ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

xudo

худо

Ma’nolari

  1. Diniy tushunchaga, xususan Islom diniga koʻra, butun mavjudotni, butun olamni yaratgan va uni boshqaruvchi oliy ilohiy kuch; har qanday dinning eʼtiqod qilish asosi (musulmonlarda: "Alloh" soʻzining sinonimi).
  2. Avvali xudo. Avvalo Xudoning xohishi, qudrati bilan.
  3. Xudo asrasin (yoki saqlasin) Biror noxushlik, falokat, zararli kimsaga yoʻliqmaslikni tilab aytiladigan ibora.
  4. Xudo berdi Baxtli, davlatli boʻldi yoki nima istasa, shuni qila oladi kabi maʼnolarni ifodalaydi.
  5. Xudo bilsin (yoki biladi) Kim biladi deysiz, ehtimol.
  6. Xudo koʻrsatmasin Biror koʻngilsiz voqea yuz bermasligini tilab aytiladigan ibora.
  7. Xudo koʻtarsin! yoki Xudo olsin! qargʻ. Biror kimsaga boʻlgan nafratni ifodalab, unga oʻlim tilab aytiladigan ibora.
  8. Xudo rahmati yoki Xudo rahmat qilsin Rahmatli (marhumni hurmat bilan tilga olganda aytiladigan ibora).
  9. Xudo urgan 1) yomon, razil, yaramas.
  10. Xudo urdi Rasvo boʻldi; ishning pachavasi chiqdi.
  11. Xudo urdiketdi Nahotki shunday boʻlsa?
  12. Xudo uribdimi Boʻlmagan gap, oʻlibmanmi, naxotki shunday boʻlsa?
  13. Xudo xayringni bersin Yaxshi tilak, minnatdorlik bildiruvchi ibora.
  14. Xudo haqi Toʻgʻrisi; chindan ham, haqiqatda ham.
  15. Xudoga nima yozdim? Nima gunoh qildim, gunohim yoʻq ediku?!" mazmunidagi ibora.
  16. Xudoga soldim Jazosini xudo bersin.
  17. Xudoga topshirdim Xayrlashish chogʻida aytilib, xudo har qanday yomonlikdan asrasin, sogʻ boʻl, omon boʻl, degan mazmunni bildiradi.
  18. Xudoga (ming marta, beadad) shukur! 1) biror narsaga erishilganda aytilib, mamnunlik, shukronani bildiradi.
  19. Xudoyimdan oʻrgulay Xudoga shukur.
  20. Koʻpxudolikda olamning qandaydir bir qismining oliy hukmdori.

Misollar

Kelib chiqishi

[ fors. - iloh, xudo; hukmdor xoʻjayin ]

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish