Explanatory dictionary
xudo
худо
Meanings
- Diniy tushunchaga, xususan Islom diniga koʻra, butun mavjudotni, butun olamni yaratgan va uni boshqaruvchi oliy ilohiy kuch; har qanday dinning eʼtiqod qilish asosi (musulmonlarda: "Alloh" soʻzining sinonimi).
- Avvali xudo. Avvalo Xudoning xohishi, qudrati bilan.
- Xudo asrasin (yoki saqlasin) Biror noxushlik, falokat, zararli kimsaga yoʻliqmaslikni tilab aytiladigan ibora.
- Xudo berdi Baxtli, davlatli boʻldi yoki nima istasa, shuni qila oladi kabi maʼnolarni ifodalaydi.
- Xudo bilsin (yoki biladi) Kim biladi deysiz, ehtimol.
- Xudo koʻrsatmasin Biror koʻngilsiz voqea yuz bermasligini tilab aytiladigan ibora.
- Xudo koʻtarsin! yoki Xudo olsin! qargʻ. Biror kimsaga boʻlgan nafratni ifodalab, unga oʻlim tilab aytiladigan ibora.
- Xudo rahmati yoki Xudo rahmat qilsin Rahmatli (marhumni hurmat bilan tilga olganda aytiladigan ibora).
- Xudo urgan 1) yomon, razil, yaramas.
- Xudo urdi Rasvo boʻldi; ishning pachavasi chiqdi.
- Xudo urdiketdi Nahotki shunday boʻlsa?
- Xudo uribdimi Boʻlmagan gap, oʻlibmanmi, naxotki shunday boʻlsa?
- Xudo xayringni bersin Yaxshi tilak, minnatdorlik bildiruvchi ibora.
- Xudo haqi Toʻgʻrisi; chindan ham, haqiqatda ham.
- Xudoga nima yozdim? Nima gunoh qildim, gunohim yoʻq ediku?!" mazmunidagi ibora.
- Xudoga soldim Jazosini xudo bersin.
- Xudoga topshirdim Xayrlashish chogʻida aytilib, xudo har qanday yomonlikdan asrasin, sogʻ boʻl, omon boʻl, degan mazmunni bildiradi.
- Xudoga (ming marta, beadad) shukur! 1) biror narsaga erishilganda aytilib, mamnunlik, shukronani bildiradi.
- Xudoyimdan oʻrgulay Xudoga shukur.
- Koʻpxudolikda olamning qandaydir bir qismining oliy hukmdori.
Examples
- Xudo butun jonivorlarni yaratib boʻlib, har qaysisiga umr ulashadigan boʻlibdi. A. — Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- -Mirzo Anvar inimga xudo martaba ato qilgan emish deb eshitdim, — dedi Safar boʻzchi.. — A.Qodiriy — Mehrobdan chayon
- [Ibn Yamin:] Qizimning jonini avvali xudo, qolaversa, siz asrab qoldingiz. — K.Yashin — Hamza. Azbaroyi xudo.
- -Agar eshikni yopib uxlasang, azbaroyi xudo, hujrangda bir haftagacha tong otmaydi, — dedi Mirvali. — A.Qodiriy — Kichik asarlar.
- Ishqilib, oʻzingga ehtiyot boʻl, bolam. Biror falokatdan xudo asrasin! — Gʻulom — Mashʼal.
- [Meʼmor:] Munofiqlardan xudo asrasin! — muhsin — Meʼmor.
- Keyin Gulnorga xudo beradi, u erka, arzanda xotin boʻlib, erga suyalib, koʻngliga nima kelsa, shuni qiladi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qorongʻida yaxshi ajratolmadim, tusini gʻira-shira anovi qora Homidga oʻxshatdim. Tagʻin umi, boshqami, xudo bilsin, shatir-shutir qildida, chiqib ketdi. — A.Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Agar bu kasallik mahalliy xalqqa ham yuqsa bormi, xudo koʻrsatmasin, anaunda koʻrasiz qiyomatni.. — K.Yashin — Xamza.
- Zulfizar ichida: "Xudo koʻtarsin seni" dedi-yu, qadamini tezlatdi. — K.Yashin — Hamza.
- Kitoblar ikki joyda yolgʻon aytishni maʼqul degan ekanlar: bittasi — eru xotinning orasida, ikkinchisi — ikki moʻʼminni bitirish uchun. Buni xudo rahmati domlam oʻqib berar edilar, — dedi Safar boʻzchi. — A.Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- [Olchinbek:] Boshingizga tushgan ishlarning hammasidan xabarim bor. Kampirning oʻlimi, xudo rahmat qilsin, yangi yozgan asarlaringizning yoʻq qilinishi.. — K.Yashin — Hamza.
- Xoʻjayin togʻang juda xudo urgan odam. Uying kuygur, shuncha yil ishlatib, endi koʻchaga tashlaydimi? — Oybek — Tanlangan asarlar. 2) nochor, rasvo.
- Men sizga: "Qopongʻich, jangari it topib keling!" desam, xudo urgan itni topib kelibsiz. — "Latifalar".
- [Odam] Ichkilikka berildimi, xudo urdi, Obroʻ ketib, yoʻqoladi tamom burdi. — T.Ioʻldosh.
- Keyin yerga engashib, qoʻllariga katta bir tosh oldilar. Yuragim shuv etdi: "Obbo, xudo urdi", dedim. — P.Tursun — Oʻqituvchi.
- Qoʻying-ey, Rahimjon, gapirmang-ey! Xudo urdi-ketdi. Qizim qoʻlingizga tushgandan beri bir kun roʻshnolik koʻrmadi. — A.Qahhor — Sarob.
- Meni xudo uriptimi, unday deganim yoʻq.
- Jon birodar, xudo xayringni bersin, bu yaxshiligingni ikki dunyoda unutmasman. — S.Siyoyev — Yorugʻlik.
- Xudohaqi, odam haddan tashqari qoʻrqsa, qiziq boʻlar ekan. A. — Qahhor — Sarob.
- [Matpano:] Xudoga nima yezdim? Nahot utgan-ketganning qoʻliga termilib, qarib-chirib ado boʻlajakman? — S.Siyoyev — Yorugʻlik.
- Gulsumbibi qizining boshini siladi, yigʻlab gapirdi: -Koʻy, qizim, Nuri tuhmat qilgan boʻlsa, xudoga soldim. Oʻzi bir kun jazosini tortar, bir kun izza boʻlar. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Xudoga topshirdim, Kumush, qazom yetib koʻrolmay qolsam, mendan rozi boʻl! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Xudoga shukur, toʻy koʻrdim, chimildiqqa kirdim, orzu-havas koʻrdim. — I.Rahim — Chin muhabbat. 2) oʻzaro hol-ahvol soʻrashilganda, javob tarzida aytiladi.
- [Otabek:] Tuzukmisiz, ota? -Xudoga shukur! — dedi Hasanali. — A.Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- -Xudoyimdan oʻrgulayki, — dedi Kumush entikib va dahshatlanib, — yomonlarning jazosini oʻzi bergan. — A.Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Sevgi xudosi. Urush xudosi.
- Goʻzallikning qoshida axir Choʻkka tushgan hatto xudolar. — A.Oripov.
Etymology
[ fors. - iloh, xudo; hukmdor xoʻjayin ]
Source: Wiktionary
Views: 0