ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

tutmoq

тутмоқ

Ma’nolari

  1. Qoʻl bilan ushlamoq, ushlab turmoq; tutinmoq.
  2. Ovlab, quvib, izidan borib yoʻllar bilan ushlamoq, ushlab olmoq, qoʻlga tushirmoq.
  3. Biror narsani iltifotan kimsaga taklif qilmoq, uzatmoq; foydalanish uchun toʻgʻrilamoq, bermoq.
  4. Qoʻlidagi (oʻzidagi) biror narsani boshqa narsaga toʻgʻrilamoq, roʻbaroʻ holga olmoq.
  5. Yoʻq boʻlish, ketish va shu kabilardan saqlab turmoq.
  6. Biror holat, vaziyatda saqlamoq, asramoq.
  7. Biror narsadan oʻzini tiymoq yoki biror narsani, voqeani yuz berishdan toʻxtatmoq, bosmoq, ushlamoq.
  8. Idora qilmoq, boshqarmoq.
  9. Oʻz qoʻli ostidagi, izmidagi, qaramogʻidagi kimsalarga qandaydir munosabatda, muomalada boʻlmoq.
  10. Biror tarzda ishlatmoq, foydalanmoq, qoʻllamoq.
  11. Parvarish qilmoq, boqmoq (pilla qurtini).
  12. Ishlatish, foydalanish uchun oʻz ixtiyorida, qaramogʻida olib turmoq, saqlamoq.
  13. Pardalash, toʻsish, qoplash maqsadlar uchun oʻrnatmoq, bogʻlab, ilib yoki osib qoʻymoq.
  14. Koʻpayib, tarqalib, yoyilib yoʻllar bilan maʼlum joyni egallamoq, qoplab olmoq, bosmoq.
  15. Qoʻzimoq, qoʻzib qolmoq, huruj qilmoq (odatda, inson tabiatida boʻladigan turli xislatlar haqida).
  16. Amal olmoq, oʻsmoq, rivojlanmoq (yangi koʻchat yoki payvand haqida).
  17. Yordamchi feʼl sifatida bogʻlovchi vazifasida qoʻllanadi; hisoblamoq.
  18. Baʼzi soʻzlar bilan qoʻllanganda, shu narsa evaziga biror narsaga duchor boʻlmoq, uning haqidan qutula olmaslik maʼnosini bildiradi.

Misollar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish