Explanatory dictionary
tovush
товуш
Meanings
- Gapirish, kuylash, qichqi-rish, yigʻlash va sh.k. vaqtida yuzaga kela-digan va eshitish aʼzolari qabul qilib oladigan hodisa; ovoz, sado, sas.
- Bor tovush(i) bilan yoki tovushi boricha, tovushini baralla qoʻyib Ovozi boricha, eng qattiq, baland ovozi bilan.
- tlLiZns.
- Maʼlum sifatlarga ega boʻlgan ovoz.
- Mexanik tebranishlar natijasida yuzaga keladigan va quloq eshitadigan har qanday ovoz, sado.
- Shovqin; shovqin-suron. f Mulladoʻst:] Eshityapsizmi? \ Dozi:] Ha, juda hayronman, nima moeyuiimp? Boshim qotdi, aqlim yoʻq! Hamza, Maysaraning ishi. [Mamat Xolis-xonga:]
- Havo yoki boshqa bir muhit zar-ralarining toʻlqinsimon tebranma qara-katlari.
- tlsh. Nutq aʼzolari artikulyatsiyasi bilan hosil boʻladigan eng kichik til birligi.
- mus. Musiqaning ifoda kuchiga ega eng kichik tarkibiy qismi.
- koʻchMa kam qoʻll. Saylovlarda yoki biror masalani hal etishda oʻz fikrini bil-dirish huquqi va usuli; ovoz.
Examples
- Mungli to-vush. Yigʻi tovushi. Shamolli kun qichqir-ma, tovushing zoye ketadi. — Maqol. ■■
- Qoray-gan tom boʻgʻotlarida koʻnoqlayotgan chumchuq-lar kuloqni teshguday tovush bilan chir-killashadi. Machit tomondan soʻnik azon tovushi eshitiladi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Otabek tovush egasini tanidi. Bu majnuna Zaynab edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- "Be-mor Bakirov, ukol!" degan tovushdan uygʻonib ketdi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- "Qani, ho, yigit-lar! Ishga! Ishga, azamatlar!" degan tovush eshitildi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- -Olimxon aka, — dedi yalingan tovush bilan Tanti, — Salim oʻz dadasi bilan hazillash-mokchi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Bor tovushi bilan kichkirmok. shya Mutal tovushini baralla qoʻyib soʻzlar edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Tovush bermoq Tovush chiqarib, oʻzini, borligini bildirmoq.
- Men boshda indamay bikinib turdim, keyin tovush ber-dim. — Oydin — Doʻndikdan ham yosh ekan. Tovush chiqarmoq 1) ovozini eshittirib gapirmoq (oʻqimoq va sh.k.)
- Xatni tovush chiqarib oʻkimok. v
- Chol oʻtirgan yerida tovush chi-qardi: -Oʻrtoq Nurmatovning oʻzlari ayt-sinlar! — A. Qahhor — Munofiq; 2) indamoq, biror narsa demoq, gapirmoq.
- Said Jalol-xon tovush chiqarmay, uning yoniga borib oʻtirdi. — A. Qahhor — Bashorat. Tovushing oʻchgur qargʻ. Oʻlgur.
- Xotin yigʻlaguday boʻlib, tash-qariga chiqdi, yana kirdi, yana chiqdi.. Dani endi, bu "tovushing oʻchgur" bola yupansa\ — A. Qahhor — Xi-xi. Tovushingni oʻchir Jim boʻl.
- -Jim! — mushtini koʻtardi Yormat. — Tovushingni oʻchir, xudo hammaga aql ulashgan-da, sen qay goʻrda eding! — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Baland tovush. Musiqiy tovush. n
- Odamlar jonlandi. Baʼzilari chindan, baʼzilari esa hazil-mutoyiba bilan Oxunning tovushini maqtashdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Oyoq tovushi. Tasir-tu-sir oʻq tovushi. Gudok tovushi. Karnay-sur-nay tovushi.
- Tovush qilma, oʻlasan! Mana shu chu-qur.. sening uchun qazildi. — Hamza — Paranji sirlari.
- Duloq eshitmaydigan tovushlar. Tovush tezligi. Tovush nazariyasi.
- Mulla Obid bir tovushdan, ammo Usmon polvon ikki qar-shi bilan kolxoz idorasiga saylanib oʻtadi-lar. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
Source: Wiktionary
Views: 0