Explanatory dictionary
yel
ел
Meanings
- shamol.
- Biror narsa ichiga damlangan havo; dam.
- Ichakda hosil boʻladigan havo, gaz.
- Yelga uchmoq - bekor ketmoq, foydasiz boʻlmoq.
Examples
- Togʻdan sovuqqina yel esardi. — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- Tun ayoz, izgʻiriq yel toʻrt tarafga yugurib, jon achitmoqchi boʻlar edi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Alijon Toshkentga yeldek yetib keldi. — Mirmuhsin — Chiniqish
- Boʻtaboy epchillik bilan egarsiz otga mindi-da, bir-ikki achchiq qamchi bosdi: ot jon-jahdi bilan pastga qarab yeldek uchib ketdi. — Said Ahmad — Hukm
- Ballonning yeli chiqib ketibdi.
- Otabek oʻn besh daqiqalardan soʻng, ichiga yel qamalgan pufakdek, "uff" etib yuborgach, oʻrnidan turdi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Qabziyat ortdida, qabziyat.. Shu vaqt bir yel yurishsa, koʻzim ochilarmidi. — Abdulla Qodiriy — Obid ketmon
- Nihoyat, kutilgan kun keldi. Butun vujudi bilan qilingan gʻayrat, harakat yelga uchmadi. — Narimon Orifjonov — HalovatYelga uchirmoq (yoki sovurmoq) - bekor ketkazmoq, yoʻq qilmoq.
- Gaplarimni yelga uchirib nima qilaman, derdim. — Hamroqul Tursunqulov — Hayotim qissasi — 1964
- Ishni barbod qilgan, davlatning minglab soʻmlarini yelga sovurgan.. — Sa’dulla Karomatov — EʼtiqodOgʻzining yeli - "Bir ogʻiz soʻzi, gapi bilan boʻladi, bitadi" maʼnosini bildiradi.
- Bitta aeroplan nima degan gap? Oxunboboyevday odam uchun ogʻzining yeli. — Hamid Gʻulom — Toshkentliklar — 1974
- Valixonlarga nikoh choʻtmi.. ogʻzining yeliga toʻy, ogʻzining yeliga motam. — Sherali Toshmatov — Erk qushi
Source: Wiktionary
Views: 0