Explanatory dictionary
xush
хуш
Meanings
- . Yaxshi, yoqimli.
- Vaqti (yoki koʻngli) xush Kayfi chogʻ, xursand.
- Xush yoqmoq Juda yoqmoq, maʼqul tushmoq.
- Xush kelibsiz! yoki xush keldingiz! Mehmon kelganda, hurmat yuzasidan aytiladigan ibora.
- Xush kelmoq Yoqmoq, yaxshi koʻrmoq.
- Xush koʻrdik xush kelibsiz.
- Xush koʻrmoq Yoqtirmoq, yaxshi koʻrmoq.
- Xush endi! Xayrlashish vaqtida aytiladi; xayr.
- Xush qoling Xayrlashish vaqgida ketuvchining qoluvchiga yaxshilik tilab aytadigan iborasi.
- Xushi yoʻq Xohlamaslik, yoqtirmaslik; xohishi yoʻq.
- Xushi kelmoq Kayfiyati yaxshi boʻlmoq.
- Xushiga kelsa Xohlasa, yoqtirsa.
Examples
- Yaxshi kuy va qoʻshiq insonga xush kayfiyat bagʻishlaydi. — Gazetadan.
- Dimoqqa bir xush hid uradi Bogʻlar oshib kelgan shabboda. — X. Saloh.
- Vaqti xush boʻp, karnay-surnay qoʻyadi, Oʻyinchi, sozanda bari keladi. — "Bahrom va Gulandom".
- Farhodning koʻngli xush boʻlib, Otasi ham birga ketdi. — "Bahrom va Gulandom".
- Bunaqa shart ellikboshiga albatta xush yoqadi-da! Darrov hovlini oʻz bahosidan ancha ortiqqa olibdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- -Xush kelibsiz, safo kelibsiz, juda xursandman, — dedi uy egasi. — M. Osim — Ibn Sino qissasi.
- Uning oʻziga sariq atlas xush kelsada, biroq, hozir oʻz xohishini bir yoqqa qoʻya turib, Otabek koʻnglicha kiyinishga qaror qildi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- [Bobur:] -Xush koʻrdik, begim, — dedi-da, unga oʻng yelkasini tutdi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Ammo Anvarning ayniqsa xush koʻrgan kishilaridan birinchisi Raʼno va ikkinchisi.. Nasim ismli bola edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Mening bilan birga kelgan Mehribonlar, xush endi! — "Bahrom va Gulandom".
- Azamat-ʼlar, naʼra sherlar.. Begu xonlar, xush qol endi! — "Erali va Sherali".
- Dasturxonda holva, novvot, murabbo.. Zargarovning bularga xushi yoʻq.. — A. Muxtor — Boʻronlarda bordek halovat.
- Bundaylar haqida xalqda koʻcha xandon, uy zindon, degan naql bor. Chunki xushi kelganda, undan quvnoq odam yoʻq. — J. Abdullaxonov — Oriyat.
- Xushingga kelsa — shu, boʻlmasa, bilganingni qil.
Etymology
fors. – yoqimli, yaxshi, ajoyib; shod, quvnoq!
Source: Wiktionary
Views: 0