Izohli lug‘at
tortmoq
тортмоқ
Ma’nolari
- Biror yeridan ushlab, tutib, oʻziga tomon surmoq yoki surishga harakat qilmoq.
- Orqasiga tirkalgan, qoʻshilgan holatdagi narsani kuch bilan olgʻa yurgizmoq, yurgizib olib bormoq.
- Ichiga kuch bilan yoʻnaltirmoq, yuritmoq.
- Biror nuqta (joy)dan boshqasi oraligʻiga oʻtkazmoq, yuritmoq.
- Atrofidan tarang qilib oʻtkazmoq, bogʻlamoq.
- Biror narsani, uning sirtini, ochiq joyni toʻsmoq, berkitmoq.
- Oʻziga qaratmoq, moyil qilmoq, jalb etmoq.
- Biror ishga aralashtirmoq, qotishtirmoq, jalb etmoq.
- Oʻzini, kimsa yoki narsani biror joyga, holatga olmoq.
- Ayrim soʻzlar bilan qoʻllanganda, "urmoq" maʼnosini bildiradi.
- Ulashmoq, tarqatmoq, qoʻymoq (mehmonlarga ovqat).
- Tarozida ogʻirligini oʻlchamoq.
- Chizmoq, chiziq shaklida iz solmoq; qazimoq.
- Tegirmonda donni unga aylantirmoq.
- Kamaytirmoq, ozaytirmoq; cheklab qoʻymoq.
- Oʻziga singdirmoq, shimmoq.
- Zarralar, jismlar oʻrtasidagi joziba kuchi tufayli oʻz tomoniga surmoq.
- Biologik, jismoniy tuzilish yoki maʼnaviy jihatdan tuqqanlariga, tugʻishganlariga oʻxshamoq.
- Boshdan kechirmoq, chekmoq; his qilmoq, sezmoq.
- Oʻzi birikib kelgan soʻz bildirgan holat-vaziyatni egallamoq maʼnosini bildiradi.
- "Koʻngil", "dil" kabi soʻzlar bilan qoʻllanib, ixtiyor etmoq, xohlamoq maʼnosini bildiradi.
Misollar
- Eshikni tortib ochmoq.
- Qoʻlidan tortib turgʻizib qoʻymoq.
- Sidiqjon tutning ostida otning boshini tortib: - Tut yemaymizmi? - dedi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Anzirat kampir kuti oʻchib, oʻrnidan turdi, Bashoratning yoniga kelib, uning boshini koʻkragiga tortdi. — Asqad Muxtor — Opa-singillar
- [Gavhar] Talʼat bilan yuzma-yuz turgan Mansurning qoʻlidan ushlab tortdi.. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq solBurnidan tortsa yiqilguday - burun.Dorga tortmoq - dorga osmoq.
- Olib kelib, dorga tortib oʻldirib.. — "Yusuf va Ahmad"Yoʻl tortmoq - yoʻl yurmoq, yoʻlda davom etmoq.
- Ot oʻynatib yoʻl tortdi. Yakka dushmanning yoʻliga. — "Gulshanbogʻ"Oyogʻi tortmaslik - biror yerga borishga dili roʻyxush bermaslik.
- Oʻrganmagan yerga borishga oyogʻim tortmadi. Biroq ayam xafa boʻlmasin, deb aytolmadim. — Sa’dulla Siyoyev — YoruglikOyogʻidan tortmoq - biror noxush ish-holatga jalb etmoq, duchor qilmoq.
- Nechun bir-birining koʻziga choʻp solur, bir-birining oyogʻidan tortur, vaqti kelsa, bir-birining boʻgʻziga panja urmoqdan toymas. — Sa’dulla Siyoyev — AvazOyogʻini tortmoq - bormaydigan, kelmaydigan (umuman, qatnamaydigan) boʻlmoq, qadamini uzmoq.
- U qamalgan kundan beri oyogʻini tortgan, hatto koʻchib ketganlar ham keldi. — S. Yunusov — Kutilmagan xazina
- ..teplovoz soʻnggi marta qichqirib, sostavni tortib ketdi. — Hamid Gʻulom — Feruza
- Hoʻkiz kallasini egib, omochni tortishga urinar, qoʻshchi esa hadeb qistardi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Kichkinagina mashinasini tortib yurgan bola Muhiddinni oʻziga jalb qildi. — Rahmat Fayziy — Choʻlga bahor keldiAravangni tort - arava.Qoʻshin (yoki lashkar, askar) tortmoq - qoʻshin (lashkar, askar) bilan yurish qilmoq, bosib bormoq.
- Lashkar tortib yurish qilsa, Oʻnin koʻzlab, birin sanchar. — "Gulnorpari"
- Goʻroʻgʻli dushmanga askar tortadi, Oriyat yoʻlida jonin sotadi. — "Gulshanbogʻ"
- Domiga tortmoq.
- Qaʼriga tortmoq.
- Nishonov papirosini tutatib, yaxshilab tortib oldi-da, stol ustiga engashdi. — Saida Zunnunova — Yangi direktor
- Muqaddam flakondagi dorini shpritsga tortib oldi-da, ignasini yuqoriga koʻtardi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Zulfiqor, boboning qoʻlidan teshani olib, [qoziqni] yana ham mustahkamladi-da, Meʼmorga qarab: -Endi ustiga mix qoqib, kanop tortaversak boʻladimi? - deb soʻradi. — Mirmuhsin — Meʼmor
- Bir necha kun ilgari aloqachilar sim tortib yurib, Davronni uchratishgan edi. — Toshtemir Rustamov — Mangu jasorat
- Hotam esa otining ayil-pushtanini qaytadan tortdi.. — M. Hazratqulov — Jurʼat
- Qarshisida koʻkragidan qayish tortgan, qizil shapka kiygan militsioner turibdi. — "Guldasta"
- Betiga niqob tortmoq.
- Bir tomonda dorbozlar dor tikadi, qoʻgʻirchoqbozlar chodirxayol pardasini tortadilar. — Sa’dulla Siyoyev — Avaz
- Haligi xotin qisilgandanmi, uyalgandanmi, boshidagi oq doka roʻmolini yuziga tortib, "qoʻya ber" deganday qilib, boshini silkitdi. — Oydin — Fonar tagida
- Diqqatni oʻziga tortmoq.
- Quyosh, toza havo, keng, tiniq zangori osmon koʻzlarni beixtiyor tortadi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Toʻlqinjon.. shu kungacha Hurini sira qiziktirmagan edi. Garchi Toʻlqinjon chiroyli boʻlsa ham, qizni oʻziga tortmasdi. — Farhod Musajonov — Huri
- Olib kirilgan choy ham sovib qolar, allaqanday oʻlchovlar - uchburchaklar xayolini tortib ketardi. — Mirmuhsin — Meʼmor
- Ishga tortmoq.
- Oʻqishga tortmoq.
- Shahidbek mulla Abdurahmonni soʻzga tortdi: -Nima lavozimatdalar, taqsirim? — Abdulla Qodiriy — Mehrobdan chayon
- "Bunday qilaman, - labini qimirlatib, oʻz-oʻziga shivirladi Yoʻlchi, - avval shunday odamlarni tortamanki, oʻzimga qanday ishonsam, ularning diliga shunday ishongan boʻlay". — Oybek — Tanlangan asarlar
- ..ular orasidan bizni qoʻllab-quvvatlayman, deganlarini xizmatga torting. — Komil Yashin — Hamza
- Bundan oʻzini tortmoq.
- Doʻstini chetga tortmoq.
- Matpanoning biqinida turgan qalandar unga boshdan-oyoq razm soldi, oʻzini sal chetga tortdi. — Sa’dulla Siyoyev — Avaz
- Kichik ofitser ham, soldatlar ham ulardan oʻzlarini tortishdi. — Mirmuhsin — Chodrali ayol.
- Bir kuni kechqurun, yotar mahalda ayamni chetga tortib shivirladim. — Sa’dulla Siyoyev — YorugʻlikBosh tortmoq - bosh.
- Armani usta qora marmar lavhadagi soʻzlarni oʻchirib, qayta yozishdan keskin bosh tortdi. — Ne’mat Aminov — SuvarakTap tortmaslik - qoʻrqmaslik va chekinmaslik.
- Har qanday mushkuldan tap tortmay, tikka qarshi boradigan oʻtyurak koʻrinadi. — Asqad Muxtor — Boʻronlarda bordek halovat
- Yusuf qiziqqa nihoyat darajada qattiq botganidan, sira tap tortmay, boyni savalay ketdi. — Komil Yashin — Hamza
- Tigʻ tortmoq.
- Tarsaki tortmoq.
- [Dadam] Oldimga keldilar-u, shapaloq bilan tortib yubordilar. — Ergash Raimov — Ajab qishloq
- Otliq bor kuchi bilan dehqonning yuz-koʻzi aralash qamchi tortib yubordi. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Mehmonlarga osh tortmoq.
- Patnis tortmoq.
- Norinni tortib boʻlgandan keyin Anorgul hamma tovoq-qoshiqlarni toza qilib yuvib oldi. — Oydin — Hazil emish
- Taomning ustidan qizlar tortadi Beklarga opkelib qovurma goʻshtni. — "Alpomish"
- Qovunni tortib koʻrmoq.
- Tortib berganda, oʻzinglar qarab turganmidinglar? Nima endi kam deb, betinglarni yulasizlar? — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Bir oydan keyin qoʻyni tortib koʻraman, qoʻy semirmasligi kerak (debdi xon). — "Chalpak yoqqan kun"
- Chiziq tortmoq.
- Reja tortmoq.
- Joʻyak tortmoq.
- Meʼmor oʻz chodiri yonida yelkasiga peshmatini solib.. kitob oʻqir, tosh bostirib qoʻygan yaxlit qogʻozni olib, chiziqlar tortar, xayol surar edi. — Mirmuhsin — Meʼmor
- Togʻa vaʼdasida turib, kanaldan ariq tortib kelishga odam yubormasa, ishimiz chatoq boʻladi. — Said Ahmad — Ufq
- Un tortmoq.
- Tegirmonchi: -Ertaga keling, afandi, bugʻdoyingizni tortib qoʻyaman, - debdi. — M. Hazratqulov — Jurʼat
- Puldan bir oz tortib qoʻymoq.
- Mol degani iymasa, tanasi yayramaydi, Tanasi yayramasa, sutini tortadi, - dedi Adol xola. — A. Mirahmedov — Oʻt yuraklar
- Chuqur suvni tortib ketibdi.
- Guruch suvini tortibdi.
- Magnit temirni tortadi.
- Qazisan, qartasan - axir aslingga tortasan. — Maqol
- Sen kimga tortding-a? Ota-onamiz qoʻydan ham yuvosh odamlar edi-ku! — Yo. Xaimov, M. Rahmonov — Hayot-mamot
- -Buningiz shahzodalarga munosib, - dedi Oysha xola sekingina Sanam otinga oʻgirilib. - Onasiga tortdi. — Sh. Toshmatov — Erk qushi
- Otangga tortib, xotin kishini xoʻrlasang agar, senga bergan oq sutim harom boʻladi, oʻgʻlim, bilib qoʻy shuni! — Sunnatilla Anorboyev — Mehr
- Azob tortmoq.
- Tashvish tortmoq.
- Dard tortmoq.
- Xijolat tortmoq.
- [Valixoʻja tutaqib:] Uchastkani sen qil-u, jabrini men tortaymi? — N. Safarov — Hayot maktabi
- Roʻzgʻordan shunday tanglik tortdikki, gapirsam, balki ishonmaysiz. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Ingichka tortmoq.
- Yoʻgʻon tortmoq.
- Baquvvat tortmoq.
- Qurbon ota ancha dadil tortdi. — Samar Nurov — Narvon
- Momaqaldiroq guldurab, u hushyor tortdi. — "Yoshlik"
- Darhaqiqat, kuz havosi musaffo boʻlib, sumbula suvi tiniq tortadi. — Gazetadan
- Yoʻldan oʻtayotib, koʻnglim tortib, bir koʻray dedim sizni. — Samar Nurov — NarvonPanoh tortmoq - panoh.
- Sizni panoh tortib keldik, ustod. Maqsad - mana shu oʻgʻlimni shogirdlikka qabul qilsangiz.. — Mirmuhsin — Meʼmor
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0