Explanatory dictionary
tutmoq
тутмоқ
Meanings
- Qoʻl bilan ushlamoq, ushlab turmoq; tutinmoq.
- Ovlab, quvib, izidan borib yoʻllar bilan ushlamoq, ushlab olmoq, qoʻlga tushirmoq.
- Biror narsani iltifotan kimsaga taklif qilmoq, uzatmoq; foydalanish uchun toʻgʻrilamoq, bermoq.
- Qoʻlidagi (oʻzidagi) biror narsani boshqa narsaga toʻgʻrilamoq, roʻbaroʻ holga olmoq.
- Yoʻq boʻlish, ketish va shu kabilardan saqlab turmoq.
- Biror holat, vaziyatda saqlamoq, asramoq.
- Biror narsadan oʻzini tiymoq yoki biror narsani, voqeani yuz berishdan toʻxtatmoq, bosmoq, ushlamoq.
- Idora qilmoq, boshqarmoq.
- Oʻz qoʻli ostidagi, izmidagi, qaramogʻidagi kimsalarga qandaydir munosabatda, muomalada boʻlmoq.
- Biror tarzda ishlatmoq, foydalanmoq, qoʻllamoq.
- Parvarish qilmoq, boqmoq (pilla qurtini).
- Ishlatish, foydalanish uchun oʻz ixtiyorida, qaramogʻida olib turmoq, saqlamoq.
- Pardalash, toʻsish, qoplash maqsadlar uchun oʻrnatmoq, bogʻlab, ilib yoki osib qoʻymoq.
- Koʻpayib, tarqalib, yoyilib yoʻllar bilan maʼlum joyni egallamoq, qoplab olmoq, bosmoq.
- Qoʻzimoq, qoʻzib qolmoq, huruj qilmoq (odatda, inson tabiatida boʻladigan turli xislatlar haqida).
- Amal olmoq, oʻsmoq, rivojlanmoq (yangi koʻchat yoki payvand haqida).
- Yordamchi feʼl sifatida bogʻlovchi vazifasida qoʻllanadi; hisoblamoq.
- Baʼzi soʻzlar bilan qoʻllanganda, shu narsa evaziga biror narsaga duchor boʻlmoq, uning haqidan qutula olmaslik maʼnosini bildiradi.
Examples
- Bir qoʻlda kitob, bir qoʻlda guldasta tutib turmoq.
- Bolaning qoʻlidan tutmoq.
- Otning jilovidan tutmoq.
- Koʻr tutganini qoʻymas, kar - eshitganini. — Maqol
- Temirchi usta qahru gʻazab bilan ichkari kirdi va tikka borib, Xayrinisaning kuyovi boʻlmish yigitning yoqasidan tutdi. — S. Abdulla — Mavlono Muqimiy
- Gavhar toqati toq boʻlib, oʻrnidan tura boshlagan edi, Talʼat tirsagidan tutib oʻtqazdi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Ketmon tutishga odatlangan dagʻal qoʻllar igna ushashga, qatim tortishga kelishmaganidan diqqati oshgan Oxun.. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Baliq tutmoq.
- Quyon tutib olmoq.
- Oʻgʻrini tutmoq.
- Sayil ham sayil, sargardon ham sayilda, domlajon. Hali kiyik tutdikmi, yoʻqmi, hech boʻlmasa, shamollab kelamiz-da. — M. Mansurov — Yombi
- Agar Hamzani tutib bersang, oʻgʻling Umar polvonni roʻyxatdan oʻchiramiz. — Komil Yashin — Hamza
- Mehmonlarga sochiq tutmoq.
- Chol belbogʻidan nosqovogʻini olib, oʻtirganlarga tutdi. — Said Ahmad — Hukm
- [Suluv] Hech narsaga qaramay, sakrab turib, hansirab qolgan otasini yupatgisi, sovuq ayron tutib, yelkasini silagisi kelardi. — Asqad Muxtor — Qoraqalpoq qissasi
- Duodan soʻng Otabek toʻriq yoʻrgʻani chiqarib, qutidorga tutdi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Boʻston qutichali atir olib kelib, oyisiga tutdi. — Saida Zunnunova — Yangi direktor
- Ali meshkobchi yana madrasa qurilishiga kirib, odamlarga suv tutdi. — Mirmuhsin — Meʼmor
- Xatni chiroq yorugʻiga tutib oʻqimoq.
- Yelkasini oftobga tutmoq.
- Otboqar fonusni yana Boʻtaboyning yuziga tutdi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Senga havas bilan boqurman, rosti, Oʻlimga tik koʻksin tuta olgan zot. — Abdulla Oripov
- Hokimiyatni tutib turmoq.
- Oʻz pozitsiyalarini tutib turmoq.
- Jangchilarimiz tepalikni tutib turish uchun butun vositalarni ishga soldilar.
- Azamat., kombatning.. madad kuchi yetib borguncha dushmanni tutib turish haqidagi farmonini Ergashevga aytdi. — Nazir Safarov — Qahramonning tugʻilishi
- Saidbobo negadir tili uchida turgan gapni yutib, sir tutdi. — Nazir Safarov — Olovli izlar
- Tugʻilgan kun ziyofatiga taklif qilish shart emas. Oʻsha kunni esida tutgan yaqinlari oʻzlari borishaveradi.. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi
- Itni zanjirga bogʻlab qoʻygach, och tutadi deyishadi. — Samar Nurov — Narvon
- U koʻzlariga toʻlgan tomchilarni bazoʻr tutib javob berdi. — Oybek — Tanlangan asarlarOʻzini tutmoq - 1) oʻzini bosmoq, tiymoq; oʻzini qoʻlga ola bilmoq.
- Yigʻidan oʻzini tutmoq.
- U kulgidan oʻzini tutolmadi.
- Oʻzimni kulgidan tutolmay, hiringlab kulib yubordim. — E. Raimov — Ajab qishloq 2) oʻzini biror tarzda ushlamoq.
- Oʻzini baland tutmoq.
- Oʻzini kattalardek tutmoq.
- Oʻzini tetik tutmoq.
- Ibodovning oʻzini tutishi hayron qoldirgan edi uni. — F. Musajonov — Himmat
- U oʻzini imkoni boricha beparvo tutishga harakat qildi. — To‘xtash Ashurov — Oq ot 3) oʻzini eplab qolmoq, oyoqqa turmoq.
- Ertalab yana qonli urushlar boshlandi. Ammo xalq endi oʻzini ancha tutib qolgan edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Boboqul ota oʻzini tutib olib: -Ilgari faqat seldan emas, qurgʻoqchilik ofatidan ham odamlar qirilardi.. - dedi. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar
- Roʻzgʻor tutmoq.
- Yaxshi qilib yurtni tutdi, Kim kam boʻlsa, yoʻl koʻrsatdi. — Ergash Jumanbulbul oʻgʻli
- Bolani boʻsh tutish yaramaydi.
- Singlingni kaftingda tutsang, onangni boshingda tut. — Maqol
- Shariat xotinni qattiq tutish kerak deydi-yu, ammo xotinni qancha qattiq tutsangiz, shuncha gʻaflatda qolishingizni poylaydi. — Abdulla Qahhor — Mayiz yemagan xotin
- Oʻzbek oyimning "Kelinni xor tutar ekan demasinlar, sen ham oʻzingni tuzat!" deb aytgani uchun, Zaynab ham tamom ipaklarga koʻmilib yasangan, kecha erga tekkan yangi kelinlar suratiga kirgan edi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Idish-tovoqni, koʻrpa-yostiqni toza tutmoq.
- Yangi olib kelgan teshani tutmoq.
- -Lekin, - dedi Samandarov qoshiqni salmoqlab, - hali ham mana bunaqa qoshiq tutish ayb.. Bunga yoʻqchilikni vaj qilib boʻlmaydi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Men, beshovlaring qurt tutinglar, beshta odam boʻshasin, demoqchi emasman. — Abdulla Qahhor — Kampirlar sim qoqdi
- Qani iloji boʻlsa, bitta odam tutmasdan, butun ishni oʻzim eplay olsam. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Pashshaxona tutmoq.
- Derazalarga parda tutmoq.
- Etak tutib, paxta termoq.
- Dastroʻmolni yuziga tutib yigʻlamoq.
- El ogʻziga elak tutib boʻlmas. — Maqol
- Baxmal paranjili xotin chimmat tutgan yuzini Azim tajang tomonga xiyol oʻgirdi-yu, bir-ikki tomoq qirish bilan kifoyalandi, javob bermadi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Samovarning bugʻi uyni tutib ketdi. Qoʻy-echkilarning marashi koʻchani tutgan edi.
- Yilqi, poda, suruvlar Dard koʻrmay oʻssa deyman, Togʻu toshga sigʻishmay, Yaylovni tutsa deyman. — Q. Muhammadiy
- Qoʻngʻiroqday tovushi bilan Gulsun ham qoʻshiqchiga joʻr boʻlgandagina hamma yoqni odam tutib ketganini koʻrdi. — J. Abdullaxonov — Tong yorishgan sohilda
- Doʻnan aka minbardan tushishlari bilan, zalni qarsak tutib ketdi. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari"
- Dashtni tutib yotgan lolalar uzoqda qolib, gullaridan asalarilar bol emayotgan mevazor bogʻlar boshlandi. — "Guldasta"
- Dostonning ovozasi olamni tutdi. — N. Fozilov — Hayot oʻrgatdi
- Otaning tantiligi tutib ketdi.
- Uning jazavasi tutdi.
- Shoʻxligi tutmoq.
- Hindining ham himmati tutib ketdi, sarrof xaltadan bitta besh soʻmlik tilla olib berdi. — Gʻafur Gʻulom — Shum bola
- Gaping rost boʻlsa, qani yur! Yoki dangasaliging tutib, ishlaging kelmayotibdimi? — Gazetadan
- Bogʻbon oʻzi ekkan yo ulagan koʻchati tutib, boʻy tortib ketguncha, har kun tagiga necha marta keladi. — Mirzakalon Ismoiliy — Bizning roman
- Onda-sonda koʻchatlar oʻtqazilgan ekan-u, koʻpi tutmapti. — Asqad Muxtor — Opa-singillar
- Parvozga shaylanib nochor pat urgan Yarador burgutga tutmagil oson. — U. Qoʻchqorov — Hayajonga koʻmilgan dunyo
- -Uvoli tutadi demadingizlar-a, uvolini oʻylamadingizlar-a , - dedi javrab turgan Zulxumor, yuragi boʻlmay nari keta boshladi. — M. Mansurov — Yombi
- Sizni oʻsha norasidalarning koʻz yoshi tutmaydimi? — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Besh bolaning uvoli uradi sen beklarni! Mening begunoh qonim tutadi hammangni! — Pirimqul Qodirov — Yulduzli tunlarAza tutmoq - aza.
- Gʻalaba kuni toʻyga aylangan xonadonlar ham boʻldi, yarasi yangilanib, qayta aza tutganlar ham. — "O‘zbekiston qoʻriqlari"Boshini tutmoq - biror ish, hunar bilan mashgʻul boʻlmoq, uni egallamoq, kasb etmoq.
- Biror ishning boshini tutmoq.
- Biron boshqa hunarning boshini tutsa ham eplab ketardi. — Sa’dulla Siyoyev — YorugʻlikVatan (yoki makon) tutmoq - biron hudud yoki joyni yashash joyi (vatan) qilib olmoq.
- Erboʻtayevlar oilasi ham yaydoq choʻlni vatan tutib, mehnatda dong taratib, oʻzlaridan koʻpayishib borishyapti. — "O‘zbekiston qoʻriqlari"Gapga tutmoq - gapga solib, savol-javoblar bilan band qilmoq.
- Hamma gapi yolgʻon boʻlmasin, oʻrtaga olib, gapga tuting. — "Yusuf va Ahmad"
- Traktorchi yigit ishga shoshilganidan toqatsizlana boshladi. Chol buni sezib, ortiqcha gapga tutmadi. — O‘. Usmonov — Sirli sohilDarigʻ tutmoq - darigʻ.
- Yakka va yagonaliging haqqi.. mendek bir balokash gunohkor ojiza bandangdan marhamatingni darigʻ tutmagaysan.. — Komil Yashin — HamzaIsh tutmoq - maʼlum sabab, shart-sharoit va shu kabilarni hisobga olgan holda ish qilmoq, ish olib bormoq.
- Nega bir-birimizga yoqishimiz kerak. Yoki boʻlmasa, sizga yaqin boʻlgan inson koʻngliga qarab ish tutish lozimmi? — GazetadanYoʻl (yoki yoʻlini) tutmoq - ish-faoliyatda muayyan bir yoʻlni tanlamoq, shu yoʻldan bormoq.
- Shuning uchun u tilyogʻlamalik yoʻlini tutdi. — Gazetadan
- Sendan soʻng qolib ham u qarimaydi, U mangu yoshlikning yoʻlin tutgandir. — Shuhrat — Yoshligimning davomiKoʻz tutmoq - kelishi, uchrashuvi yuz berishini intizorlik, ishtiyoq bilan kutmoq.
- Koʻz tutdim, koʻzlarim nigoron boʻldi. — "Yoshlik"
- Temirjon, ayiqcha qaytib keladiganday, uning yoʻliga intizor koʻz tutdi. — J. Abdullaxonov — OriyatKoʻzda tutmoq - nazar-eʼtiborida boʻlmoq, nazarda tutmoq.
- Kelgusi vazifalarni koʻzda tutmoq.
- Ishdagi qiyinchiliklarni koʻzda tutmoq.
- Bu gaplari bilan qurilishdagi ishlarni koʻzda tutayotganligini Baroqov yaxshi tushundi. — "O‘zbekiston qoʻriqlari"Soʻroqqa tutmoq - uzluksiz soʻroq berishda davom etmoq.
- Lekin u yerda siz emas, ular sizni soʻroqqa tutmasalar, deb qoʻrqaman. — Komil Yashin — HamzaToʻpga (yoki oʻqqa) tutmoq - kimsa, narsa, joy tomonga (ustiga) toʻxtovsiz toʻp otmoq, oʻq otmoq, oʻq yogʻdirmoq.
- Koʻpdan beri kutilgan jang tong mahalida dushman artilleriyasi bizning pozitsiyalarimizni nihoyatda qattiq toʻpga tutishi bilan boshlanib ketdi. — Abdulla Qahhor — Oltin yulduz
- Dushman jangchilarimizni minomyotdan oʻqqa tuta boshladi. — GazetadanEtagini tutmoq - rahnamoligida ish tutmoq, rahnamoligiga suyanmoq.
- Omon buva Yodgorov kabi ingichka tolali paxta ustalari bor. Ana shularning etagini tut. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari"Yuz tutmoq - yuz.Oʻrin tutmoq - mavqega ega boʻlmoq, ahamiyat kasb etmoq.
- Ular ichida Shodmonov alohida oʻrin tutadi. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari"
- Mehnat jamoalarida tugʻilayotgan anʼanalar orasida musobaqaning takomillashib borayotgan yangi shakl va usullari alohida oʻrin tutadi. — GazetadanQuloq tutmoq - 1) eshitishga diqqatni qaratmoq.
- Birpas devor tagida toʻxtab, atrofga quloq tutishdi: jimlik hukmron.. — "Mushtum" 2) tinglamoq, eshitmoq.
- Akam tomda qor kurar.. men sandal ichiga tiqilib olib, shiftdan kelayotgan kurak ovoziga quloq tutib yotar edim. — M. Mansurov — Yombi
Source: Wiktionary
Views: 0