etmoq.
  9. Oʻzini, kimsa yoki narsani biror joyga, holatga olmoq.
  10. Ayrim soʻzlar bilan qoʻllanganda, "urmoq" maʼnosini bildiradi.
  11. Ulashmoq, tarqatmoq, qoʻymoq (mehmonlarga ovqat).
  12. Tarozida ogʻirligini oʻlchamoq.
  13. Chizmoq, chiziq shaklida iz solmoq; qazimoq.
  14. Tegirmonda donni unga aylantirmoq.
  15. Kamaytirmoq, ozaytirmoq; cheklab qoʻymoq.
  16. Oʻziga singdirmoq, shimmoq.
  17. Zarralar, jismlar oʻrtasidagi joziba kuchi tufayli oʻz tomoniga surmoq.
  18. Biologik, jismoniy tuzilish yoki maʼnaviy jihatdan tuqqanlariga, tugʻishganlariga oʻxshamoq.
  19. Boshdan kechirmoq, chekmoq; his qilmoq, sezmoq.
  20. Oʻzi birikib kelgan soʻz bildirgan holat-vaziyatni egallamoq maʼnosini bildiradi.
  21. "Koʻngil", "dil" kabi soʻzlar bilan qoʻllanib, ixtiyor etmoq, xohlamoq maʼnosini bildiradi.

Examples

Source: Wiktionary

Views: 0

View spelling in spelling dictionary